TAFAKKUR SHAKLI VA TAFAKKUR QONUNI TUSHUNCHALARI Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud.
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning boglanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmet- ning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (duplami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalam, «davlat» tushuncha- sida o‘zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’- lum bir metod yordamida kurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir xildir: har ikkala- sida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan «o‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod yordamida kurili- shi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo‘lishi» shshiy na- zariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., p bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., p) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Xukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakta hakdsagi fikrlar tasdik. yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan xukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihat- dan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (5) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (R) o‘rtasidagi munosabat qayd 2 etilgan, ya’ni R ning 8 ga xosligi tasdikdangan. Umumiy holda xukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) 5—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,
“Daraxt - o‘simlik”.
“Terak - daraxt”. Demak, “Terak - o‘simlik”.
yoki
“Har bir kimyoviy element o‘z atom og‘irligiga ega”.
“Mis - kimyoviy element”.
muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash element- lari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Ta- fakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhoka- mani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.
Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan prinsip- lar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonunga rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq qonun emas», demak, «Buyruq rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar - kimyoviy elementlar», «Temir - moddiy jism», demak, «Temir - kimyoviy element») mumkin.
Tafakkur ko‘i qirrali jarayon bo‘lib, uni turli xil tomondan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo‘yicha, gayyor holida yoki kelib chikishi va garaqqiyotida olib o‘rga- nish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasi- ni tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo‘nalishlarga ajralishiga sabab bo‘ladi.