1-Mavzu. Logistika fanining predmeti va vazifalari


Logistikaning ob’ekti, sub’ekti va predmeti



Yüklə 47,58 Kb.
səhifə2/3
tarix28.09.2023
ölçüsü47,58 Kb.
#150198
1   2   3
1-mavzu

1.2. Logistikaning ob’ekti, sub’ekti va predmeti


«Logistika» grekcha so‘z bo‘lib, hisoblash va fikrlash san’ati degan ma’noni anglatadi. Logistika nisbatan yangi fan hisoblanadi. U oqim jarayonini aynan esa moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarni o‘rganadi. SHu sababli logistika fanining ob’ekti sifatida moddiy oqim jarayoni va faqat unga taalluqli bo‘lgan moliyaviy va axborot oqimlari qaraladi.
Amaliyot nuqtai nazaridan logistikaningob’ekti deganda mikro va makro iqtisodiy tizimlardagi tovar-moddiy resurslarning fizik harakati va u bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy resurslar va axborotlarning maqsadli harakatini tizimli tashkil qilish mexanizmi tushuniladi.
Logistikaning sub’ekti deb tovar-moddiy resurslar, moliyaviy va axborot resurslarining harakatini rejalashtiruvchi, tashkil qiluvchi va nazorat qiluvchi jismoniy shaxslar (logistika menejerlari) va xizmatlar (yuridik shaxslar, ya’ni bo‘limlar, firmalar)ga aytiladi.
Logistika fan sifatida yangi bo‘lgani bilan uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq tarixga ega. Qadimgi Rim imperiyasida logistlar deb ataluvchi davlat xizmatchilari bo‘lgan. Ular oziq-ovqat maxsulotlarining taqsimoti bilan shug‘ullanganlar.
Qadimgi greklar logistika deganda hisoblashlarni bajarish texnikasini tushunganlar. Maxsus Davlat nazoratchilarini logistlar deyishgan. Arximedning yozishicha, eramizdan oldingi IV asrda qadimgi Gretsiyada 10 nafar logist bo‘lgan.
Logistika dastlab harbiy sohada paydo bo‘lib, harbiy ishda qo‘llanilgan va ushbu sohada rivoj topgan degan fikrlar ham mavjud. Qo‘shinlarning joylashish o‘rnini aniqlash, rejalashtirish, boshqarish va ular ta’minotini tashkil qilishda logistikadan keng foydalanilgan.
Masalan Vizantiya shoxi Leon VI davridagi harbiy ish bo‘yicha darslikda «Logistika» atamasidan «front orti, qo‘shinlar ta’minoti» ma’nosida foydalanilgan. «Logistika» atamasining ushbu ma’nosi hozirgi vaqtda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Katta inglizcha-ruscha lug‘atda «logustics» so‘zi quyidagicha tarjima qilingan: 1) front orti va ta’minot, 2) moddiy texnika ta’minoti, 3) front orti ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish.
Ikkinchi jahon urushi davrida AQSH armiyasi front orti ishlari va armiya ta’minotini tashkil qilish va boshqarishda logistik yondashuvdan keng foydalangan edi.
«Logistika» atamasining yana boshqacha bir ma’noda izohlanishining ham uzoq tarixiy ildizlari mavjud. XVII-XVIII asrlarda yashagan nemis idealist-faylasufi, matematigi, fizigi va tilshunosi Gotfrid Vilgelm Leybnits matematik logikani logistika deb atagan. Bu atama matematik logika deb bir necha yuz yildan so‘nggina filosoflarning 1904 yildagi Jeneva Konferensiyasida rasman qabul qilingan.
Logistika nisbatan yosh va tez rivojlanayotgan fan va faoliyat soxasi hisoblanadi. Bu tushuncha yoki atamaga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina masalalar doimo o‘zgarib takomillashib bormoqda, yangi ma’no va mazmun kashf qilmoqda.



Yüklə 47,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin