1-mavzu: «Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili» fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 45,44 Kb.
səhifə3/6
tarix08.04.2023
ölçüsü45,44 Kb.
#94992
1   2   3   4   5   6
1-mavzu «Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili» fanining ma

Tashqi siyosat sohasida – davlatimiz daxlsizligini ta’minlab, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik, millatlararo hamjihatlikni saqlab qolish, chel el mamlakatlari, MDH respublikalari bilan o’zaro manfaatli do’stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Biz o’rganayotgan fanning asosiy maqsadi-milliy g’oyani yosh avlod qalbi va ongiga singdirish:


-Milliy O’zbekiston taraqqiyoti va mustaqillikni mustahkamlashning mafkuraviy tamoyillari to’g’risidagi yaxlit nazariya ekani;
-Yoshlarni ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik g’oyalari ruhida tarbiyalash;
-Vatan ravnaqi, yurt tinchligi xalq farovonligi uchun doimo mas’suliyat sezib yashaydigan erkin fikrli yosh avlodni tarbiyalash;
-O’sib unib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida mafkuraviy immunitet asoslarini shakllantirish;
-Yoshlarni jamiyatimizga yot va begona, buzg’unchi va zararli g’oyalarga qarshi kurashishga o’rgatish, ularga ogohlik va hushyorlik ko’nikmalarini shakllantirish;
-Yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish;
Mazkur fanni o’qitish jarayoni har birimizdan katta bilim va malaka, jahonning mafkuraviy manzarasidan ogohlik; ko’p millatli mamlakatimizda yashayotgan xalqlarning tarixi milliy urf-odat va an’analariga ehtirom bilan munosabatda bo’lish; milliy istiqlol g’oyasini talqin etishga xolislik, bag’rikenglik, komillik, insof va adolat mezonlariga qat’iy amal qilmoqni taqoza etadi.
Fanning asosiy maqsad va vazifalari asosan quyidagilardan iborat:
1) Millatimiz asriy asoratdan ozod bo’ldi. Ozodlik tushunchasi qo’l etmas xayoldan voqelikka aylandi. Bugun mustaqil mamlakatimiz farzandlari, ya’ni Siz, aziz o’quvchilar, bu ozodlikning mevalarisiz. Demak, eng avvalo, bu Sizning faningiz. Uning maqsadi esa Sizga ozodlik, hurriyat, erkinlik hususida keng va atroflicha bilim berishdir.
2) Hayot maqsadlar silsilasidir.Bizning fanimiz milliy tariximiz, madaniyat va san’atimizning ezgu g’oyalarini sizga etkazmakdan iborat. Tuprog’imizga qadimdan yashab kelgan ota-bobolarimiz an’analari, istiqlol yo’lidagi kurashlarga guvoh bo’lgan o’lmas tariximiz, boy madaniy merosimiz haqida Sizlarni ogoh etish ham shu maqsadlar sirasiga kiradi.
3) Jahon mafkuralar kurashi maydoniga aylangan, turli yot g’oya va qarashlar insonlar ongi uchun talosh qilayotgan bugungi og’ir sharoitda Sizning mafkuraviy salohiyatingizni mustahkamlash ham mazkur fanning asosiy maqsad va vazifalaridandir.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to’la mos keladi.
Milliy mafkura birinchi navbatda hayotga endigina qadam qo’yayotgan yosh avlodning hayotiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratilgandir. Chunki yoshlar faqat milliy g’oya timsolidagina mamlakat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashning muhim vositasini ko’radilar. Yoshlar tabiatan turli g’oyalarga qiziquvchan va ularga tez beriluvchan bo’ladilar. Milliy mafkura hali turmushning achchiq-chuchugini tatib ko’rmagan, hayotiy tajribaga ega bo’lmagan ana shu avlodni milliy manfaat va taraqqiyotimizga yot bo’lgan soxta va buzg’unchi g’oyalar tajovuzidan himoya qiladi, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantiradi.
«Immunitet» aslida tibbiyotga oid tushuncha bo’lib, inson organizmining turli tashqi ta’sirlar va kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini anglatadi. Jamiyat va shaxs ham xudi jonli organizm singari muttasil ravishda mafkuraviy bosim va tazyiqlar ta’sirini sezib yashaydi. Milliy istiqlol mafkurasi esa jamiyat a’zolarida milliy manfaat va maqsadlar uchun butunlay yot bo’lgan g’oya va mafkuraga qarshilik ko’rsatish, ularga qarshi kurashish qobiliyatini shakllantiradi.
Insoniyat taraqqiyotga intilar ekan, unda bunyodkorlik hissi mavjud ekan, ilg’or g’oyalar dunyoga kelaveradi. Bosqinchilik, talonchilik intilishlari buzg’unchilik g’oyalari ta’sirida yuzaga chiqadi. Shu boisdan ham bunday zararli g’oyalarga qarshi kurashga doimo tayyor turish, yot g’oya va mafkuralardan ogoh bo’lish hayotiy zarurat bo’lib qolmoqda.

Insoniyat tarixi mobaynida turli shakldagi juda ko’plab mafkuralar yaratilgan, behisob ijtimoiy-siyosiy kuchlar o’z g’oyalari va ta’limotlari bilan maydonga chiqqan, maqsad va niyatlariga etishmoq uchun harakat qilgan. Biz har qanday mafkurani g’oyalar tizimi sifatida talqin qilar ekanmiz, shuni unutmaslik kerakki, biror bir mafkuraning mohiyatini anglab etish uchun faqat uning tarkibidagi g’oyalarni tahlil qilishning o’zi etarli emas. O’tmishda turli kuchlar va gurixlar o’z g’arazli niyatlariga erishish, asl maqsadlarini yashirish uchun yuksak va jozibali g’oyalardan foydalangan. Eng yovuz bosqinchi va eng razil guruxlar ham o’z kirdikorlarini ezgu g’oyalar bilan niqoblashga uringan.


Mustaqil O’zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi va uning demokratik jamiyat qurishdagi o’rni-birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mutloq yangi g’oyalarinng ishlab chiqilishi bilan bir qatorda bir qancha davlatlarning tajribalari o’rganilmoqda. Fikrimizning isboti sifatida irgina O’zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda 30 ga yaqin xorijiy davlatlardagi qonunchilik tajribalari o’rganilganligini keltirish o’rinlidir. Natijada kommunistik maffkuradan, sinfiylikan, partiyaviylikkdan holi bo’lgan asosiy qonun yaratildi.
Mustaqillik tufayli birinchi marotaba Konstitutsiyamizda mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligiga keng o’rin berildi. Masalan, Konstitutsiyaniing 12-moddasida: “O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas”-deb yozib qo’yilgan. Bu qoida Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va istiqlol mafkurasini ishlab chiqishda hamda mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotidan shu narsa ma’lumki, har qanday sog’lom yangi g’oya keng jamoatchilikning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, amaliyotda o’zini to’la oqlasa o’shanda real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi. Ayni paytda odamlarimizda mustaqilligimiz haqida bilim va g’oya, milliy istiqlol mafkurasi to’g’risida tasavvur bo’lsa-yu, lekin ana shu bilim va g’oya iymon va e’tiqolga, dunyoqarashga aylanmasa, bunday mafkuraning zamini bo’sh bo’ladi, mustaqillikni mustahkamlashda, asrab avaylashda amaliy ahamiyati bo’lmaydi. Shu nuqtai nazarda Islom Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol yo’li va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik”, “O’zbekiston XX asr bo’sag’asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin”, “Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” va uning Oliy Majlis 2-chaqiriq 9-sessiyasida qilgan ma’ruzasida hamda asarlaridagi bebaho ilmiy-nazariy qoidalar, dasturiy yo’l-yo’riqlar xalqimizning g’oyaviy-siyosiy, umuman butun ma’naviy dunyosini milliy istiqlol g’oyasi negizlari asosida boyitishda, unga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ushbu kitoblarda mustaqilligimizning mustahkamlashning eng dolzarb muammolarining nazariy asoslari, ilmiy-amaliy echimlari chuqur va har tomonlama yoritilibgina qolmay, ayni bir paytda milliy istiqlol mafkuramizni odamlar ongi va qalbiga singdirishning yo’l-yo’riqlari ham ko’rsatib berilgan. Biroq bu ancha murakkab, mas’uliyatli jarayondir. Shoshma-shosharlik qilish, o’ylamasdan ish tutish, o’zibo’larchilik asosida harakat qilish, yuksak mas’uliyatni unutib qo’yish milliy istiqlol mafkurasini turmushga joriy etish masalasiga katta ziyon etkazishi hech gap emas. Bundan juda ehtiyot bo’lmoq lozim. Chunki “Mafkura-o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prikdir”1. Darhaqiqat shu o’rinda biz yana insoniyat jamiyati o’z taraqqiyotida erishgan barcha yutuqlar, eng avvalo umummilliy mafkuraning barchani birlashtiruvchi vosita bo’lganligini inobatga olishimiz zarur. Prezient Islom Karimov bu masalaning yanada dolzarbligini Oliy Majlisning 2-chaqiriq I-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida (22 yanvar 2000 yil) “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu-lo’nda qilib aytganda, rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot modellaridan ko’r-ko’rona nusxa ko’chirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish demakdir. Bu mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta’minlanadigan demokratik rivojlani yo’lini izchil davom ettirish demakdir”.
Mafkuralar ma’no – mohiyatga ko’ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o’z mafkuralarini yaratishda siyosiy g’oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi.

Yüklə 45,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin