keladi. Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli
talab sharoitida uning
darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning kuchayishini hisobga olgan holda
saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog birinchi navbatda
savodli narx siyosatini
o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va
o’zgaruvchan xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir
qator taktik
tadbirlarga e'tibor berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors"
kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini
orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta amerikalik
uchun narxlari past
bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford modeliga o’zining zamonaviy,
keng rang
gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini qarama-qarshi qo’ydi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan
talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib
salbiy bozor
hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy
pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar
narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal
qilinishi mumkin.
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki
jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar,
narkotik
moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar
demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir
ko’rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur
holda insonlarni zararli
mahsulotlarni iste'mol qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib
hisoblanadi. Bunda marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga
hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin.