Darsning maqsadi: 1.Talabalarda grafik imkoniyatlar yuzasidan tushunchalarni hosil qilish.
2. Maple dasturidan foydalanib ikki o’lchovli grafika inkoniyatlari to’g’risi-da tasavvurga ega bo’lish.
3. Maple muhitida uch o’lchovli grafika bo’yicha malakalarni shakllantirish.
Tayanch iboralar:Maple dasturida grafikal, ikki o’lchovli grafika, uch o’lchovli grafika, sirt grafikasi, animatsiya. Ma‘ruza bayoni Maple muxitining grafik imkoniyatlari 1. Ikki o’lchovli grafika plot buyrug’i va uning parametrlari. Bir o’zgaruvchili f(x) funksiya-ning grafigini (Ox o’qi bo’yicha a<=x<=b intervalda va Oy o’qi bo’yicha c<=y<=d intervalda ) yasash uchun plot buyrug’i ishlatiladi. Uning umumiy ko’ri-nishi quyidagicha: plot(f(x), x=a..b, y=c..d, parametr), bu yerda parametr – tasvirni boshqarish parametrlari. Agar u ko’rsatilmasa jimlik bo’yicha o’rnatishdan foydalaniladi. Shu bilan birga tasvirlarga tuzatishlar kiritish vositalar paneli orqali ham amalga oshiriladi.
plotbuyrug’ining asosiy parametrlari: 1) title=”text”, bu yerda text-rasm sarlavhasi.
2) coords=qutb –polyar koordinatani o’rnatish.
3) axes – koordinata o’qlari turlarini o’rnatish: axes=NORMAL – oddiy o’qlar; axes=BOXED – ramkada shkalali grafika; axes=FRAME – rasmning quyi chap burchagi markazi bo’lgan o’qlar; axes=NONE – o’qsiz.
4) scaling – tasvir masshtabini o’rnatish: scaling=CONSTRAINED –o’qlar bo’yicha bir xil masshtab; scaling=UNCONSTRAINED – grafik oyna o’lchovi bo’yicha masshtablanadi.
5) style=LINE(POINT) – chiziqlar (yoki nuqtalar) bilan chiqarish.
6) numpoints=n – grafikaning hisobga olinadigan nuqtalari (jimlik qoidasi bo’yicha n=49).
7) solor – chiziq rangini o’rnatish: rangning inglizcha nomi, masalan, yellow– sariq va h.
8) xtickmarks=nx va ytickmarks=ny – mos ravishda , Ox va Oy o’qlari bo’yicha belgilar soni.
9) thickness=n, gde n=1,2,3… - chiziq qalinligi (jimlik bo’yicha n=1).
10) linestyle=n – chiziq turi: uzluksiz, punktirli va h. (n=1 – uzluksiz).
11) symbol=s – nuqtalar orqali hosil bo’ladigan belgi turi: BOX, CROSS, CIRCLE, POINT, DIAMOND.
12) font=[f,style,size] – matnni chiqarish uchun shrift turini o’rnatish: f shriftlar nomini beradi: TIMES, COURIER, HELVETICA, SYMBOL; style shrift stilini beradi: BOLD, ITALIC, UNDERLINE; size – pt da shrift o’lchovi.
13) labels=[tx,ty] – koordinata o’qlari yozuv: tx – Ox o’qi bo’yicha va ty – Oy o’qi bo’yicha.
14) discont =true – cheksiz uzilishlarni yasash uchun ko’rsatma.
plot buyrug’i yordamida y=f(x) funksiya grafigi bilan birga, ochiq ko’rinishda , parametrik berilgan y=y(t), x=x(t) funksiyalar grafigini ham hosil qilish mumkin: plot([y=y(t), x=x(t), t=a..b], parameters).
Misollar.
1. [-4π , 4π] intervalda funksiya gafigini chizing. Buning uchun quyidagilarni tering: