1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə12/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
,,

Nikolay Alekseevich Vasilev (1880-1940 y.y.) «Juz’iy hukmlar to‘g‘risida, qarama-qarshiliklarning uchburchagi haqida va 4-si - istisno qonuni haqida» (1910), «Xayoliy mantiq» (1912), «Logika va metalogika» asarlarining mual lifidir. U o‘z ta’limotida formal analogiyani LLoba- chevskiyning noevklid geometriyasi bilan birlashtirgan. Uning bu ta’limoti cheksiz ko‘pliklar uchun uchinchisi istisno qonunining qo‘llanilmasligi haqida dastlabki fikrlardan bo‘lgan.
Rus matematigi va mantiqshunosi Platon Sergeevich Poretskiy (1846-1907 y.y.) matematik mantiqning ri- vojlanishiga muhim hissa qo‘shgan.
Poretskiyning mantiqiy tizimida asoslarning beril- gan gizimidan xulosani keltirib chiqarish va xulosa sifatida olinishi mumkin bo‘lmagan asoslarni topish masalalari ishlab chiqilgan.
Djon Frederik Vilyam Gershel (1792-1871 y.y.) ingliz matematigi va mantiqshunosi bo‘lgai. U «Tabiatshunoslikni o‘rganishga kirish» (1832) asarida Djon Styuart Milldan 11 yil avval ilmiy induktiv metodlarning asosiy mazmunini yoritib bergan. Gershel fikricha, hodisalar o‘rtasidagi sababiy aloqadorlikni aniqlash barcha failarning asosiy vazifasidir. U sababiy aloqadorlikni aniqlashning quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: sabab va oqibat aloqadorligining o‘zgarmasligi; sabab bo‘lmasa, oqibatning ham bo‘lmasligi doimiy, o‘zgarmasdir; sabab chinligining ortishi yoki kamayiish bilan oqibatning ham chinligining ortiish yoki kamayiish; oqibatning sababga proporsionalligi;sababning yo‘qolishi bilan oqibatning ham yo‘qoliish.
Gershelning bu qoidalari ilmiy induksiya metodlari-
ning yaratilishida muhim rol o‘ynagan.
Djon Styuart Mill (1806-1873 y.y.) ingliz faylasufi va mantiqshunosi.«Sillogistik va induktiv mantik, sistemasi» (1843) asarining muallifi.
U ham Berkli, YUm va Kant kabi hodisalarning chin mohiyatini bilish mumkinligini inkor etgan. Inson fa- kat sezgilar vositasi orqali hodisalarni biladi, xolos, sezgilardan tashqarida hech qanday buyum mavjud bo‘lmaydi, deb hisoblagan.
Mill fikricha, hukm x,odisapar o‘rtasidagi munosa- batlarning ifodasidir. SHu fikrga asoslangan holda u hukmlarni 5 turga ajratadi:
mavjudlik hukmlari;
davomiylik, ketma-ketlik hukmlari;
o‘zaro mavjudlik hukmlari;
sababiy bogliqlik hukmlari;
o‘xshash munosabatlarni ifodalovchi hukmlar.
Mill F.Bekon, R.Uetli, YU.YUel va Gershel asarlariga tayanib, psixologik yo‘nalishdagi mantiqiy tizim tuzdi. Mantiq haqiqatni izlash metodlarini o‘rganuvchi fan qisoblanib, xulosa chiqarish qoidalari va isbotlash usul- larini uz ichiga oladi.
Mill asossiz holda deduktiv yo‘nalishni tanqid qilib, induktiv yo‘nalishga ortiqcha baho beradi. Uning ta’kid- lashicha, sillogizm hech qanday yangi bilim bermaydi. Umu- miy xukm xususiy qolatni isbotlay olmaydi, chunki umu- miy hukmning o‘zini isbotlash talab qilinadi, deydi.
Lekin Mill yaratgan ilmiy induktiv xulosa chiqa- rishning metodlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bular:
qoldiqlar metodы;
tafovut metodы;
o‘xshsishshk va tafovut qo‘shma metodы;
yuldoы1 o‘zgaruvchilar metodы;
yagona o‘xshai^lыk metodы.
U har bir metodning ifodalanish usulini (formulasi- ni) oydinlashtirdi va ularning tadqiqotchilar uchun muxdm ahamiyatga ega ekanligini misollar bilan tushuntirib berdi.
SHuning uchun bu metodlar mantiq tarixida Mill metodlari deb ataladi.
Mill ta’lim-tarbiya sohasida mantiq ilmining o‘rniga yuqori baho bergan. U o‘z avtobiografiyasida: «YAngicha tarbiyalashda, fikrlovchi insonlarni shakllantirishda man- tik ilmidan yaxshiroq vosita bo‘lmasligiga ishonchim ko- mil», deb yozgan.
XUSH-X1X asrlar falsafiy fikrida nemis falsafasi, xususan, uning yorqin vakillari bo‘lgan I. Kant (1724­1804 y.y.) va V.F. Gegel (1770-1831 y.y.) yaratgan mantiqiy tizimlar muhim o‘rin tutadi.
Kantning mangiqiy qarashlari uning «Sof akl tanki- di», «Prolegomenlar», «Mulohaza yuritish qooiliyati tanqidi», «Mantiq» (shogirdining Kant fikrlarini yig‘ib tuzgan to‘plami) kabi asarlarida bayon etilgan.
Kant mantiq fanining mavjud an’analarini hisobga olgan, Aristotelning mantiqiy ta’limotiga suyangan, shu- ningdek, yangi davrda boshlangan mantiq ilmini isloh qilish, davr ruhiga mos bo‘lgan yangi mantiqiy tizimni yaratish yo‘lidagi bo‘lgan urinishlarni qo‘llab-quvvatlagan hamda o‘zining dunyoqarashining, metodologiyasining bosh prinsip- laridan kelib chiqqan holda mantiqiy ta’limotini yaratdi.
Kantning ta’kidlashicha, mantiq ilmini o‘rganish ob’ektini akd, tafakkur tashkil etadi. Uning negizini, asosiy shaklini arpop inson tajribasigacha mavjud tarzda (ya’ni sub’ekt tajribasiga qadar) mavjud bo‘lgan tushunchalar, kategoriyalar hosil qiladi. Ular umumiy va zaruriy xarakterga eta. Ana shuning uchun ham o‘rganilayotgan ob’ektlar haqida chin bttlimlar hosil qilishga imkon beradi. Akl bilan bilish kategorial sintez tarzida, ya’ni hissiy qabul qilish natijalarini arpop kategoriyalar yordamida tahlil etish shaklida mavjud.
Kant fikricha, Aristotel asos solgan umumiy mantiq (formal mantiqni Kant ana shunday nom bilan ataydi) aklni, tafakkurni o‘rganuvchi fan sifatida saklanib qoli- shi kerak. Lekin u Aristotel mantiqiy ta’limotiga xos bo‘lgan ayrim kamchiliklardan, xususan, tafakkur shakllarini, oxir-oqibatda empirik mazmunga eta tafakkur qonunlarini (prinsiplarini) bir vaqtning o‘zida borliq prinsiplari, deb bilishdan voz kechishi kerak.
Umumiy mantik, mutafakkir fikriga muvofiq, tafakkur shaklini toza holda, ya’ni uning «materiya»silsh tashknl etuvchi ob’ektlarni farq qilmagan holda o‘rlanishi, aqdning, tufi muhokama yuritishning zaruriy konunlarini ishlab chiqishi zarur. Bu qonui-qoidalar akliy faoliyatning formal prinsiplari bo‘lib, ularsiz tafakkur mavjud bo‘la olmaydi.
Muxokama yuritishning formal qoidalari va umuman, formal mantiq mutafakkir nazarida bilimlarga baxo berish, ularning mantiqiy qiymatini (chin-xatoligini) aniqlashga yordam berish uchun mo‘ljallangan qoidalar yig‘indisi, ya’ni kanon bo‘lishi kerak.
Kant tafakkur shakllari o‘rtasidagi aloqalarni taxdil qilishga alohida axamiyat beradi. Xususap, hukmni (mul oka­zan i) tushunchalardan tashkil toshan mantiqiy shakl sifati­da olib qarab, uni ong tasavvurlari birlipshi his qilishta imkon beruvchi vosiga, deb xisoblaydi. Uz navbatida aqlning negizini tashkil etuvchi kategoriyalarning 12 tasini («reallik», «inkor», «chetara», «to‘plam», «yaxlitlik», «sababiyat», «o‘zaro ta’sir», «imkoniyat», «voqelik», «zaruriyat» va boshqalar) shu davrda ko‘pchilik tan olgan hukmnish 4 ta guruhga (mikdori bo‘yicha, sifati bo‘yicha, munosabati bo‘yicha, modalligi bo‘yicha) ajratilishidan ibo- rat tasnifdan kelib chiqib belgilagai.
Kant xulosa chiqarishni gushuncha va hukmlardan tash­kil topadigan mantiqiy shakl sifatida tasavvur qilib, uning 2 ta turini: bevosita va bilvosita xulosa chiqarish turlarini farq qiladi.
111uni aytish kerakki, Kantning yuqorida biz qayd etib utgan fikrlari va boshqa ilgari surgan g‘oyalari umumiy mantik (formal mantiq)ning urganish sohasini, predmetini nasbatan aniqroq
tasavvur qilishga imkon berdi. Uning mantiq ilmi taraqqiyoti yo‘lida qilgan buyuk xizmatlaridan biri aynan ana shu bilan bog‘liq.
Mantiq taraqqiyotidagi boshqa bir xizmati Kantning umumiy mantikdan tashqari yangi - transsendental man- tiqni yaratishi bilan belgilanadi.
Transsendental mantiq akdni, umumiy mantikdan farqli o‘laroq, faqat shakli jihatidangina emas, balki mazmuni tomonidan ham olib o‘rganishi kerak. Transsendental bil im arpop bilimlarning alohida shakli bo‘lib, u tasavvurlarimizning (yaqqol tasavvurlar yoki tushunchalarimizning) faqat apriori mavjud bo‘lishini, ko‘llanilishini, ularning qanday amalga oshishini tushunishimizga yordam beradi. Bunda tafakkurning mazmuni deganda fikrning empirik mazmuni emas (Kant empirizmga butunlay qarshi), balki akd tomonvdan hosil qilingan mazmuni tushuniladi; uning tajribaga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu mazmun toza arpop tushunchalarda ifoda qilingan bo‘lib, aynan ana shularni o‘rganish transsendental mantiqning asosiy vazifasini tashkil etadi.
Biz uchun nihoyatda mavhum bo‘lib tuyulgan Kantning bu muloqazasida muhim ratsional ma’no bor. Uni tafakkurning shakli va mazmuni birligida olib o‘rganuvchi mantiqni yaratish zarurligi haqidagi goya tashkil etadi.
Bu g‘oya nemis falsafasining boshqa vakili Gegel tomonidan rivojlantirildi.
Gegelning mantiqiy qarashlari uning «Mantiq fani», «Falsafiy fanlar ensiklopediyasi» kitoblarida bayon qilingan.
Gegel fikricha, falsafa mantiq shaklida mavjud bo‘lib, uning o‘rganish ob’ektini tafakkur (borliq bilan aynan bir bo‘lgan) tashkil etadi. Ana shuning uchun ham mantiq ilmi umumiy mantiq (formal mantiq) doirasidan chetga chiqadi, butun borliqni o‘zida gavdalantiradigan tafakkurning eng umumiy, zaruriy xislatlarini o‘rganuvchi ta’limotga aylanadi.
Albatta, bu bilan mutafakkir umumiy mantiqni inkor qilmaydi, balki aksincha, uni falsafiy bilimning muhim bir qismini, tadqiqot yo‘nalishini tashkil etadi, bi- lishning muhim metodlaridan biri bilan qurollantiradi, deb hisoblaydi.
Gegelning buyuk xizmatlaridan birini aynan ana shu umumiy mantiqning dialektikaga (falsafaga) bo‘lgan mu- nosabati masalasini qo‘yishi va hal etishga urinishida, deb bilish zarur.
Gegel Aristotel mantigining bir qator muhim bilish vazifalarini, xususan, tafakkur taraqqiyotini taxdil etishga ojizlik qilishini ta’kidlab o‘tdi. U Kantning, umumiy mantiq tafakkur shakllarini «toza» mantiqiy shakllar sifatida olib o‘rganishi kerak, degan fikriga aniklik kiritadi. Uningcha, o‘ziga har qanday mazmunni qabul qila oladigan sof mantiqiy shaklning bo‘lishi mumkin emas; har qanday shakl o‘z ma’nosiga, mazmuniga ega. Umumiy mantiq tafakkur shakllarini o‘rganishda ana shundan kelib chiqishi kerak. U to‘g‘ri muhokama yuritish uchun zarur bo‘lgan formal qoidalarni o‘rganuvchi fan sifatida falsafiy bilishning kuyi bosqichini, bo‘ysunuvchi momentni tashkil etadi. Gegel uning asosiy prinsiilarini, taxlil etadigan universal shakllarini, ularning muhokamani to‘g‘ri qurish va chin fikrlar hosil qilishdagi ahamiyatini chuqur tadqiq qilgan.
Ayniqsa, uning tafakkurnish universal shakllari: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishga dialektik tarzda yondashishi e’tiborga loyiqsir. Dialektika (dialektik mantik, falsafa) falsafiy bilishning asosiy usuli bo‘lib, u formal mantikdan farkli o‘laroq, tafakkurni, birinchvdan, uning mazmuni va shakli birligida, ikkinchidan, taraqqiyotida olib o‘rganadi. Bunda tafakkur o‘z-o‘zidan rivojlanadigan mohiyat sifatida olib qaraladi.
Gegel dialektik mantiqnish formal mantiq o‘rganuvchi universal tafakkur shakllaridan tashqari yana bir qancha muhim shakllarini: kategoriyalar, g‘oyalar, qonunlarni va shu kabilarni o‘rganishini ta’kidlaydi. Uning muhim prinsiplari sifatida zidsiyat, abstraktlilikdan anikdik (konkretlik)ka qarab borish, tarixiylik va mantiqiylik birligi kabilarni asoslaydi.
Gegel fikricha, dialektik mantiqning asosiy vazi- fasi haqiqatni aniklash, unga erishish yo‘llarini o‘rga- nishdir. Muhokamani to‘gri qurish uning yordamchi vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mugafakkir haqiqatni jarayon sifatida olib qaraydi, uni dialektik metod prinsiplari asosida tushuntirishga harakat qiladi.
Dialektik mantik asoslarining yaratilishi, uning ayrim kamchiliklariga qaramasdan (masalan, tugal, boshqa rivojlanmaydigan tizim sifatida qurilishi), Gegelning mantiqiy izlanishlarining natijasi, uning mantiq ilmi rivojiga qo‘shgan buyuk hissasidir.

XIX asrning o‘rtalariga kelib mantiq ilmida jidsiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. U Aristotel mantikiy tizimiga asoslangan an’anaviy formal mantikdan tubdan farq qiladigan, matematik metodlardan keng foydalanaditan simvolik mantiq (yoki matematik mantiq)ning shakllani- shi bilan bog‘liq. Uning negizida Leybnits ilgari surgan muhokamalarga hisoblash tusini berishning mumkinligi va uning samaradorligi haqidagi g‘oya yotadi. XIX asrning o‘rtalari - XX asrning boshlarida J.Bul, A.M.De- Morgan, CH.Pirs, G.Frege va boshqa tanikdi olimlar bu g‘oyani amalga oshirishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.


XX asrning boshiga kelib simvolik mantiq mantiqkd ovd ilmlar doirasida mustaqil fan sifatida shakllandi. Simvo­lik mantiq bo‘yicha dastlabki uch jildlik fupdamental asar «Rppar1a shaFeshayka» BRassel va A.Uaytxedlar tomonidan yaratildi va u 1910-1913 yillarda nashr etildi. Bu asarda ananaviy mantiksing ba’zi muammolari hamda uning doirasvda qo‘yib bo‘lmavdigan masalalar yangicha yondashish asosida, sim­volik mantiq vositalari yordamida taxdil etilgan. SHuningdek, XX asrda noan’anaviy mantiqning turli xil yo‘nalishlari, xususan, ko‘p qiymatli mantiqiy tizimlar (Lukasevich, Geyting, Reyxenbaxtlarning uch qiymatli mantiqiy tizimlari, Postning p-qiymatli mantiqiy tizimi va shu kabilar), konstruktiv mantiklar (A.N.Kolmogorov, A.A.Markov variantlari) va boshqa mapgiqiy nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi. XX asrda mantiq ilmining ma’lum yo‘nalishlari ri- vojiga Vitgenshteyn, K.Popper, E.K.Voyishvillo, V.A.Smirnov, Xintikki kabilar ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.Hozirgi paytda mantiq o‘zining turli xil sohalari va yo‘nalishlarida taraqqiy etib bormokda.
Mashqlar
1 .Buyuk mutafakkirlarning kuyvdagi mulohazalari asosida mantik ilmi evolyusiyasini tushuntirib bering:
1.1 .Mantiq isbotlash to‘g‘risvdagi ilmdir. Isbotlash deb men yangi bilim beradigan sishyugizmni atayman (Aristotel).
Mantiq bilimlar tarozusidir (Ibn Sino).
Hozirda foydalanilayotgan mantiq - Aristotel mantig‘i haqiqatni kdsirib topishga qaraganda barcha tan olgan, qabul qilgan tushunchalarda o‘z negiziga ega bo‘lgan xatolarning mustahkamlanishi va saklanib qolishiga xizmat kiladi (F.Bekon. Novыy Organon. M., 1935, s.110).
1 AMantiqning vazifasi narsalarni tushunishda yoki bilimlarni boshqa kishilarga etkazib berishda akl foydalanadigan belgilar tabiatini o‘rganishdan iborat (T.Gobbs. Izbr.proizv.v dvux tomax. T.2. M., 1964, s.75).
To‘g‘ri fikrlash prinsiplari: chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lmagan fikrni chin deb qabul kilmaslik; muloxazalarimizga aklimizga anik va ravshan bo‘lib tuyulgan, shubhalarga o‘rin qoldirmaydigan fikrlarnigina kiritish... (Dekart. Izbr.proiz.M..1950, s.301).
Mantiq qorong‘u va adashgan tafakkurning buyuk ta’qibchisidir (D.S.Mill).
Mantikda biz fikrni tafakkurning tarkibiga kiradigan, uning o‘zi tomonidan yaratilgan mazmundan boshqa mazmunga ega emas narsa deb tushunamiz (Gegel. Nauka logiki. M., 1972. T. 1, s.52).
Xozirsh zamon mantig‘ining ilmiy bilish metodologiyasi sifatidagi xususiyatlariggi kuyidagi fikrlardan foydalanib tushuntirib berishga harakag qiling:
Mantiq tabiatda nimalar sodir bo‘layotganiga qiziqish natijasida emas, sababiy aloqalarni tushunib etish ehtiyojidan ham emas, balki tajribada berilgan barcha narsalarning mohiyati yoki asosini tushunishga intilish negizida ggaqdo bo‘ladi (L.Vitgenshteyn).
Toza matematika toza mantikiy asoslardan kelib chiqadi va faqat mantiqiy terminlarda ta’riflanadigan tushunchalardangina foydalanadi (B.Rassel).
Ilmiy va noilmiy bilimlarni chegaralash (demarkatsiyalash)ning bosh mezoni falsifikatsiyalash prinsiii bo‘lib, u har kdnday ilmiy nazariyaiing rad etilishi mumkinligini nazarda tutadi (K.Popper).

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin