1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganishning ahamiyati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə5/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

4. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganishning ahamiyati.
Ma’lumki dunyoda mavjud 3,5 mingdan ziyod xalqlarning faqat 200 tadan ziyodi o‘z davlatchiligiga ega. Xalqlarning o‘z mustaqil davlatchiligiga ega bo‘lishi, shubhasiz, shu hududda yashovchi barcha aholi uchun keng rivojlanish imkoniyatlarini ochib beradi. Mazkur imkoniyatlar o‘zbek xalqi davlatchiligiga bevosita taalluqlidir.
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi, ularni ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu, eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Xristianlik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430 yy.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi: “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun, avvalo, uning tarixini uyg‘ot”. Qadimgi Rimda esa “Tarix -hayotning muallimidir” degan yozuv shior sifatida shahardagi peshtoqlardan biriga yozib qo‘yilgan edi. XIII asr Sharq tarixchisi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy ham bu fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi: Kimki tutmas qalbida tarixini, U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o‘tmishini, Ko‘p boyitar o‘z turmushini.
XXI asrga rivojlanishning zamonaviy taraqqiyot yo‘li bilan kirib kelgan, boy madaniyati va bebaho ma’naviyatiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi o‘zining ming yilliklar qa’riga kirib borgan tarixiy o‘tmishi bilan alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar, turli davrlarda xalq farovonligi va taraqqiyotini ko‘zlab o‘tkazilgan ko‘plab islohotlar, shuningdek, yuksalish va inqiroz holatlari, chet el bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashlari yurtimizning serqirra va rang-barang tarixidan dalolat beradi. Shu bois ham bu tarix eng qadimgi davrdan boshlab ko‘p ming yillar davomida ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida nafaqat o‘zbekistonlik, balki xorij olimlari tomonidan ham tan olinib o‘rganildi, tadqiq etildi va ayni paytda ham shu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar izchillik bilan davom etmoqda.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, sovet davridagi tarixga munosabatdan farqli o‘laroq o‘tmish tarixiga munosabat tubdan o‘zgardi.
Haqqoniy tarixni tadqiq etish boshlanib, avvalo, tarixni davrlashtirishdagi besh formatsiyali noilmiy “izm”lardan voz kechildi. Zero, tarix ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar almashinuvi bo‘lmasdan, balki bir-birini almashtirib va to‘ldirib turuvchi, ma’lum xalqlar va elatlar, etnik guruhlar tomonidan yaratilgan sivilizatsiyalar hosilasi hamda zanjiri ekanligi respublika olimlari tomonidan yakdillik bilan e’tirof etildi.
Tarixning yaratuvchisi va ijodkori xalqdir. Bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqea va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix - xalqning fikr hamda tafakkurining hosilasidir.
Aynan shuning uchun ham tarix - ibrat maktabi bo‘lib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikka, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‘rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ahamiyatli maktabdir. Shundan kelib chiqib ta’kidlash lozimki, qadim o‘tmish bilan bugungi kunning, o‘tmish ajdodlarimiz bilan bugungi avlodlarimiz o‘rtasidagi bog‘ liqlikni unutmasdan yanada mustahkamlash milliy taraqqiyotning asosiy kafolati hisoblanadi. Bunday bog‘lanishda esa tarix asosiy ko‘prik vazifasini bajaradi.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkuraning takomillashuvini tezlashtiradi. Xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, mustamlaka ilkiga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysunmaslik, begona g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham tarixni o‘rganish va o‘qitish zarur. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat hisoblanadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish; ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatni rivojlantirish; to‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash; beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarini chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol toptirish. 2017-yildan boshlab O‘zbekiston milliy tiklanishdan - milliy yuksalish tomon yo‘l oldi. Bunda Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan, mamlakatni zamonaviy asnoda rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar katta ahamiyat kasb etmoqda. 2021-yil oxirlaridan bu strategiya - Taraqqiyot strategiyasi nomini oldi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uzviy ravishda yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz lozimdir.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin