Strategik marketing kontseptsiyasi asosida iste'molchilar va raqobatchilarga
yo’naltirilganlik yotadi. Strategik marketing mazmuni iste'molchilar ehtiyojlarini qondirish va
bir vaqtning o’zida yaxshiroq iste'mol xususiyatlariga ega bo’lgan tovarni
yaratish yoki pastroq
narx qo’yish orqali raqobatchilarga nisbatan ustunlikka erishishdan iborat. Raqobatchilarga
yo’naltirilganlik iste'molchilarga yo’naltirilganlikka zid bo’lmaydi. Aksincha,
uni kuchaytiradi,
chunki korxonalar shunday sharoitga qo’yilganki, bozor ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish,
xarajatlar va boshqa sohalardagi hamma yutuqlarni maksimal hisobga olishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan hal etilayotgan yirik iqtisodiy, xom ashyoviy,
energetik va boshqa muammolar jamiyat ehtiyojlarini va iqtisodiy resurslarga yo’naltirilganlikni
kuchaytirib, marketingning iste'molchilik kontseptsiyasini ancha o’zgartirib yubordi.
Dostları ilə paylaş: