12 Mavzu: XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli. Shayboniylar sulolasi (1500-1601yy)ning asoschisi Muhammad Shayboniyxon (1451-1500-1510 yy) vafotidan keyin Shayboniylar davlati o‘rnida tarqoq xokimliklar yuzaga kelgan edi. Tarqoq hokimliklarga Abdullaxon II (1534-1556-1598 yy) xukmdorligi davrida barxam berilib, markazlashgan davlat barpo etildi. Xonlik chegaralari Kashg‘ardan Orol va Kaspiy dengiz soxillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlarni qamrab oldi. Bu davrda sug‘orish inshootlari, madrasalar qurildi, ilm-fan va madaniy aloqalar rivoj topdi. Mashxur Buxorodagi «Abdullaxon timi» (1577 y) usti yopiq savdo rastasi, Buxorodagi Abdullaxon madrasasi (1588-1590 yy) va ko‘plab madaniy qurilishlar Abdullaxon nomi bilan bog‘liq.
Abdullaxon bandi - 1583 yilda Nurota tog‘lari shimoliy yon bag‘rlaridagi Eski oqchob qishlog‘i yaqinida qurdigan suv omboridir. To‘g‘onning uzunligi asosida 73 m, yuqorisi esa 85m, balandligi 14,5 m. Ustki qismi 4,5 m qilinib, zinapoya shaklida qurilgan. To‘g‘on oldida xosil bo‘lgan suv ombornning uzunligi 1,5 km, eni 75- 125m. Abdullaxon bandida taxminan 1,2 mln. kubmetr suv to‘plangan.
Abdullaxon bandining to‘g‘oni slanes toshlaridan qurilib, tosh palaxsalari suvga chidamli maxsus ganch qorishmasi - qir bilan biriktirilgan. Ko‘plab sug‘orish tarmoqlarn qurilganligi o‘rta asrda qurilish-irrigatsiya bilimlari fanlarining rivojlanganligidan dalolat beradi.
Sharqda, xususan O‘rta Osiyoda bozorlar, xammomlar, masjid va madrasalar, minoralar qurilishi san’ati qadimdan yuksalgan. Chuqur bilim yuksak mahorat talab qiladigan ark qurilishi tarixda alohida ahamiyatga ega. Arklar Xiva, Samarqand, Termiz, Urganch, Qo‘qon, Toshkent, Buxoro va boshqa shaharlarda mavjud bo‘lgan. O‘rta asrlarda u kuxandiz, kox va qasr terminlari bilan tilga olingan. Buxoro arki - shaharning qadamiy qo‘rg‘oni, arxitektura va arxeologik yodgorlik Ark milodning I asrida qurila boshlanib, asosan shaybonnylar sulolasi (XVI asr) davrida ansambl xoliga kelgan. Ark balandligi 20 metrcha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan. Maydoni 4 gektar Ark ko‘pburchakli shakldagi inshoat.
XVI asrda Toshkent shahrining Chorsu maydoni tepaligida bunyod etilgan Ko‘kaldosh madrasasi, shuningdek, bu davrda qurilgan Baroqxon madrasasi o‘sha davr me’morchiligining noyob durdonalaridandir. Buxoro shahri va viloyatida 997 me’moriy yodgorlik mavjud. 1417 yilda bunyod etilgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi eshiklariga «Bilim olish xar bir musulmon va muslimaning burchidir» suzlari bitilgan. Mir arab madrasasi (1530- 1536 yy.) Ko‘kaldosh madrasasi (1568-1569 yy.), Qo‘shmadrasa (Modarixon madrasasi (1566-1567 yy.); Abdullaxon madrasasi (1588-1590 yy.) Abdulazizxon madrasasi (1652 y.); Samarqandning Registon maydonidagi uch Madrasa - Mirzo Ulug‘bek madrasasi (1417-1420 yy.), Sherdor madrasasi (1619-1636 yy.), Tillakori Madrassi (1647-1660 yy.), Bibixonim madrasasi XIV asr oxiri-XV asr boshida qurilgan va boshqa ko‘plab maktab va madrasalar nafaqat O‘rta Osiyoning butun jaxon sivilizatsiyasining aniq fanlar sohaqidagi ko‘rki bo‘lib turibdi. Bu o‘rta asr o‘quv dargoxlarida taxsil olgan talabalar o‘zlarining ilmiy-tadqiqotlari natijalari bilan hozirgi jaxon fani taraqqiyotiga o‘lkan hissa qo‘shdilar.
Bu davrda hunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi. Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik aloqada bo‘lgan. XV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilmfan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, memorchilik va tasviriy sanat o‘ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566) ning «Muzakkir ul-ahbob» va Mutribiyning (1604) «Tazkiratush-shuaro» nomli adabiyot antologiyasi buning yaqqol ifodasidir. Bu qomusiy antalogiyada yuzdan ziyod adabiyot arboblarining ijodlari va tarjimai hollari o‘rin olgan. Mamlakatda hunar va savdo ishlarining rivojlanishi ilm ahlining ijtimoiy doirasi kengayishiga tasir ko‘rsatdi. Mutafakkir Zayniddin Vosifiy 1512 yil Samarqandda bo‘lganda bazmi mushoiralarda kosib, shoirlar, savdogarlar va oddiy kishilarning marakalarda faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning aksariyati sher yozib turganligi o‘sha davr tabaqalarining madaniy jihatdan yuksak saviyada ekanligdan dalolat beradi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati shundaki ko‘plab adabiy va tarixiy asarlar o‘zbek tilida yozildi. Muallifi nomalum «Nuxratnoma» Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarlari o‘zbek tilida yozilgan. Bundan tashqari mashhur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari xususan «Zafarnoma»si, Ulug‘bekka bag‘ishlangan «Muntahabi jome va tovorixi shohiy» degan asarlari o‘zbek tiliga o‘girildi. Shayboniylar davrida fanning qator tarmoqlari rivoj topdi. 1693 yilda Amin Ahmad Roziy «Haft iqlim»- yetti iqlim degan jug‘rofi-biologiyaga oid lug‘at tuzadi. Unga Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilinadi. 1541 yilda Muhammad Husayn as-Samarqandiy tibbiyot va farmakologiyaga oid ilmiy asar yozadi. U ko‘z tabibi shoh Ali ibn Sulaymon Navro‘z Ahmadjon huzurida ishlab, kasalliklar haqida «Tabiblik dasturul-amali» risolasini bitadi.
1586 yilda Darvesh Muhammad Buxoriy kalligrafiya sanati nazariyasiga oid asar yozadi. Shuningdek ko‘plab qo‘lyozmalar miniatyuralar va suratlar bilan bezatildi. Tarixiy va adabiy asarlardan «Fatxnoma» Tarixi Abulxayrxoniy, Navoiyning asarlari shular jumlasidandir. «Miniatyuralarda Markaziy Osiyo moddiy madaniyati aks ettiriladi va rassomlar voqelikni realistik tasvirlashga intiladi. Jaloliddin Yusuf, Keldi Muhammad va boshqalar rassomchilik sanatiga ulkan hissa qo‘shadi.
Fan, adabiyot, san’atning rivojlanishi ko‘proq saroy doirasida bo‘lib, ham diniy, ham dunyoviy asarlar yozildi. Garchi o‘z davri tarixnavisligi o‘sha xonlik va amirlikdagi siyosiy voqealar salnomasini ifodalaydi, o‘sha davr ruhi aks etganligi bilan tarixiy ahamiyatga ega. Muhammad Yoqubning «Gulshan-ul mulk», Muhammad Mir Olimning «Tarixi Amir Nasrullo», Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharifning «Tarixi amir Haydar», Muhammad Hakimjon To‘raning «Muntaxabut tavorix» kabi asarlari diqqatga sazovordir.
Qo‘qon adabiy muhiti ko‘plab shoir va shoiralar ijodi bilan boyidi. qo‘qon xoni Umarxonning o‘zi «Amiriy» tahallusi bilan o‘zbek tilida g‘azallar yozgan. Uning rafiqasi Mohlaroyim «Nodira» tahallusi bilan fors-tojik tilida «Maknuna», «Komila» tahalluslari bilan she’rlar yozgan. Eri Umarxon vafot etgach, Nodira davlat ishlariga ham aralashib, mamlakat xo‘jaligini yaxshilash, madaniy hayotni jonlantirish bo‘yicha muhim tadbirlarni amalga oshirdi. qo‘qonda madrasalar, karvonsaroylar, rastalar, yo‘llar qurdirdi. U o‘z atrofiga Uvaysiy, Mahzuna kabi qobiliyatli ijod ahlini to‘pladi. Bu davrda Fazliy Namangoniy Mushrif, Mushfiqiy kabi shoirlar ijod qilgan. Mushfiqiy Buxoro amiri Nasrullo saroyida «Malik ush-shuaro» unvoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, Fazliy Namangoniy qo‘qon shoirlariga boshchilik qilgan, Umarxonning topshirig‘i bilan Fazliy va Mushrif tomonidan «Majmuat-ush-shuaro» to‘plami tuziladi.
Turdi Farog’iy (XVII asr - 1699/1700) shoir. Buxoro madrasalarida ta’lim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urug‘ining ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblaridan bo‘lgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan uzoqlashtirilgan. Ashtarxoniylarga qarshi 1685—86 yillarda ko‘tarilgan xalq isyonida faol ishtirok etgan. Isyon bostirilgach, Turdi Jizzax, so‘ng Xo‘jandga borib, muhtojlik va uzluksiz ma’naviy tushkunlikda kun kechirgan.
Turdi o‘zbek va fors tillarini yaxshi bilgan. «Dar mazammati sipohigari» she’rida o‘zining asosiy kasbkori sipohiylik («harbiylik») bo‘lganini, shu kasbi bilan uzoq yillar nimalarnidir tama’ qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxiroqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus bilan ma’lum qilgan. Lekin qarbiylik bilan bir qatorda Turdi o‘z zamonasining o‘qimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega kishilaridan bo‘lgan. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa o‘z atrofida yuz berayotgan voqeahodisalarga faol aralashishni taqozo etgan.
Turdining adabiy merosi 18 she’rdan iborat bo‘lib, ulardan 12 tasi g‘azal, 5 tasi muxammas va bittasi fard janriga oid. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon haqidagi mashhur hajviyani tashkil etgan («Subhonqulixon to‘g‘risida hajviya», 1691). Subhonqulixon to‘g‘risidagi hajviy muxammasi Turdining shoh asari hisoblanadi. Asarda Subhonqulixon davlat tepasiga kelgach, mamlakatda ahvol yomon tomonga o‘zgarganligi, osoyishtalik o‘rnini tartibsizlik, adlu karam o‘rnini o‘zaro nifoq egallagani o‘z aksini topgan.