tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing qo’yidagi muhim
vazifalarni hal etmog’i lozim:
xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o’rganish va aniqlash;
tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish;
korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma'lumotlar asosida bozorni o’rganish;
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlar
to’plash va tahlil qilish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma'lumotlar olish;
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish;
tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab
chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday
darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga
erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini
mustaqkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing
tizimida reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga
xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham
egadir.
Dostları ilə paylaş: