1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti


O‘RTA ASRLARDA MANTIQ ILMINING TARAQQIYOTI



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə10/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
,,

O‘RTA ASRLARDA MANTIQ ILMINING TARAQQIYOTI
Qadimgi Gretsiyada shakllangan mantiq ilmi Urta asr- larda yangi mazmun bilan boyitildi. Bu, ayniqsa, mantiq- ning YAqin va Urta SHarq mamlakatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda rivojlanishida yaqqol ko‘rinadi.
UN-XSH asrlarga kelib YAqin va O‘rta SHarkda Arab xalifaligi vujudga keldi, uning hukmron dunyoqarashi bo‘lgan islom dini qaror topdi. Tarixda «musulmon madaniyati» nomi bilan ma’lum bo‘lgan madaniyat shakllandi. Bu yangi madaniyatiing shakllanishiga O‘rta Osiyo xalkdarigshnt iste’- dodli vakillari muxdm xlssa qo‘shdilar. Bu davrda liniy va dunyoviy ilmlar qatori mantiq ilmi xam rivojlandi. ^
1X-X1 asrlarda SHarq mamlakatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda falsafiy va mantiqiy ta’limotlarning rivojla- nishiga qadimgi yunon, xind mutafakkirlari asarlari- ning ko‘plab tarjima qilinishi ijobiy ta’sir kursatdi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, 1X-X1 asrlar YAqin va O‘rta SHarkda mantiqiy ta’limotlarning rivojlanmshidagi eng samarali davr xisoblanadi. Bu davrda mantik, ilmini o‘rganishga bo‘lgan talabning oshishi, birinchidan, tabiatshu- noslik fanlarining rivojlanishi va tabiiy-ilmiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi bilan; ikkinchidan, ijtimoiy xayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni to‘g‘ri, adolatli hal qilishsh intilishning ortishi bilan va uchinchvdan, eng muximi, to‘g‘ri fikr yuritishga bo‘l1an talabning chin fikrlarni xato fikrlardan ajratish zaruriyati bilan izoxdanadi.
Tarjimonlarning faoliyati natijasvda IX asrga kelib grek mantigi bugun musulmon epistemologiyasi (bilish nazariyasi)ning asosi bo‘lib qoldi. Mangi kii ular bazan «xunar» yoki «sanat» va ko‘proq «ilm» deb atashgan. Mantik ilm sifatida ma’lum bilimlarni yaratish, ularni asoslash va tasniflash sislemasini bergan. U «hakikat»ni bilish yo‘llari xdkidagi ilm sifatida tarixchilarning va muhaddislarning bahslariga, musulmon xukuqshunosligiga ham katga ta’sir ko‘rsatgan.
SHarkda birinchilardan bo‘lib mantik, ilmi bilan shu- g‘ullangan, arab-musulmon dunyosida peripatetizmga yo‘l ochib bergan mutafakkir Al-Kindiydir.
Abu YUsuf YOkub ibn Ishoq Al-Kindiy (taxm. 800 y.,Basra - 870 y.y.,Bag‘dod) - arab faylasufi va olimi. U qadimgi grek, hind va forslarning falsafiy-mantiqiy merosini yaxshi bilgan, arab tilida falsafiy atamalarni ishlab chiqishda faol qatnashgan va uz davrida birinchi bo‘lib fanlarni tasniflashga uringan.
Al-Kindiyning dunyoqarashida mantiq ilmiga oid ma- s al al ar alohida o‘rin egallaydi. U qadimgi yunon mutafak- kirlari asarlarini tarjima qilib, ularga sharxdar yozgan.
O‘rta asrlarda yozilgan «Al-Fixrist» nomli bibliogra­fik asarda (muallifi Ibn an-Nadim, 995 y. vafot etgan) Al-Kindiyning «Aristotelning o‘nta kategoriyalari haqida», «Kategoriyalar»dagi Aristotelning maqsadi haqida» nom­li asarlari to‘grisida ma’lumot beriladi. An-Nadimning ta’kidlashicha, Al-Kindiy «Ikkinchi analitika»ga oid ikki traktat yozgan: «Mantiqiy isbotlashga doyr qisqacha riso- la» va «Isbotlash haqida risola». SHuningdek, Al-Kigщiy «Sofistlarning adashtirishlariga qarshi ogohlangirish» nomli risolasida Aristotelning «Sofistika»siga bo‘lgan munosabatini bayon qiladi. Al-Kigщiyning «SHe’r san’ati haqida» nomli asari Aristotelning «Poetika»siga kom­mentariya sifatida yozilgan.
U Aristotelning «Ikkinchi analitika»sini Evklid geometriyasi bilan solishtirish goyasini ilgari suradi. Mantikiy isbotlashni tushunish va undan foydalanish uchun geometriyani o‘rganish zarur, deb hisoblaydi. Uningcha, faqat shundagina Aristotelning yaratgan qoidalarini tu­shunish mumkin. Al-Kindiy birorta buyumni isbotlashni uning mavjudligiga, borligiga ishonmasdan turib boshlash mumkin emas, deydi.

Uning fikricha, isbotlashning mak,- sadi buyumni tashkil etuvchi shaklni o‘rganishdan iboratdir.


Al-Kshщiyning falsafiy va mantiqiy asarlari, uning ratsionalistik yo‘nalishdagi fikrlari Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Beruniy va boshqa progressiv mutafak- kirlar dunyoqarashining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari O‘rta asrlardayoq G‘arbiy Evro- pada keng shuhrat qozondi.
1X-X1 asrlarda mantiq masalalari bilan astoydil shu- g‘ullangan O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiylarni ko‘rsatish mumkin. Bu mutafakkirlarning mantiqqa bagishlab yozgan asarlari asosan to‘qqiz nomdan iborat ekanligini va ularning nom- lanishi, ketma-ketligi bir xil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab shuki, Aristotelning «Organon»ini tashkil etuvchi oltita mantiqiy traktatlariga («Kategoriya- lar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Topika», «Sofistik radsiya») suriyaliklar uning «Ritorika»si bilan «Poetika»sini ko‘shdilar. Bun- dan avvalroq esa unta Porfiriyning «Isotuvchi» asari qo‘shilgan edi. SHunday qilib, «Organon» to‘qqiz traktatdan iborat bo‘lgan yaxlit ta’limot sifatida arab faylasuflari tomonidan qabul qilingan. SHu asosga kura Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylar mantiqqa oid ta’limotlarini aynan shu tartibda ishlab chikdilar.
Mantiq masalalarini keng va izchil tadqiq etgan mutafakkir Al-Forobiy (873-950 y.y.)dir. U Sirdaryo bo‘yidagi Utror shahar-qal’asida, turkiy harbiy o il ada dunyoga keldi. Buxoro va Samarkand shaharlarida bilim oldi. U qadimgi grek, hind falsafasini chuqur o‘rgandi, ilmning turli sohalariga oid 1 bOdan ortiq turli hajmdagi riso- lalar yozib qoldirdi, umrining so‘nggi yillarini Damashkda o‘tkazdi. Forobiy asarlarining katta qismi falsafa va mantiq ilmiga oidsir.
G Forobiyda mantiqiy bilimlar sistemasi «Isoguv- chi» (Kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm, Birinchi analitika), «Burxon» (Is- botlash, «Ikkinchi analitika»), «Jadal» (Dialektika), «Safsata» (Sofistik radsiya), «Xitoba» (Ritorika), «SHe’r» (Poetika) asarlarini o‘z ichiga oladi. SHuningdek, Forobiy «Mantiq ilmiga kirish», «Akd hakdsa», «SHartli hukmlar», «Sillogizm» kabi asarlarida mantik masalalarini ishlab chikdi. «Ilmlar tasnifi» asarida ham mantik ilmining predmeti, tuzilishi, ilmlar sistemasida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritadi.
Mutafakkirning ta’kidlashicha, mantik san’ati in- tellektning mukammallashuviga olib keluvchi va insonni haqikat tomon yo‘naltiruvchi qonunlarning majmuasini o‘rganadi. Bu qonunlar insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan sakdaydi. Inson bu qonunlar yordamida bilimlarini tekshirib, ularning chin yoki xa- toligini anikdash imkoniga ega bo‘ladi.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti uning gnoseologik ta’limoti bilan uzviy boglikdir. Uningcha, fikrlar ta- biatdagi narsa va hodisalarni sezgilar orqali bilish asosida vujudga keladi. U bilishda sezgilarning roliga juda katta o‘rin beradi. Fikr shakllari o‘rtasidagi aloqa, munosabatlar real munosabatlarni ifodalash jarayonida vujudga kelishini ta’kidlaydi.
Mutafakkir mantiq shshining til, grammatika, falsafa bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib o‘gadi. U «Falsafa- ni o‘rganishdan avval nimalarni bilish kerak» nomli risolasida falsafiy argumentlash bilan, ya’ni falsafiy masalalarni asoslaщ, isbotlash bilan tanishishdan avval sil- logizmlarni, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarish usullarini bilib olish zarur, deydi. Forobiy, ayniqsa, Aristotelning «Analitikalar»ini o‘rganish zarurligani ta’kidlaydi. Bu kitoblarni o‘rganish chin isbot bilan xato isbotni bir- biridan farkdashga, mutlaqo xato bo‘lgan fikr bilan bir oz xato bo‘lgan fikrni ajratishga yordam beradi.
Forobiy fikricha, sillogizm va isbotlash usuli eng to‘g‘ri, haqiqatga olib keluvchi usul bo‘lib, ilm-fan, falsa­fa shularga asoslanadiGForobiy asosiy mantiqiy shakl- 'lao‘G"bulgan 'tusho‘ncha, xukm va ularning turlari, xulosa chi- qarish, ayniqsa, sillogizm va uning fshuralari, moduslarini chuqur taxlil kilib, ular to‘g‘risida izchil ta’limot yaratdi.
U to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy prinsiplari: aynanlik, hukmlarning o‘zaro zid bo‘lmasligi, izchilligi, xar qanday xulosaning etarlicha asoslanganligi kabi muxim mantiqiy masalalarni ham xar tomonlama ishlab chikdi.
Forobiynish mantiqiy ta’limoti YAqin va O‘rta SHarqda, O‘rta Osiyoda mantiq fanining keyingi rivojiga kat­ta ta’sir ko‘rsatdi.
Xususan, 1X-X asrlarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy, YAhyo ibn Ali Abu Sulaymon, Abu Xayyan kabilar Forobiyning mantiq sohasidagi g‘oyalarini davom ettirdilar. Ayniqsa, Forobiy falsafasi va mantigi «Ixvan as-Safo» - «Sof birodarlar»ning ta’limotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ular xam Forobiy kabi, «Bilim - bu bilinayotgan narsaning biluvchining jonidagi obrazidir», deb ta’kidlashgan. «Sof birodarlar»ning «Maktublar»ida: «Jon bilinayotgan nar- salarning shaklini sezgilar vositasida, dalillar vositasi- da, fikrlash va kuzatish vositasida kabul kiladi», deb yozilgan. Aytish mumkinki, ular bilish bosqichlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlikni to‘g‘ri tushunishgan.
X asrga kelib mantiq ilmi falsafiy bilimlarning eng muhim qismiga aylanib qoldi. Abu Abdulloh al- Xorazmiy (X asr)ning «Mafotih-al-ulum» (Ilmlar ka litlari) asaridagi fanlar klassifikatsiyasida mantiq ilmiga alohida o‘rin berilishi fikrimizning dalilidir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlarni «arab» va «arab- cha bo‘lmagan»larga ajratadi. Arabcha bo‘lmagan ilmlar qato- riga falsafa* mantiq, tibbiyot, arifmetika, handasa, ilmi nujum, musiqa, mexanika, kimyolar kiradi. Xorazmiy man- tiq ilmiga oid masalalarni to‘qqiz bobda bayon qiladi. Boblarning nomlanishi Forobiy va Ibn Sinolarniki kabidir. U mantiqiy ta’limot «Isog‘uvchi»ni bayon etish- dan, o‘rganishdan boshlanishi kerak, «Isog‘uvchi» - bu kirish (yunon tilida eysagoge), deb ataladi, deya yozadi.
Xorazmiy Aristotel g‘oyasini davom ettirib, aniq nar- salarning xossalarini belgilash uchun «individual» tushunchasini kiritadi. Xorazmiy «Sof birodarlar»ning mantiqqa oid g‘oyalarini rivojlantirib va uni Arastu falsafasi ruhiga yaqinlashtirib, ivdivid masalasini birinchi o‘ringa olib chiqadi. <Abu Abdulloh al-Xorazmiy mantiq masalalarini ko‘rib chiqishni so‘z va iboralarning o‘zaro munosabatini taxdil etishdan boshlaydi. SHark mantiqshunoslari so‘zlarning ma’no anglatishiga ko‘ra uch turini: so‘z o‘zining to‘liq mazmunini anglatadigan, so‘z o‘z mazmunining bir qismini anglatadigan, so‘z o‘z mazmunidan kelib chiqadigan narsani anglatadigan holatlarni farkdaganlar. Xorazmiy ham bu masalaga mufassal to‘xtalib, bu turlarni va ularning tushunchalardagi mantiqiy ma’nolarini ko‘rib o‘tadi. Bu bilan olim YAqin va O‘rta SHarq mantshspunoslari ilgari surgan tushunchalarning ma’no anglatishi haqidagi ta’dimotini dayum ettiradi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy Aristotel va Forobiy- ning tafakkur va .til, mantik va grammatika orasidagi boglikdik goyasini yanada rivojlantirdi. U mulohaza (hukm) masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy hukmning modalligi bo‘yicha lozim bo‘lgan, mumkin bo‘lgan va haqiqyy kabi uch turga bo‘linishiga katta e’tibor beratsi va o‘z ta’limotida Aristotel goyasining asosiy mohiyatini to‘liq aks ettiradi.
Xorazmiy xulosa chiqarish masalalariga ham apohida to‘xtalib o‘tdi. U sillogizmni xulosa chiqarishning eng muhim ko‘rinishi va nazariy bilimlarni egallashdagi asosiy vosita, deb bildi. U isbotlash va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni, dialektika asoslarini, shuningdek, o‘sha davr- da sillogizm turlari hisoblangan sofistika, ritorika va poetika bilan bog‘liq masalalarning har birini alohida boblarda tal kin qildi. Umuman olganda, Xorazmiy qadimgi grek-yunon ilgor mantikdy an’analarini YAqin va O‘rta SHarq hamda O‘rta Osiyo falsafasi materiallaridagi o‘ziga xos, ajoyib g‘oyalardan foydalanib boyitdi va rivojlantirdi.
Forobiyning mantiq soxasidagi ishlarining davom- chilaridan yana biri turli ilm soxalariga oid qator asar- lar yaratgan, o‘z davrining dunyoga mashhur qomusiy olimi Abu Ali ibn Sinodir (980-1037 y.y.). U Buxoro yaqinidagi Afshona shaqrida tug‘ildi. Buxoroda tahsil olib, shu erda olim, tabib sifatida shuhrat qozondi, ma’lum bir vaqt Xorazmda yashadi. Ibn Sino 31yoshida Xorazmni tark etdi, 1037 yili Isfahonda vafot etdi.
Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar muallifidir. Bu asarlar ilmning turli sohalariga oid bo‘lib, ulardan 150 dan ortig‘i falsafa va mantiq masalalariga bagishlangan. Bu- lar orasida falsafa va maitiq faiining barcha masalana- rini izchil ravishda o‘z ichiga olgan asari - «Kitob ash- shifo»dir. «Kitob ash-shifo»ning mantiqqa oid qismi 9 bo‘lakdan iborat bo‘lib, ularning nomlaiishi va tartibi Forobiyniki kabidir. Mugafakkirning bu asari mantiq sohasidagi barcha ilmlar asosida vujudga kelgan bo‘lib, unda mantiqqa oid masalalar to‘liq qamrab olingan.
Ibn Sinoning «Ishorat va tanbihot», «An-Najot», «Donishnoma» asarlarida ham falsafa va mantiqqa oid masalalar bayon etiladi. Mutafakkir mantiq ilmini bar­cha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etadi. Ibn Sino «Donishnoma» asarida qabul qilingan tartibni buzgan holda, avval mantiq asoslarini, ikkinchi o‘rinda metafizikani, so‘ng boshqa fanlarni bayon qiladi.
U asosan Aristotel va Forobiyning mantiqiy ta’li- motlarini davom etgirgan bo‘lsa-da, ko‘p masalalarda musta- qil yo‘l tutadi. Ibn Sino mantiq fanini ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni keltirib chiqarish, ularni bir- biridan farq qilish, chin va xato bilimlar, ularning tur- larini o‘rganuvchi fan yoki nazariy san’atdir, deb ta’rif- laydi. Mantik, ilmi ob’ektiv olamni bilish uchun xizmat qiladi, bilish esa real predmetlarni, avvalo, sezgilar orqali aks ettirish, so‘ng akdiy, mavxum bilishga asoslanadi.
Ibn Sino falsafa, bilish nazariyasi va mantiq muam- molarini aralashtyrib yubormaydi, ularni alohida-alohida bayon qiladi. Bu jihatdan Ibn Sinoning mantiq fani haqidagi ta’limoti Arastu yaratgan mantiq faniga nisbatan juda ko‘p yangi ma’lumotlarni beradi. Mantiqiy masalalarni o‘rganishda turli belgi (simvol)lardan foydalanish ham mutafakkirning yutug‘i hisoblanadi.
Ibn Sinoning mantiq ilmida tafakkur shakllari bo‘lgan tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, ularning tuzili- shi, turlari, shuningdek, isbotlash masalalari jeng va har tomonlama taxdil etil ad i. ,
U tushunchalarni yakka va umumiyga bo‘ladi. Mutafak­kirning ta’kidlashicha, mantiq fani umumiy tushunchalar bilan shug‘ullanadi. U ham, Aristotel kabi, mavjud bor- liqning eng umumiy holatlarini ifodalovchi o‘nta umu­miy kategoriyalarni mantiq fanining o‘rganish doirasiga kiritadi. Tushunchaning asosiy vazifasi xukm va xulosa chiqarishni tashkil etish, ularga asos bo‘lishdir, deb ta’kidlaydi. U tushunchalarni ta’riflash va bo‘lish kabi mantiqiy usullarga ham batafsil to‘xtab o‘tadi.
Hukm nazariyasi Ibn Sinoning mantiq ilmida eng katta o‘rinlardan birini egallaydi. U hukmlarning tuzi- lishi, sub’ekt-predikat munosabatlarini har tomonlama taxdil qiladi. Ibn Sino odsiy va murakkab hukmlarni, ularning tuzilishi va turlarini batafsil bayon qiladi.
Ibn Sinoning xulosa chiqarish nazariyasi ham tushun­cha va hukm kabi chuqur hamda izchil ishlab chiqilgan. U deduktiv xulosa chiqarishga oid barcha masalalarni: sillogizmning tuzilishi, figuralari, moduslari, murakkab sillogizmlar va ularning turlari, sillogizmlarni belgilar vositasida ifodalashni batafsil taxdil qiladi. U induktiv xulosa chiqarish ustida ham fikr yuritadi.
Umuman olganda, Ibn Sinoning mantiqiy ta’limotini uning mukammalligi, mavzusining kengligi, hajmi, talqi- nining batafsilligiga ko‘ra, o‘rta asrlardagi mantiq ilmi rivojining eng yuqori darajasi deb baholash mumkin.
Ibn Sinoning mantikiy tashimotvda ungacha bo‘lgan Kdsimgi va Urta asr mantiqshunosligining muhim yutukdari ma’lum darajatsa mujassamlangan bo‘lib, keyingi davrlarda mantiqiy ta’limotlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.y.) mantiqqa oid asarlar yozmagan bo‘lsa ham, uning qonun-qoidalaridan, isbotlash usullaridan ilmiy-amaliy faoliyatida keng foydalangan. Beruniyning buyuk xizmatlaridan biri tabiat va jamiyatni bilishning ilmiy metodini ishlab chiqqanligidadir. Beruniy ilmiy metodining asosiy prinsiplari «Qadimgi xalkdardan qolgan yodgorliklar» asarida ko‘rsatib o‘tilgan. Bular quyidagilardan iborat:
akdni bekorchi fikrlardan tozalash;
tajribaga asoslanish;
bilishni, avvalo, predmetni tashkil etuvchi element- lardan boshlash;
hissiy bilishga asoslangan deduksiyadan foydalanish;
mantiqiy fikrlash: taxdil qilish va umumlashtirish;
kuzatish, taqqoslash, qiyoslash orqali haqiqatni aniqlash;
ma’lum narsadan noma’lum bo‘lganiga, yaqindagisi- dan uzokdagisiga qarab fikr yuritish;
uzoq o‘tmishni bilish uchun predmetning, hodisa- ning tarixini va u hakda boshqalarning bergan ma’lumotlarini o‘rganish.
Aytish mumkinki, Beruniy RDekart va F.Bekonlardan avvalrok, ilmiy biliщ metodining zarurligini ta’kiddagai va uning asosiy qoidalarini, prinsiplarini ishlab chiqqan. Beruniyning bu masalaga oid fikrlari g‘arb faylasuflari- nikiga Nisbatan keng qamrovliligi bilan ajralib turadi.
Mantiq ilmining keyingi davrlardagi rivoji Baxmanyor (1065 yda tug‘ilgan), Ibn Rushd (1126-1198 y.y.), Nasriddin Tusiy, Faxriddin Roziy, Qazviniy, SHamsiddin Samarqandiy, Taftazoniy (1322-1390 Y.Y.), Mirsharif Jurjoniy (1340­1413 y.y.) va boshqalarning nomi bilan bog‘liq.
Mirsharif Jurjoniy ham Ibn Sino kabi mantiqni «bilish hakdsagi fan» sifatida ko‘rib o‘tadi. Uning ta’limo- tiga ko‘ra, mantiq fani bilish nazariyasi xisoblanmaydi. Bilish jarayonida biz tushuncha va mulohazalar orqali yangi, noaniq narsa haqida fikrga ega bo‘lamiz, deb ta’kidlaydi. U har qanday fikr tuzilishiga ko‘ra materiya va shakldan iborat, shuning uchun to‘g‘ri yoki xato bo‘lish fikrnish mazmuniga va shakliga xosdir, deb yozadi. Jurjoniy fikricha, tushuncha - bu
qandaydir individual narsa hisoblanadi. U asosan tushunchalarning kelib chiqishi va ko‘rinishiga e’tiborni qaratadi. Tushunchaning paydo bo‘lishi juda keng va katta ma’noni oladi, tushunchaning ko‘rinishi esa qisqa bo‘ladi. U tushunchani ikkiga: yakka va umumiy tushunchalarga bo‘ladi; yakka tushunchaning o‘zidan «haqiqiy yakka»sini tanlab oladi. U yakka tushunchaga ta’rif berib, «yakka tushuncha - yakka predmetdan tashkil toptan bo‘lib, unda faqat shu predmetning o‘zi haqidagi fikr bayon qilinadi», deb ta’kidlaydi.
Jurjoniy ta’limotiga ko‘ra, tushuncha va hukm o‘rtasida farq bor. Fikrda nimadir tasdikdansa yoki inkor etilsa, bu hukm hisoblanadi. Hukm chin yoki xato bo‘lishi mumkin.
Fikr yuritishning muhim bosqichlaridan biri bu xulosa chiqarish xdsoblanadi, deydi Jurjoniy. U xulosa chiqarish- ning uch turini: sillogizm, induksiya, analogiyani ajratadi. Sillogizm xulosa chiqarishning eng asosiy ko‘rinishi hisoblanddi. Induksiya va analogiya orqali xulosa chiqarish farazga olib keladi, ular chin bilimni bera olmaydi. Jurjoniy sillogizmni Ibn Sino kabi ikkiga bo‘ladi: birlashtiruvchi va ajratuvchi. U mantiqiy isbotlashga ham to‘xtalib o‘tadi. Uningcha, isbotlash uch xil bo‘ladi: 1. Umumiydan yakkaga qarab isbot qilish - sillogizm. 2. YAkkadan umumiylikka qarab isbot qilish - indukgiv isbotlash. 3. Analogiya - bunda yakkadan kelib chiqib, yakkani isbot qilish.
Jurjoniy sillogizmning strukturasini, qoidalarini, figuralarini, moduslarini batafsil taxdil qiladi.
SHuningdek, mutafakkir mantiq fanining turli ta’- limotlarni o‘rganishdagi ahamiyatiga yuqori baho bergan.
YUqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Urta Osiyo mutafakkirlari mantiq ilmining masalalarini ish- lab chiqishda mustaqil ijodiy yo‘l tutdilar. Ularning mantiqiy ta’limotlari Aristotelnikidan farksi ravishda sillogizmning mohiyati va shakllarini tahlil qilishdan emas, balki hukm va sillogizmlarning asosiy elementi bo‘lgan tushunchalar tabiatini taxdil qilishdan boshlanadi. Ular mantiq ilmining o‘rganish doirasini faqat sillogizmlar bilan chegaralab qo‘ymasdan, unga mavjud bilimlar asosida haqiqatga erishish yo‘llarini o‘rganuvchi fan, deb ta’rif berdilar. Ularning murakkab hukmlarga asoslangan gipotetik xulosa chiqarish haqidagi ta’limotlari mantiq faniga qo‘shilgan muxsm xsssa bo‘ldi. Tafakkur shakllari, ayniqsa, xulosa chiqarish bilan argumentlash o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidlashlari chuqur ma’noga egadir.


Yangi va eng yangi davrda mantiq ilmi
Aristotelning mantiqiy ta’limoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiqqa oid asarlari orqali, ya’ni SHarq orqali Evropaga kirib keldi. O‘rta asr Ev- ropasida mantiq masalalari asosan umumiy va yakka tu- shunchalarning o‘zaro munosabati doirasida o‘rganilgan.
YAngi davrda Evropada fanning, ayniqsa, tabiatshunos- likning rivojlanishi ilmiy metod (uslub) masalalariga e’ti- borni kuchaytirdi. Bu davrnish’ buyuk mutafakkirlari R. De­kart, FBekon, T. Gobbs, Leybnits va boshqalar mantiq ilmi- ning turli yo‘nalishlarining yaratilishiga asos soldilar.
Frensis Bekon (1561-1626 y.y.) mashhur ingliz fay- lasufi va tabiatshunos olimidir. U ikki qismdan iborat «Fanlarning buyuk uyg‘onishi» nomli asarini yozgan. Birinchi qismi «Fanlarning afzalliklari», ikkinchi qismi «YAngi Organon» deb ataladi. Mantiqqa oid fikrlari «YAngi Organon»da o‘z ifodasini topgan.
Bekon yangi mantik yaratishni maksad qilib qo‘yadi. U Aristotelning «Organon»ini tankid kilib, «YAngi orga­non» asarini ezdi. SHu bilan o‘z mantiqiy ta’limotini Aristotel mantig‘iga qarshi qo‘ymoqchi bo‘ldi. Xususan, Bekon Aristotel sillogistikasiga o‘z induksiyasini kar­shi qo‘ydi, o‘zining ilmiy induksiya nazariyasini yaratdi. Bekonning fikricha, sillogizm gaplardan, gaplar so‘zlar- dan tuziladi, so‘zlar buyumlarni bildiradi. So‘zda ifoda- langan tasavvur xato bo‘lsa, sillogizm buziladi.
Bekon induksiyani xulosa chiqarishning asosiy shak- li, deb bildi. Faqat ommabop induksiyani tan olmadi, uni tanqid qildi. U induksiyaning asosiy metodlarini chuqur o‘rgandi. Bulardan tashqari induksiyaning yordamchi usullarini - yakka misollar, adashgan misollar, ko‘rsa- tuvchi holatlar va boshqalarni kashf etdi.
Bekon istisno qilishga asoslangan induksiya nazariyasini yaratdi. Induksiyaning maqsadi maksimal darajada ko‘proq faktik materiallarni takqoslash va o‘rganilayotgan yuqealarning nomuxnm tomonlarini istisno kdnish va shu asosda ularning muhim tomonlarini anikdashdir, deb xnsobladi.
Bekon induksiya jarayonini qisqartirish va shu bilan birga ishonchliroq xulosa olish mumkin, deb ta’kidladi. Pekin qisqartirish yo‘lini aniq ishlab chiqmadi.
Bekon mantiqni ilmiy metod, uslub haqidagi fan deb bilgan. Ilmiy uslubni qo‘llash yangi haqiqatlarni ochishga olib keladi. U Demokrit, Epikurning induksiya nazariya­sini tikladi va rivojlantirdi, lekin tugallangan induk tiv nazariya yaratmadi, uning asosini kurdi, xolos.
Tomas Gobbs (1588-1679 y.y.)ning asosiy falsafiy asari «Falsafa asoslari» deb ataladi. U uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismining birinchi bobi «Mantiq» deb nomalanadi.
“Mantiq”bobida Gobbs Bekon yo‘lini davom ettirdi. U tushunchalarni ta’riflashga katta ahamiyat berdi. Gob- bsning fikricha, ta’riflash bir so‘zdan iborat bo‘lmasligi kerak; nom ta’riflashda qaytarilmasligi lozim.
Uning fikricha, hukmlar nomlarning birikuvidan iborat. Hukm chin yoki xato bo‘lishi mumkin. U birinchi o‘ringa shartli hukmlarni qo‘yadi, chunki ular saoabiy bog‘lanishni o‘rganishda muhim ahamiyatga eta. Gobbs til va tafakkur birligini tan oladi. Nomlar tushunchalar bilan, gaplar hukmlar bilan tenglashtiriladi.
Gobbs sillogizmni kuyidagicha ta’riflaydi: sillogizm uchta gapdan iborat bo‘lgan, uchinchi gap avvalgi ikkitasidan kelib chiqadigan mulohazadir. U birinchi figurani tabiiy fikr yuritishga mos keladigan figura deb ko‘rsatadi, boshkd figuralar birinchi figuraning turlicha ko‘rinishlaridir. Sillogizmlardagi xatolar asoslar xato bo‘lganda va xulosa chiqarish shaklidagi xatolar natijasida yuz beradi.
Gobbs tafakkur qonunlarining uchtasi haqida fikr bildirgan. Ayniyat qonuni aniqlik sharti sifatida tal- qin qilinadi. So‘z doim bir ma’noda ishlatilishi kerak. Bu haqiqatga erishishning birinchi talabidir.
Gobbs ziddiyat va uchinchisi istisno qonunlarini ak­sioma, deb biladi.
Gobbsning fikricha, isbotlash xulosalar zanjiri bo‘lib, sillogizmlar uning alohida halqalaridir. Gobbs birinchi marta mantiq faniga genetik ta’riflashni kiritdi. Uning fikricha, predmetning qismlarini sanash orqali ham ta’rif berish mumkin. Faqat ta’riflargina fan prinsiplari hamda isbotlash asosi bo‘la oladi.
Gobbs mantigida ratsionalizm ustun turadi. Unda de­duksiya, induksiya, taxdil va sintez bir xil o‘rin tutadi.
Mantiq ilmining rivojlanishida, ilmiy uslub bilan bog‘liq masalalarni hal etishda R. Dekart (1606-1650 y.y.)ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
Dekart mashhur faylasuf, yirik matematik va man- tiqshunos olimdir. Uning falsafiy qarashlari «Falsa­fa muqaddimasi» asarida o‘z ifodasini topgan. Manti- qiy qarashlari esa, uning «Uslub haqida mulohazalar» risolasida bayon etilgan. Ayniqsa, «Uslubning asosiy qoidalari» deb ataluvchi kismi mantiq fani rivoji uchun ahamiyatli bo‘lgan. Unda bilishning ilmiy uslubini xa- rakterlaydigan asosiy qoidalari ishlab chiqilgan.m Intuitsiya deganda Dekart xayoliy narsani emas, balki sog‘lom aklda tug‘iladigan barqaror va anik tasavvurni tushungan. Intuitsiya yordamida har qanday kishi o‘zining mavjud ekanligini, nimalarni o‘ylayotganini, uchburchak uch tomonga eta ekanligini va boshqalarni anikdashi mumkin.
Dekart fikricha, shpuitsiya bilan birga biz deduksiyadan ham foydalanamiz. Deduksiya deyilganda avval bilingan narsalar asosida bilishni ta’minlaydigan jarayonni tushu- nish kerak. Deduksiya yordamida fikrning muntazam xarakati bilan xulosa hosil qilindsi. Deduksiyada ma’dum harakat va muayyan uzluksizlik mavjud bo‘lib, bu narsa intuitsiyada yo‘kdir. Narsalar intuitsiya va deduksiya yo‘li bilan bilinishi mumkin.
Dekart fikricha, deduksiyadan geometriyada va algebrada ko‘proq foydalaniladi. Dekartning mashhur aforizmi («Men fikr qilayapman, demak, men mavjudman») ni ba’zi olimlar sillogizmnish qisqargan ko‘rinishi deb ko‘rsa- tadilar. Dekart esa unda xulosa sillogistik yo‘l bilan chiqarilmagan, deb aytadi.
Deduksiya yordamida bevosita bilim hosil qilinadi. Dekart fikricha, xulosa chiqarishda asosiy narsa bilin­gan narsadan bilinmagan narsaga o‘tish, noaniq narsani aniq qilishdir. Uslubmmng ahamiyati deduksiyani qanday qilib qurish kerakligini ko‘rsatishdadir. Uslub kanday qilib akldan to‘gri foydalanishni ko‘rsatadi, tadqiq kilish mumkin bo‘lgan narsalarni, bilishda deduksiyani kanday qilib qurish kerak ekanligini aniklaydi.
Dekart taqlil va sintez jarayonlari hakida maxsus ta’limot yaratadi. Uning qarashlari an’anaviy mantiq fa- nidagi qarashlardan farq qiladi. Dekart taxdil va sintez tushunchalarini fikrning mazmuni bilan boglaydi. Masalan, agar figuradan uchburchak tushunchasiga, undan teng yonli uchburchak tushunchasiga fikran o‘tilsa, bu sintetik usul, ya’ni deduktiv usul bo‘ladi. Agar teng yonli uchburchakning figura bo‘lish, uchburchakli bo‘lish, teng yoshgi bo‘lish xossa- lari anikdansa, analiz usuli, ya’ni induktiv usul bo‘ladi.
Induksiyani Dekart Bekonga Karaganda bir oz bosh- qacharoq talqin tdtadi. Uning fikricha, induksiya tajri- baga asoslanadi, unda tekshirilayotgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati ko‘rsatiladi. Sanash (enumeratsiya) orkali muayyan masala bo‘yicha hamma holatlar tekshiriladi. Har doim ham to‘liq enumeratsiya, ya’ni sanash lozim bo‘lavermaydi.
■ Ba’zi vaqtlarda to‘liqsiz ayrim olingan sanash xam etarli | bo‘ladi. SHunday qilib, mutafakkir fikricha, intuitsiya, I deduksiya va induksiya haqiqatni topish yo‘llaridir.
Dekart mantiqning hamma sohalariga oid ma’lum sis­tema yaratmagan bo‘lsa ham o‘z ratsionalizmi bilan mantiq fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
1662 yilda Antuan Arno va Per Nikol tomonidan «Mantiq yoki fikr qilish san’ati» deb nomlanuvchi kitob yozilib, nashr etiladi. Keyinchalik bu asar «Por-Royal mantig‘i» nomi bilan mashhur bo‘ldi. Por-Royal mantig‘i Dekartning mantiqiy qarashlariga asoslanadi.
Por-Royal mantig‘i g‘oyalarni umumiy, juz’iy va yakka g‘oyalarga ajratadi. Bir buyumni ifodalagan g‘oya yakka, ko‘p buyumlarni ifodalagan g‘oya umumiy g‘oya - jins bo‘ladi.
Por-Royal mantig‘i vakillari definitsiya - ta’rif- lashning ikki turini ko‘rsatishadi - nominal va real ta’riflash. Nominal ta’riflash isbot talab kilmaydi, real ta’riflashni isbot qilish kerak, deb ta’kidlashadi.
Ularning xukmlar haqidash ta’limoti Aristotel manti- gini tanqvd qilishga asoslanadi. Aristotel xukmlarning hamma turlarini ko‘rsatmaxan; aslida uning turlari ko‘irokdir, deb ta’kidlangan holda, hukmlarning boshqa turlarini, xususan, ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar qamda murakkab xukmlarning bir necha turlarini ko‘rsatishadi.
Por-Royal mantig‘i vakillari kitobning uchinchi qis- miny xulosa chiqarishga bag‘ishlaydilar. Xulosa chiqarish inson uchun zarurdir. Xulosa chiqarishda biror hukmning chinligi yoki xatoligi masalasi hal qilinadi. Hukmning sub’ekti kichik termin, predikati katta termin, ular o‘rtasidagi tushuncha o‘rta termin bo‘ladi. Xulosa chiqa- rishda ikki asos va xulosa ishtirok etadi. Xulosa chiqarish entimema shaklida bo‘lishi mumkin - unda asoslar aniq ifodalanmaydi. Xulosa chiqarishning uchta va undan ko‘proq hukmlardan tuzilgan turi bo‘lishi mumkin, u sorit bo‘ladi. Sillogizmlar oddiy va birlashtiruvchi bo‘ladi. Oddiy sillogizmda o‘rta termin chekka terminlarning bittasi bilan bog‘lanadi. Birlashtiruvchi sillogizmda o‘rta termin ikkita chekka termin bilan bog‘lanadi.
Por-Royal mantig‘ida xulosa chiqarish sistemasi kengayti- rildi, uning vakillari tomonvdan induksiya deduksiyaga kara- ma-qarshi qo‘yidsi, ularning o‘zaro aloqasi ko‘rsatilmadi.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin