1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə25/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

3. I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi.
O‘zbekiston mustaqillik tomon yo‘l tutar ekan, 1989-yilning yoz oylari va 1990-yil bahorida O‘zbekiston hayotida uning rahbarligida burilish davri bo‘ldi.
Xuddi shu paytlarda o‘zbek xalqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot yo‘llari ishlab chiqildi. Xususan, O‘zbekistonning demokratik yo‘lda rivojlanishi bosh strategik maqsad qilib belgilandi. Ana shu yo‘lning boshida, 1989-yil iyunidan O‘zbekistonning rahbari sifatida Islom Abdug‘aniyevich Karimov turdi. 1990-yil 23-martda esa O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Plenumi ham respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan va unda O‘zbekiston hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlangandi. 1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasida SSSR doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy hujjatni - “O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
Shu tariqa O‘zbekiston - SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O‘zbekiston xalqining manfaatlarini ko‘zlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki tadbirlarning o‘ziyoq prezidentlik boshqaruvining o‘z vaqtida ta’sis etilganidan dalolat berdi. 1y9il91- 29-dekabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e’lon qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Xuddi shu yilning 29-dekabrida xalqimiz birinchi marta umumxalq xohish-irodasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada birinchi bor o‘tayotganligi inobatga olinib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida saylov komissiyalari tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko‘pgina vakillar kiritildi.
O‘zbekiston Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi, ya’ni Oliy lavozimga ikki nomzod -O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida ta’minlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish, binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini ta’sis etgan mustaqil mamlakatlardan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar.
Saylovlar yakuniga ko‘ra, 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning (86 %) I.Karimov nomzodini, 1 million 220 ming saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abdug‘aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. I.Karimov O‘zbekiston Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi. 1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. O‘tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?” degan savolga 11 mln 199 ming 415 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Referendum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi. 2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln 123 ming 199 saylovchi qatnashdi.
Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A.Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2000-yil 11-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bag‘ishlandi.
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yil 9-yanvari mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi.
Shak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo‘lishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini yanada erkinlashtirilishiga zamin hozirladi. 2015-yil 29-mart kuni yana bir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Ushbu saylov j arayonida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafardan 18 mln. 942 ming 349 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etgani aniqlandi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 91,08 foizini tashkil etadi.
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 17 mln. 122 ming 597 nafari yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimovni yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga - 583 ming 309 nafar saylovchi yoki 2,92 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar saylovchi yoki 2,92 foizi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Narimon Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar saylovchi yoki 2,05 foizi ovoz berdi.
Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 43 ta davlatidan va beshta xalqaro tashkilotdan: Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorligi tashkilotidan 299 nafar kuzatuvchi ishtirok etgani saylov kompaniyasi demokratik va shaffof o‘tganligining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 35 mingdan ortiq kuzatuvchilar ham ishtirok etdi.
Prezident saylovini mamlakatimizning qariyb 600 ta va 180 dan ziyod xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, qariyb 180 ta xorijiy va milliy internet nashrlari yoritib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi va hududiy matbuot markazlari tomonidan mamlakatimiz va chet elning 980 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida saylov kompaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan 70 dan ortiq matbuot anjumanlari, brifinglar va onlayn brifinglar o‘tkazildi. Mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq 12750 dan ziyod maqola va axborot materiallari, ko‘rsatuv hamda eshittirishlar e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Umumiy qilib aytganda, Islom Karimov O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bordi. Mana shunday buyuk ishlarni amalga oshirgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. U 2016-yil 3-sentabr kuni Samarqand shahrida dafn etildi. Dafn marosimida jahonning 17 ta mamlakatidan delegatsiyalar, davlat rahbarlari, ko‘plab rasmiy doira vakillari, respublikaning keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etdilar.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, yurtimizda qad ko‘targan ko‘plab noyob ishootlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ulug‘ ajdodlarimizning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan me’moriy majmualar Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir. O‘tish davrining qiyinchiliklari, o‘zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, tinchligini saqlash va millatlararo totuvlikni ta’minlash kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk bo‘lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf bilan uddalab o‘tganini qayd etishimiz kerak. Shuningdek, u mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, jamiyatda qonun ustuvorligini, insonlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 2017-yil 27-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov haykali o‘rnatildi. Samarqand shahridagi Shohizinda me’moriy majmuasida Islom Karimov nomiga atab maqbara bunyod etildi, Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berildi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin