1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə24/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

2. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdosh o‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqnining mustaqillik uchun bo‘lgan kurash jarayonini tezlashtirib yubordi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 1991-yil 31-avgustdagi VI sessiyasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildi. U o‘z nutqida Markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21-avgust kunlari Moskvadagi Favqulodda holat davlat komiteti (GKChP) a’zolari faoliyatining xalqlar ozodligi, respublikalar mustaqilligiga qarshi qaratilgani haqida ro‘yi-rost fikr bildirildi. Oliy Kengash deputatlari har bir moddaning muhokamasidan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildilar.
So‘ngra “Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Bayonot qabul qilindi.
O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun - 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respubliksininig davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to‘xtalish lozim. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi va unda O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berilgan.
1- modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlat deb e’lon qilinadi.
2- modda.
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.
3- modda.
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi.
4- modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz hamda bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas.
5- modda.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarning tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilganligi gapirildi. 8-12-14 moddalarda O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab berilgan. 13-14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi. 15- moddada O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘lishlari qonunlashtirilgan. 16- moddada davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi haqida gapirilsa, 17-moddada esa O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida qurilishi e’tirof etilgan.
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Shunga muvofiq, 29-dekabrda “Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?” mavzuida referendum o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra, unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqillikni yoqlab ovoz berdi.
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin