1-Mavzu: Mapleda Differentsiallash va integrallash buyruqlari Reja



Yüklə 483,08 Kb.
səhifə9/19
tarix09.12.2022
ölçüsü483,08 Kb.
#73452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
1 Mavzu Mapleda Differentsiallash va integrallash buyruqlari Re

3. sikl operatorlari
Ba’zi hollarda qandaydir ifodani takroriy bajarishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda sikl operatoridan foydalaniladi. Maple da sikl operatorining umumlashgan shakli quyidagicha:
| for | |from | |to | |by | (while | do od;
Bu yerda name – siklni boshqaruvchi o’zgaruvchi nomi, exprl, yexrr2, yexrr3 — name o’zgaruvchining boshlang’ich, oxirgi va o’zgarish qadamining qiymatini beradigan ifodalar, yexrr4 – siklning bajarilishini belgilaydigan mantiqiy ifoda, statement sequence – takrorlanadigan ifoda ѐki operatorlar to’plami.
TSikl bajarilishi davomida boshqaruvchi o’zgaruvchi exprl qiymatdan yexrr2 qiymatgacha yexrr3 qadam bilan o’zgaradi. Agar by qismi ѐzilmasa boshqaruvchi o’zgaruvchi +1 qadam bilan o’zgaradi. Buni quyidagi misolda ko’rish mumkin:
> for i from 1 to 5 do print(i) od;
1
2
3
4
5
Boshqaurvchi o’zgaruvchining chegaralarini arifmetik ifodalar ko’rinishida ham berish mumkin:
> for i from 7/(2+5) to 2+3 do print(i) od:
1
2
3
4
5
Quyidagi misolda boshqaruvchi o’zgaruvchining qiymati 1 dan 10 gacha 2 qadam bilan o’zgaradi:
> for i from 1 to 10 by 2 do printd) od:
1
3
5
7
9
TSiklni qo’shimcha while bloki ѐrdamida tugatish ham mumkin. Bunday holda sikl yexrg4 ifodaning qiymati false(ѐlg’on) bo’lguncha bajariladi:
> for i from 1 to 10 by 2 while i<6 do print(i) od:
1
3
5
TSikl operatorning yana bir ko’rinishi quyidagicha:
|for | |in | |whi1e | do od:
Bu yerda exprl - boshqaruvchi o’zgaruvchi qabul qiladigan qiymatlar ro’yxati. Bu holda sikl ro’yxatdagi qiymatlar tugaguncha ѐki yexrg2 ifoda false(ѐlg’on) qiymat qabul qilguncha bajariladi. Masalan:
> for i in [1,2,5,-1,7,12] do print(i) od;
1
2
5
-1
7
12
> for i in [1,2,5,-1,7,12] while i>0 do print(i) od:
1
2
5
Ba’zi hollarda sikl operatorining soddalashtirilgan shaklidan foydalaniladi. Bunday holda sikl operatori quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

Yüklə 483,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin