1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


\  1.5. Marketing turlari



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-мавзу (2)




1.5. Marketing turlari 
Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyati xususiyatlaridan, uning ichki 
imkoniyatlari va tashqi shartsharoitlaridan kelib chiqadi. Bu erda marketing va boshqa hamma 
oraliq faoliyat turlarining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltiriladigan 
jarayonga birlashishi sodir bo’ladi, bu esa o’z navbatida turli xil marketing turlarining 
harakatlanishini belgilab beradi. 
Etakchi mualliflarning ishlarini o’rganib chiqib, rossiyalik tadqiqotchi R.A.Fatxutdinov 
marketing turlarini faoliyat sohasi va turi, bozorning rivojlanish darajasi va boshqa omillarga 
bog’liq hodda tasniflash zarur degan fikrga keladi (19-jadval). 
 
19-jadval. Marketing turlarining tasniflanishi 
Tasniflash 
belgisi 
Marketing turi 
Marketing mazmuni 
1
.A
m
a

q
il
is
h
d
a
v
ri
1.1.Strategik marketing 
Bozorni strategik segmentlash asosida firma 
strategiyasini shakllantirish, tovarlar sifatini 
oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
raqobatbardoshlik me'yorlari strategiyasini 
prognozlash bo’yicha ishlarning kompleksi. 
1.2. Taktik marketing 
Bozorni taktik (qisqa muddatli) segmentlash, 
reklama va tovarlar sotilishini rag’batlantirish 
bo’yicha ishlar kompleksi. 
2

A
m
a

q
il
is
h
s
o
h
a
si
2.1. Jamoatchilik xususiyatiga 
ega bo’lgan g’oyalar marketingi 
Maqsadli guruh (yoki maqsadli guruhlar) 
tomonidan ijtimoiy g’oya, harakat yoki 
amaliyotni 
qabul 
qilishlariga 
erishish 
maqsadida amalga oshiriladigan dasturlarni 
ishlab chiqish, hayotga tadbiq etish va 
bajarilishini nazorat qilish. 
2.2. Joylar marketingi 
Alohida joylar, ob'ektlarning joylashishiga 
nisbatan mijozlarning munosabatini paydo 
qilish, saqlab turish yoki o’zgartirish
bo’yicha faoliyat. 
2.3. Ichki marketing 
Firma ichida mijozlar bilan ishlaydigan 
xodimlarni 
o’qitish 
va 
motivlashtirish
bo’yicha amalga oshiriladigan marketing. 
2.4. Tashkilotlar marketingi 
Mazkur 
firmani 
qiziqtiradigan 
hamma 
shaxslar va tashkilotlarning munosabatini va 
xatti-harakatlarini paydo qilish, saqlab turish 
yoki o’zgartirishga yo’naltirilgan faoliyat. 
2.5. Xalqaro (global) marketing 
Firmaning xalqaro miqyosdagi faoliyati 
3

X
a
tt
i-
h
a
ra
k
a
tl
a

so
h
a
si
3.1. Iste'mol marketingi 
Firmalar va pirovard iste'molchilar, jismoniy 
shaxslar yoki oilalar o’rtasidagi marketing. 
3.2. Industriya 
lashgan marketing 
Ikkita firma (huquqiy shaxslar) o’rtasidagi 
marketing. 
3.3. Ijtimoiy marketing 
Foyda olishni o’z oldiga maqsad qilib 
qo’ymaydigan byudjet (davlat) tashkilotlari 
tomonidan insonlarning ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondirish bo’yicha marketing. 
4

F
a
o
li
y
a

tu
ri
4.1. Moliyaviy marketing 
Moliyaviy faoliyat sohasidagi marketing. 
4.2. Innovatsion marketing 
Innovatsiyalar, ilmiy-texnika taraqqiyotining 
yutuqlari, nou-xaularni ishlab chiqish va joriy 
qilish sohasidagi marketing. 
4.3. Sanoat marketingi 
Sanoat 
mahsulotiga 
bo’lgan 
ehtiyojni 


qondirish va ishlab chiqarish sohasidagi 
marketing.
4.4. Xizmatlar sohasidagi 
marketing 
Xizmat ko’rsatish doirasidagi ehtiyojlarni 
qondirish marketingi 
5

T
a
's
ir 
e
ti
sh
u
su
li
5.1. To’g’ri marketing 
Vositachisiz marketing 
5.2. Televizion marketing 
Televizion 
ko’rsatuvlarni 
qo’llashga 
asoslangan marketing
5.3. Pochta orqali marketing
Pochta-aloqa vositalaridan foydalanadigan 
marketing 
5.4. Katalog bo’yicha marketing Kataloglardan foydalangan holda tovar va 
xizmatlarni tanlash va reklama marketingi. 
6

Bo
z
o
rn
in
g
ri
v
o
jl
a
n
is
h
d
a
ra
ja
si
6.1. Passiv marketing 
Talab 
taklifdan 
oshgan 
sharoitda, 
iste'molchiga 
emas, 
ishlab 
chiqarishga 
yo’naltirilgan marketing. 
6.2. Tashkiliy marketing 
Sotilishlar kontseptsiyasi, bozorlarni topish va 
tashkil qilishga yo’naltirilgan marketing. 
6.3. Faol marketing 
Taklif talabdan oshgan sharoitda, raqobat 
qonunining faol amal qilishi sharoitidagi 
marketing. 
7

M
a
rk
e
ti
n
g
n
in
g
ri
v
o
jl
a
n
is
h
d
a
ra
ja
si
7.1. Taqsimlovchi marketing 
Ishlab 
chiqarish 
tovarlarini 
taqsimlash 
bo’yicha marketing. 
7.2. Funktsional marketing 
Tovarlarni ishlab chiqarish va taqsimlash 
marketingi.
7.3. Boshqaruvchilik marketingi Tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va 
taqsimlash bo’yicha marketing. 
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini har 
tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi. Shuni hisobga olish kerakki, 
vazifalarni echishda marketologlar bitta emas, balki turli xil marketing turlariga duch kelishlari 
mumkin. Talab holatiga qarab sakkizta vaziyatni ajratib ko’rsatish o’rinlidir. Ulardan har biriga 
marketingni boshqarish bo’yicha aniq vazifa mos keladi. Marketing tiplari bozor talabiga va 
uning orqasida turadigan iste'molchiga ta'sir etish omili sifatida 20 -chizmada keltirilgan. Ular 
talabga ta'sir etishning hamma asosiy yo’nalishlarini - talabni yaratishdan tortib ob'ektlari 
iste'mol qilish paytida inson organizmiga ta'sir ko’rsatadigan irratsional talabga qarshilik 
qilishgacha - deyarli ochib beradilar. 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin