Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham,
u muammoni haddan tashqari
osonlashtirib yuboradi.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, vazifalari -
qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy
vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:
1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab
chiqarish zaruriyatini asoslash.
2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy
tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.
3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish.
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga
erishish uchun uning butun
faoliyatini, shu jumladan,
transportirovka, o’rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat
ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo’naltirish.
Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi.
Ular tovar siyosati,
narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo’ladi. Bunda quyidagi
savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning
kerakli mahsulotni
ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari o’rganiladi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment,
narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo).
Dostları ilə paylaş: