Sinov uchun savollar: 1. Mapleda differensial tenglamalar qanday yechiladi? 2. Yuqori tartibli differensial tenglamalar qanday yechiladi? 3. Yechimning fundamental sistemasi qanday topiladi? 4. Koshi masalasi qanday yechiladi? 5. Differensial tenglamaning darajali qator ko’rinishida yechimini topish va grafigini chizish qanday bajariladi? 5. Mapleda differensial tenglamalar tenglamalar sistemasining sonli yechimi qanday topiladi? 6. Mapleda differensial tenglamalarni yechish uchun qaysi metodlardan foydalanish imkoni bor? Ro’yxat va massiv deganda nimani tushunasiz? Misol keltiring.
Massiv va jadval to’g’risida nimalarni bilasiz? Misol keltiring.
Ketma-ketlikni hosil qilish tartibini tushuntirib bering.
Maple 6 tizimida tenglama va tengsizliklarni yechishda ishlatiladigan qanday buyruqlarni bilasiz?
Palitralar to’g’risida ma’lumot bering.
Ishchi varaqlarni hujjatlashtirish jarayonini tushuntirib bering.
Giperhavola to’g’risida tushuncha bering.
Differentsiallash va integrallash buyruqlari nimalardan iborat?
1. Foydalanuvchi funktsiyalari Maple yadrosi, kutubxona va paketlari 3000 dan ortiq funktsiyalarga ega bo’lsada, tizimda foydalanuvchilar o’zlarining funktsiyalarini yaratish imkoniyati mavjud.
Funktsiyalarni yaratishning bir qancha usullari mavjud bo’lib eng oddiy usul biror bir ifoda ko’rinishidagi funktsiya qandaydir o’zgaruvchiga ta’minlanadi: name:=expr, bu yerda expr – qandaydir ifoda.
Bu usul aslida oddiy ta’minlash operatorini bildiradi. Bu turdagi funktsiyalar bilan ishlashni quyidagi misol ѐrdamida ko’rib chiqamiz:
>m:=sqrt(x^2+y^2);
M:=
>x:=3: y:=4: m;
>evalf(m);
5.00000000
Bu usulda berilgan funktsiyalar to’laqonli funktsiya bo’la olmaydi, chunki ularda faqat global o’zgaruvchilar ishlatiladi va funktsiyaning qiymati bog’liq bo’ladigan parametrlar ro’yxati ko’rsatilmaydi. Bu holda funktsiya o’zgaruvchilarining qiymatini alohida ta’minlash operatori ѐrdamida berish kerak bo’ladi.
To’laqonli funktsiyalarni yaratish funktsional operatordan foydalanishga asoslangan. Buning uchun quyidagi konstruktsiyadan foydalaniladi: