1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə3/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari.
Ta’kidlash lozimki, har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega fan hisoblanadi. Bular O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar eng yangi tarixning haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladi.
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun mas’ul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar, usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi muhim masala sanaladi.
Mutaxassislarning fikricha, tarix moziyni o‘rganish haqidagi fan bo‘lib, ilmiy atama sifatida ikki o‘zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi.
Birinchidan, tarix jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi fan bo‘lib, uning mavzusi kishilik jamiyati o‘tmishining, uning turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va o‘zgarib borish jarayonini o‘rganadigan fandir. Ikkinchidan, tarix bu insoniyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib, jamiyatning o‘tmishini tadqiqot yo‘li bilan aniqlab, o‘tmishda inson tomonidan yaratilgan, inson zakovatining natijalari bo‘lgan jarayonni tadqiq etish va bizgacha bo‘lgan davrni o‘rganib, kelajak avlodga yetkazadigan fandir.
Tarixshunoslikdan ma’lumki, tarixiy jarayonlar undagi qonuniyatlar bilan asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos va tarixiy manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Soha mutaxassislarining e’tirof etishlaricha, tarix fanini o‘rganishdagi eng dolzarb muammo - bu tarixiy voqelik va tarixiy manbalar bo‘lib, mana shu ikki muammoga tom ma’noda ilmiy yondashish tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, har bir fanda bo‘lganidek, tarix, jumladan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ham o‘zining nazariyasi va metodologiyasi mavjud. Nazariya - bu ilmiy bilimlar yig‘indisi va boshqa fanlar bilan mavjud bo‘lgan aloqadorlikni bilish jarayonidir.
Tarixchilar, sohada izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar butun insoniyat, millat, xalq va o‘rganish ob’yekti evolyutsiyasi, uning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash, tahlil qila olishi lozim. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishi - tarix haqqoniy tarzda yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturdir. Yuqoridagi mulohazalarni muxtasar qilib aytganda, metodologiya fanlar ichidagi fan hisoblanadi.
Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy ma’nosi grekcha “Metodos” va “Logos” degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod, ya’ni usul - tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, ta’limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, ya’ni uslubiy ilmiy tadqiqot ishini olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o ‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma’noda esa metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari to‘g‘ri yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o ‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi deganda metod (usul)lar majmui tushuniladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitish metodologiyasi deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning natijalarini asoslash yo‘llarini amaliyotga tadbiq etilishi, mazkur fanga xos bo‘lgan ilmiy bilimlar mexanizmining samarali usullari tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi deb tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilish tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani doirasida qo‘llaniladigan ta’limotga aytiladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatidagi nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini, faqatgina shu fanga xos bo‘lgan qat’iy tushunchalar majmui va bilish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik har ikkala yo‘nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatini, mumtoz tarixshunoslik va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan holda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish tavsiya etiladi: • O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi: • Din bilan dunyoviylik o‘rtasidagi mo‘tadil munosabat; • Tarixning milliy, umuminsoniy, qaytarilmas hodisa hamda qadriyat ekanligi; • Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazaridan turib, ilmiy va xolisona asnoda yondashish; • Tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion - tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb bilish; • Tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan, o‘zgalar tarixiga hurmat ruhida murojaat etish; • Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika hamda sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishini anglash; • Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning ma’naviy o‘zagi, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligini tushunish. • O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ilmiy usul va tamoyillari quyidagilardan iborat: • Ilmiy xolislik (ob’yektivlik); • Tarixiy - tahliliylik; • Mantiqiy - uzviylik; • Vorislik va xronologik izchillik; • G‘oyaviylik va vatanparvarlik; • Qiyoslash, kuzatish va umumlashtirish; • Bahslashish, munozara yuritish va asoslab berish; • Matematik hisoblash; • Shakllantirish va modellashtirish; • Ayrimlikdan umumiylikka (induktsiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduktsiya); Ma’lumki, sovet davridagi tarix fani o‘tmishni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qilindi. Sovet davlatida hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura tarixiy o‘tmishga nisbatan bir tomonlama, sinfiy, partiyaviy yondashuvni rasmiy darajaga olib chiqqan edi.
Tarixni xolisona o‘rganish zamonaviy dunyoda ustuvor darajada bo‘lmog‘i lozim.
Shuning uchun ham u din bilan mu’tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozirgi davrda asosiy ma’naviy mezonlardan biri bo‘lib turibdi. Bu esa yoshlarni turli xil din niqobi aslida dinga aloqasi bo‘lmagan turli noqonuniy guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni xolisona haqqoniy yoritilishiga imkon beradi. Tarixiy o‘tmishni ilmiy va xolisona o‘rganish zamonaviy dunyoning asosiy mezoniga aylanmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan va jahon hamjamiyatining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan ijtimoiy hayot bobida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” tamoyilini targ‘ib etish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Qayd etish lozimki, tarixiy-tahliliylik tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar tomonidan qo‘llanib kelingan qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalarning nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil 13-dekabrdagi Farmoniga ko‘ra - O‘zbekistonning yangi tarixini tayyorlash va nashr qilish haqida qaror qabul qilindi. Shu asosda mustaqillik davri aks etgan qator adabiyotlar yuzaga keldi. 1998-yilda chop etilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasida tarix fanining qator dolzarb masalalariga e’tibor qaratildi.
Masala mohiyatini dolzarblik jihatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil yanvarida qabul qilgan qaroriga asosan Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Mazkur jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida 2017-yil 30-iyunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev imzosi ostida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tuzish to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.
Keyingi yillarda mamlakat tarixini ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari, tarixiy adabiyotlar asnosida ilmiy va xolisona tarzda o‘rganish, tadqiq etish, yoshlarni tarixiy bilim bilan qurollantirish, ularda yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator chiqish va nutqlarida ta’lim va tarbiya masalasi bevosita o‘rin egallamoqda. Xususan, 2021-yil 19-yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda, respublikamizning mustaqilligining qutlug‘ 30 yillik tantana tadbirlari, 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirda tarix ilmini chuqur va asosli o‘rganish masalasiga alohida urg‘u berildi. Mustaqillik davrida o‘tgan kunlarni alohida o‘rganish, tadqiq etish, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etadi. Bu, birinchidan, istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi. Moddiy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy va jismoniy salohiyatlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi; ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‘ir, mas’uliyatli paytda respublikamizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik ta’minlandi. Respublika hukumati mana shunday ziddiyatli holatda vaziyatni tezda anglab yetdi va to‘g‘ri siyosat yuritdi. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda 90-yillarga oid arxiv hujjatlari, kinofoto va ovozli hujjatlar, tegishli adabiyotlar katta ahamiyat kasb etdi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangicha ruh va mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, zamonaviy nazariy-kontseptual qarashlarni o‘zida aks ettirgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqorida ta’kidlangan metodologik yondashuv ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lib, uning ahamiyati yuqori darajada bo‘ldi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin