1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Rag’batlantiruvchi marketing



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-мавзу (2)

Rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi 
kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Bu erda iste'molchilarning ushbu tovarga nisbatan befarqligi yoki 
qiziqishi yo’qligi haqida gap boradi. Marketing vazifasi bo’lib iste'molchilarning mahsulotga 
nisbatan befarqligini o’zgartirish uchun mahsulotga xos bo’lgan foydali tomonlarini 
iste'molchilarning ehtiyojlari va manfaatlari bilan bog’lash usullarini axtarib topish hisoblanadi. 
Rag’batlantiruvchi marketing quyidagi vaziyatlar sabablarining oldini olishga mo’ljallangan: 
iste'molchilar mahsulotning imkoniyatlarini umuman bilmasligi, to’siqlarni yo’qotish va hokazo. 
Rag’batlantiruvchi marketingning asosiy qurollari: reklamani kuchaytirish, narxlarni keskin 
pasaytirish, siljitishning boshqa usullarini qo’llash. 
Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan 
qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi mumkin 
(masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga talab). Mazkur holda aniq tovar yoki 
xizmat shaklida mavjud bo’lmagan tovarga potentsial talab mavjud bo’ladi. Shuning uchun 
marketing vazifasi bo’lib potentsial bozorning o’lchamlarini baholash va potentsial talabni 
haqiqiy talabga aylantira oladigan samarali mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. 
Marketolog potentsial talabni aniqlashni va bozorni rivojlantirish uchun kerakli yo’nalishda 
hamma marketing vositalarini muvofiqlashtirishni bilishi kerak. Marketingning ta'sirchan 
qurollari sifatida yuzaga keladigan yangi extiyojlarga javob beradigan mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, ularni qondirishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o’tish, reklamadan foydalanish va 
aniq iste'molchilar guruhlariga mo’ljallangan, o’ziga xos mahsulot imijini yaratish. 
Remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini 
qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi. Marketingning 
asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga 
yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib 
borish va hokazo. Umuman olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar 
uchun, har qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari 
kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa tomonga 
yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi mumkin va shu orqali 
yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi mumkin. 
Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan tovarlarni 
taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa tebranishlar bilan 
harakterlanadi. Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ancha ortiq bo’lishi 
mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab chiqarish hajmi bozor segmentining talablaridan 
ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan, muzeylarning ish kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi 
yoki shahar transporti xizmatlariga talab hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort 
hududlari aniq ifodalangan mavsumiy tebranishlarga ega. Sinxromarketingda talab 
tebranishlarini silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish usullari va 
marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin. 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin