G.V. Leybnits (1646^1716 y.y.) - yirik nemis olimi. U XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida yashab ijod qilgan. Falsafiy qarashlari «Inson akdi qaqidagi tajribalar» asarida o‘z ifodasini topgan. «Monadologiya» asarida falsafiy va mantikiy qarashlarini kssqa shaklda bayon etgan.
Leybnits tafakkur qonunlari haqidagi ta’limotni qay- tadan ishlab chikdi. U birinchi o‘ringa ayniyat qonunini qo‘yadi. Bu qonunga ontologik ta’rif beradi: har bir buyum shu buyumning o‘zidadir, ya’ni A-A dir, V-V dir va h.k. Ziddiyat qonunini kuyidagicha ta’riflaydi: bir vaqtda buyum ham mavjud, ham mavjud emas bo‘lmaydi, A bo‘lsa, narsa A emas bo‘la olmaydi. Buni kuyidagicha ifodalash mumkin: har bir gai yo chin, yo xatodir. Bunda ziddiyat va uchinchisi istisno
qonuni birlashtiriladi: 1.Bir gai ham chin, ham xato bo‘lmaydi. 2.Haqiqat va yolg‘on o‘rtasida hech narsa yo‘q, ya’ni gai chin ham, xato ham bo‘lmasligi mumkin emas. Leybnits fikricha, ziddiyat va uchinchisi istisno qonunlari xulosa chiqarishda asos bo‘ladi. Etarli asos qonunini Leybnits kuyidagicha ifodalaydi: xamma mavjud narsalar mavjud bo‘lishi uchuy etarli asosga ega, etarli asossiz birorta voqea chin, haqiqiy bo‘lmaydi. Mantiqiy qonunlar bilish jarayoni uchun ahamiyatlidir. Tafakkurimiz ob’ektlari yo faqat fikrda mavjud bo‘ladi, yo real mavjud bo‘ladi.
Leybnits hozirda simvolik mantiq nomi bilan yuri- tiladigan mantiqqa asos soldi, tafakkurning turli jarayonlarini, jumladan, tafakkur shakllari va qonunlarini ifodalashda matematik usullardan foydalanish yo‘llarini taklif qildi. 1666 yilda Leybnits «Kombinatsiya qilish san’ati haqida» nomi bilan asar yozgan bo‘lib, simvolik mantiqning tug‘ilishi shu yil va shu asar bilan boshlanadi.
Leybnits mantiq fanining predmeti va vazifasi haqida to‘xtalib, uning vazifasi tafakkurning format aloqalarini tasvirlash, uning predmeti bilimning maz- munini o‘rganishdir, deydi. U mantiq ilmining amaliy ahamiyatini yuqori baholaydi.
Leybnitsning mantiqiy ta’limoti quyndagi prinsip- larga asoslangan: 1) har bir gushunchani odsiy qayd qilinadigan, boshqa bo‘linmapdigan tushunchalarga keltirish mumkin; 2) murakkab zushunchalar odsiy tushunchalarning hajmini ko‘paytirish va kesishtirish mantiqiy amali vositasida keltirib chiqariladi; 3) dastlabki oddiy tushunchalar to‘nlami zidsiyatsiz bo‘lishi shart; 4) har qanday chin mulohaza predikativ hisoblanadi, ya’ni u ekvivalent tarzda boshqa shaklga o‘tkaziladi va predikatning sub’ektda mavjudligi nazarda tutiladi; 5) har qanday chin bo‘lgan tasdiqlovchi gap shu ma’noda analitik hisoblanadiki, uning predikata sub’ektda mavjud bo‘ladi.
Leybnits mantiqiy modalliklar tizimini ishlab chiqadi:
mumkin = ziddiltsiz
zaruriy = inkori ziddiyatyai
tasodifiy = inkori ziddiltsiz
mumkin bo‘lmagan = ziddiyatli
Leybnits matematik mantiqning quyidagi qonunlarini ta’riflab beradi:
Refleksivlik konu ni: x = l'
Simmetriya qonuni: x = u, u = x
Tranzitivlik qonuni: [(x = u) l (u = t.) —>(x = 7.)]
Leybnitsning mantiq ilmiga oid qarashlari X.Volf tomonidan rivojlantirilgan.
Xristian Volf (1676-1754 y.y.) nemis faylasufi, ma- tematigi va mantiqshunos olimidir. Volfning mantiqiy ta’limotida akl masalasi eng asosiy hisoblanadi. Akliy bilish xulosa chiqarishga asoslanadi. Uning fikricha, bilim aprior yoki aposterior yo‘l bilan hosil kdlinadi. Aposterior bilim - tajribaga asoslangan bilimdir. Avvadsan bilib olingan ta’riflar va holatlar aprior bilim bo‘lib, ular xulosa asoslarini tashkil etadi. Volfning ta’kidlashicha, mantiq haqiqatni bilish va xatolarga yo‘l ko‘ymaslik uchun bilish qobiliyatlarini qo‘llashga o‘rgatuvchi fandir. U mantiksi nazariy va amaliy qismga ajrataoi. Nazariy mantiq tushuncha, xukm va xulosa chiqarishni o‘rganadi. Amaliy mantiq bahs, munozara jarayonida, mutolaa qilgatssa, fikrni bayon etganda, umuman, amaliy xayotda haqiqatni aniqlashga o‘rgatadi. U haqiqatga kuyidagicha ta’rif beratsi: fikrning ob’ekt bilan yoki tasavvur qilingan buyum bilan o‘zaro mosligi haqiqatdir.
Uning ta’kidlashicha, bilish uch bosqichda amalga oshadi: tushuncha, xukm va xulosa chiqarish. Xukm ikki tushunchadan tarkib topadi. Xulosa berilgan hukmlardan yangi xukmni hosil qilishdir.
Volf matematik va mantikiy isbotlarga katta e’tibor beradi. Isbotlovchi asoslar sifatida tushunchalarning ta’rifini, tajriba natijalarini, aksiomalar, postulatlar va avvalroq isbotlangan tezislarni tan oladi. U tafakkur qonunlarini ontologik xarakterga ega, deb ta’kidlaydi. Ziddiyat konu ni ni eng oliy prinsip sifatida kuyidagicha ta’riflaydi: «Bir buyum bir vaqtning o‘zida ham bo‘lishi, ham bo‘lmasligi mumkin emas». Etarli asos konuniga esa «hamma mavjud narsalar o‘zining etarli asosiga ega, shuning uchun ular mavjuts emasliqdan ko‘ra mavjuddir», deb ontologik ta’rif beradi.
X.Volfning qarashlari Germaniyada magggiqqa oid ilm- larning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Baumeyster (1709-1785 y.y.), Meyer (1718-1777 y.y.) va L.Eyler (1707-1783 y.y.) kabi mantiqshunoslarga uning g‘oyalari sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
YAnga davr rus mantiqshunoslari ham mantiq ilmining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgashtar.
XVII asrning ikkinchi yarmida birinchi marta mantiq- dan darslik chiqarilgan. SHu vaqtdan boshlab Rossiyada mantiq ilmining rivojlanishini kuzatish mumkin. Mantiq bilan jiddiy shugullangan birinchi rus olimi M.V. Lomonosov (1711-1765 y.y.) bo‘lgan. U bilimlarning manbai ob’ektiv voqelikdir, bilimning yagona vositasi esa tajriba (eksperiment), deb bilgan. Formal mantiqning to‘rt asosiy qonunini muvaffaqiyatli, ishonchli muhokama yuritishning elementar prinsiplari deb atagan.
U mantiq ilmiga quyidagi yangi fikrlarni kiritgan:
.Hukmlarni umumiy va yakka turlarga ajratgan. Juz’iy hukmni inkor etgan.
Sillogizmning EagarN (AA1), G‘e1arYUp (EAO), VgashaIr (AA1) va G‘eyaaro (EAO) moduslarini inkor etgan. (Matematik mantikda ham sillogizmning bu moduslari inkor etiladi.)
U xulosa chiqarishni sillogistik va sillogistik bo‘lmagan turlarga ajratishga qarshi bo‘lgan va xulosa chiqarishning quyidagi klassifikatsiyasini taklif etgan:
bo‘lakdan butunga qarab xulosa chщarish;
nomidan xulosa chщarish;
.3) ta’sirdan xulosa chщarish;
vaqt, o‘rin va sharoitdan xulosa chiqarish;
kelib chiqishdan xulosa chщarish;
sababdan xulosa chщarish;
avvalgilaridan va keyingilaridan xulosa chщarish;
tenglamadan xulosa chщarish;
o‘xshash buyumlardan xulosa chiqarish;
qarama-qarshi va o‘xshash bo‘lmagan buyumlardan xulosa chщarish.
Lomonosovning «Notiqlikdan qisqacha ko‘llanma» (1748) nomli asari Rossiyada uzoq vaqt davomida mantikdan darslik bo‘lib xizmat qilgan.
M.I. Karinskiy (1840-1917 y.y.) va uning shogardi LL. Rugkovskiy (1859-1920 y.y.) yirik rus mantiqshunoslari bo‘lgan va ko‘proq xulosa chiqarish masalalari bilan shugullanishgan.
Karinskiy aksiomagik-deduktiv mantiq tizimini tuzishga harakat qilgan. Bunda u tenglik munosabati orkali deduktiv va indukgiv xulosa chiqarishni ifodalamoqchi bo‘lgan. Karinskiy talqinvda xulosa chikzrish kuyvdagicha tuzilishga ega:
Masalan:
Moskva Parijdan sharqda joylashgan.
Parij Fransiyaning poytaxti.
Moskva Fransiya poytaxtidan sharqroqda joylashgan.
Karinskiy xulosalarni 2 guruhga bo‘ladi:
«sub’ektlarni solishtirish»ga asoslangan;
«predikatlarni solishtirish»ga asoslangan.
(Unda 8 va R tushunchalari an’anaviy mantiqqa to‘g‘ri
kelmaydi.)
Xulosa «8» yoki «R» o‘rtasidagi aynanlik (tafovut) asosida chiqariladi.
Karinskiy fikricha, bu ikki guruh xulosa chiqarishning hamma turlarini va gipotezani o‘z ichiga oladi. Karinskiy o‘z klassifikatsiyasida xulosa chiqarishning hamma turlarini qamrab olmoqchi bo‘lgan, lekin buning udsasidan chiqmagan.
L.V.Rutkovskiy «Xulosa chiqarishning asosiy turlari» (1889) asarida xulosa chiqarishni intensiv (mazmuniga asos- lanib) va ekstensiv (hajmiga asoslanib) turlarga bo‘ladi. Uning xulosa chiqarish klassifikatsiyasi kuyidagicha:turuh - hajmiga ko‘ra xulosa chiqarish (mantiqiy egadan xulosa chiqarish):a) traduksiya (o‘xshashlik, aynanlik, shartli bogliqlik);b) induksiya (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan);v) deduksiya (gshgotetik va gipotetik bo‘lmagan). guruh — mazmuniga ko‘ra xulosa chiqarish (kesimdan xulosa chiqarish): a) produksiya (ayiruvchi sillogizm); b) subduksiya (klassifikatsiyalash va predmetni tartibga keltirishdagi xulosalar).
Produksiyaning aksiomasi: «Predmet V belgisiga ega ekanligidan, shu predmet S belgiga ega, deb xulosa chiqa- riladi, chunki V belgi doimo S belgi bilan birgalikda mavjud bo‘ladi».
Karinskiy va Rutkovskiylarning ta’limotlari XIX asrda an’anaviy mantiqning rivojlanishiga muayyan da- rajada ta’sir ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |