1-mavzu. Kristallar, kristall moddalar va kristallografiya to’g’risida tushuncha. (2 soat) Reja



Yüklə 54,44 Kb.
səhifə1/5
tarix21.03.2023
ölçüsü54,44 Kb.
#88930
  1   2   3   4   5
1-mavzu. Kristallar, kristall moddalar va kristallografiya to’g’


1-mavzu. Kristallar, kristall moddalar va kristallografiya to’g’risida tushuncha. (2 soat)
Reja:
1. Kirish.Kristall modda.
2. Kristallning asosiy xossalari. Kristallografiya.
3. Kristall moddaning tarqalganligi. Kristallanish.

Uzoq o’tmishdan boshlab – tosh asri, bronza asri va keyingi davrlarda ham o’z hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun, avvallari o’z hayotlarini dushmandan himoya qilish uchun va keyinchalik boylik, zebu-ziynat orttirish uchun tabiiy boyliklarni qidira boshlagan edilar. O’z ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan tog’ jins bo’laklarini va ular tarkibidagi sifatlarini aniqlab, ularni topishga intiladilar. SHunday qilib, avvalo qurol o’rnida ishlatish uchun yaroqli tosh parchalari-minerallar bilan qiziqqan bo’lsalar, keyinchalik ba’zi bir temir, mis kabi metallarni ajratib olish mumkin bo’lgan rudalarni, rang jilvasi bilan ko’zni qamashtiradigan qimmatbaxo toshlarni qidira boshladilar.


Tabiiy boyliklarni – zarur mineral konlarni qidirib topish- avvalo o’sha minerallarni bir-biridan ajratishni, ularning tashqi qiyofasini va fizik xususiyatlarini bilib olishni talab qiladi. SHuning uchun kishilar o’sha uzoq o’tmishdan boshlab minerallarning shu xususiyatlari bilan qiziqadilar. Mineral tabiiy yo’l bilan hosil qilgan kimyoviy birikma yoki element bo’lib, yer qobig’ini tashkil etgan tog’ jinslarining tarkibiy qismidir. Biz yashab turgan yer sharining ustki po’stlog’ii, yer tarkibini, ichki tuzilishi, geologik jarayonlarni, yer po’stining rivojlanish tarixini, unda topilgan foydali qazilmalarni o’rganadigan fan – geologiya degan nom olgan. Geologiya o’ziga xos alohida masalalar bilan shug’ullanuvchi 4 ta ilmiy fanlar guruhini o’z ichiga oladi.
I guurh – yer po’stining tarkibini o’rganuvchi

a) kristallografiya v) petrografiya


b) mineralogiya g) geoximiya fanlar kiradi
II guruh – yerning ichki tuzilishi va ustki qismini o’zgartiruvchi geologik jarayonlar haqidagi
a) tektonika v) zilzilashunoslik
b) vulkonshunoslik g) geomorfologiya fanlarni o’z ichiga oladi.


III guruh – yer po’stining rivojlanish tarixini va undagi tosh qotgan organik dunyoni o’rganadi, ya’ni tarixiy geologiyaga tegishli fanlar


IV guruh – yer po’stidagi geologik jarayonlar hosilalarning (minerallar, rudali ma’danlar, yer osti mineral suvlar) amaliyahamiyatini o’rganuvchi fanlar tashkil etadi.

Bizni qiziqtiradigan I guruhga tegishli bo’lgan fanlar haqida qisqacha to’xtalamiz.


1. Kristallografiya – kristallarning strukturasini, fizik xossalarini, kristall joylashgan muxit va kristallar hosil bo’lgan sharoitlarini o’rganadi.


2. Mineralogiyatabiiy kimyoviy birikmalar, ya’ni minerallar to’g’risidagi fan bo’lib, minerallarning kimyoviy tarkibini, fizik xossalarini, hosil bo’lish sharoitlarini keyinchalik ularning o’zgarishini va minerallarni aniqlash usullarini o’rganadi.


3. Geoximiya – yerning ichki va yuza qismida kimyoviy elementlarning tarqalish konunlarini va bir joydan ikkinchi joyga kechib yurish sabablarini o’rganadigan fan.


4. Petrografiya - petralogiya va litologiya tog’ jinslari to’g’risidagi fanlar bo’lib, ularning har biri tog’ jinslarining tuzilishini, tarkibini, hosil bo’lgan qonuniyatlarini, yotish shakllarini va tarqalishini o’rganadi.


Yuqorida aytilgan fikrlarni quyidagi sxema bilan tasvirlaymiz:


Geokimyo Petrografiya Foydali qazilmalar
hakida tushuncha

Kimyo Mineralogiya Geologiya




Kristallokimyo
Kristallografiya

Matematika Fizika

Minerallarning roli odam hayoti uchun juda kattaahamiyatga ega. Turli holdagi foydali qazilmalar: kemir, neft, torf, qimmatbaho metall rudalari, kerg’oshin, rux, molibden, volfram, qalay va boshqalar xam ahamiyatli hisoblanadi.


Minerallarning o’zi, kristallardan iborat ekan, minerallarni o’rganishni kristallardan boshlash kerak. CHunki ularning shakli, tashqi ko’rinishi, fizik va kimyoviy xususiyatlari ularning kristall tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, kristallografik qonunlarga bo’ysunadi. Shunday ekan, mineralogiyani o’rganuvchi har bir kishi avvalo kristallografiya va kristallokimyo fanini bilib olishi lozim. Biz kristalning o’zi nima ekanligini bilib olmog’imiz, undan keyin kristallarga xos boshqa qonunlarni o’rganishga kirishmog’imiz lozim.


Mineralogiya va kristallografiya fanlariga
asos solgan olimlar


Arestotel – yer yuzasining o’zgarishi to’g’risida ezining “Meteorologiya” asarida shunday yozadi: “Erning biror qismi doim quruqlik yoki dengiz bo’lib kolmaydi. Dengiz ernida quruqlik, quruqlik ernida dengiz paydo bo’lib turadi”.
Abu Ali ibn Sino - “Kitob ash shifo” degan kitobning II bobi “geologiya va mineralogiya” masalalariga bagishlangan. Bunda zilzila sabablari, tog’lar, tog’ jinslari va minerallarning hosil bo’lishi, yer yuzasining shaklini o’zgartiruvchi sabablar va minerallarni 4 ta sinfga belingan pajarasini kuzatish va tajriba ma’lumotlariga asoslanib bayon etgan.
Abu Rayxon Beruniy – “Kitob – al – Jamoxir fi-ma’rifat-al-Javobxir” javohirlar haqida ma’lumotlar to’plami nomli qimmatbaho asarini yozib tugatgan. Bu asarda olim har bir minerallarning fizik xossalari, tarkibi va solishtirma og’irligini aniqlash usullari haqida, minerallarni sinash, aniqlash ishlari va mineral konlari haqida fikr yuritilgan, ular ikki sinfga:
1) Qimmatbaho javohirlar.
2) Metallar sinfi.
4) ye.S.Fedorov - Kristallografiya sohasidagi buyuk olim bo’lib, kristallarni tarkibiy tekshiruvchi va simmetriyaning fazoviy guruhlariga oid nazariyaga asos solgan.
5) M. Kopeller (1723y) (SHvedsariya olimi) - kristallar haqidagi fani uchun “Kristallografiya” terminni birinchi bo’lib taklif qildi
6) I.Gassel (1831 y) (nemis mineralogi) - Leypsigda “Kristall” nomli kitobi chop etilgan, unda kristallar simmetriyasi xakida fikr yuritilgan.
7) V.M. Goldshmidt (Norvegiya olimi) - Kristallokimyo asoslariga asos solgan olimlardan biri. U kristall panjaradagi atom va ionlari radiuslari orasidagi farqini aniqladi.
8) X.M.Abdullayev - buyuk o’zbek olimi, akademik, konlar geologiyasi to’g’risida ish olib borgan. (1947) U ruda konlarning kelib chiqish (genezisi) joylashishi va bu konlarni topishga asos solgan.
9) O’zFA ning haqiqiy a’zosi, akademik V.I.Popov, olimlardan Petrov va Zokirovlar cho’zindi jinslar bilan birga uchraydigan mis, fosforit, kaliy va natriy tuzlarining konlarini qidirish ustida ilmiy ish olib borganlar.
Umuman olganda qator olimlar geologiya sohasida juda kep qiziqarli ishlar olib bormokdalar.



Yüklə 54,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin