1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari Amaliy ish rejasi



Yüklə 338,71 Kb.
səhifə25/25
tarix18.12.2023
ölçüsü338,71 Kb.
#184262
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Pedagikika

1-topshiriq. Tarbiya turlarini “Konseptual jadval” texnologiyasi asosida yoriting.

KONSEPTUAL JADVAL” texnologiyasi.




Ta`lim turlari

Tavsiflar, toifalar, ajralib turadigan belgilar va shu kabilar

Tushunchasi

Namoyon
bo`lishi

Natijasi


Jismoniy tarbiya










Aqliy
tarbiya












Axloqiy tarbiya










Estetik
tarbiya











Huquqiy tarbiya












Ekalogik
tarbiya










Mehnat
tarbiya










Umumiy topshiriq. Aqliy tarbiya va ta`limni “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi yodamida tushuntiring.




Tushunchalar

Mazmuni

1

Jismoniy tarbiyaning metodologik asosi


2

Jismoniy tarbiyaning maqsadi


3

Jismoniy tarbiyaning vazifalari


4

Jismoniy tarbiya berish shakllari


5

Jismoniy tarbiyaning metodlari


6

Jismoniy tarbiyaning vositalari



15-mavzu.
Mavzu: Aqliy tarbiya. Sensor tarbiya. Aqliy tarbiya va ta’lim
Reja:
1. Aqliy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
2. Aqliy tarbiya va ta’limning nazariy asoslari.
3. Aqliy tarbiya va ta’limning mohiyati.
4. Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda tayanch dasturning
ahamiyati.
Talimning vositalari: tayanch matn, markerlar, ekspert topshiriqlar.
Talimning metodlari: aqliy hujum, blits- so`rov, insert strategiyasi
Kutilayotgan natija: talabalar maktabgacha ta’lim ta’limda aqliy tarbiya va ta’limning mohiyatini amaliy topshiriqlar asosida o`rganishadi.
Bajariladigan ishning mazmuni:
Kichik ma’ruza: Yosh avlodni har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bo‘lib, u yosh avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, ko‘nikma vamalakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro‘y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishi ni ta’minlovchi xilma xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg‘otish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. CHunki aql his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisidir. Ahliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog‘lanishlarda, munosabatlarda ko‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o‘quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha toliqtirish bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shugullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim malaka va ko‘nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarakatrof to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi, shuning uchun o‘qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko‘zlab tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir.
Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bo‘ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko‘radi, hidlaydi, tortib ko‘radi, nimagadir quloq soladi. SHu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak- atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari-analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, g‘adir-budur, silliq-yaltiroq, xushbo‘y va h.k. ni bilim olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risida bilim, tajriba to‘plab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bo‘lib, sezgilar asosida hosil bo‘ladi.
Bola olmani qo‘lida ushlab ko‘rib, qarab chiqib va eb ko‘rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbo‘y, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator: ko‘rish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi. Analizatorlar bir vaqtning o‘zida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va belgilarini aniqroq hamda to‘laroq bilish imkonini beradi. SHuning uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog‘idan boshlaboq aqliy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash maqsadida buyumlarni ko‘proq analizatorlar yordamida idrok qilishga imkon tug‘dirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, ya’ni bolaning sensor madaniyatiga alohida e’tibor berishlari kerak. Bolada nutq paydo bo‘lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to‘la boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga to‘lganda uning so‘z zaxirasi 1200-1500 taga etadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katga yoshdagi kishilar nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. Bolalarning aqliy jihatdan o‘sishida xotira katga ahamiyatga ega. Bola tug‘ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi.

Umumiy topshiriq. Aqliy tarbiya va ta`limni “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi yodamida tushuntiring.




Tushunchalar

Mazmuni

1

Aqliy tarbiyaning metodologik asosi


2

Aqliy tarbiyaning maqsadi





5

Axloqiy tarbiyaning metodlari


6

Axloqiy tarbiyaning vositalari




Yüklə 338,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin