1-mavzu: Masalalar yechish o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vositasidir. Masalalarning klassifikatsiyasi


Hisoblashga doir masalalarni ishlashga ko‘rsatma



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə4/5
tarix15.10.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#155872
1   2   3   4   5
FMEM 1-amaliy mashg\'ulot

Hisoblashga doir masalalarni ishlashga ko‘rsatma.
Hisoblashga doir masalalarni ishlash o‘ziga quyidagi elementlarni qamrab oladi: masalaning shartini qisqacha yozish, kerakli chizmalarni chizish, masalani ishlash yo‘lini tanlash, masalani ishlash rejasini tuzish, masalani umumiy holda ishlash, olingan natijalarni tog‘riligini birliklar orqali tekshirish. Formula tog‘ri bo‘lsa kattaliklarning son qiymatlarini qo‘yib, kerakli hisoblashlarni bajarish va yakuniy javobni to‘g‘ri ekanligini tekshirish.
Har bir fizik masala asosida umumiy fizik qonunlarning biror xususiy holi yoki ko‘rinishi yotadi. Shuning uchun, fizika kursining biror bo‘limiga tegishli masalalarni ishlashdan oldin, ushbu masalaga taaluqli nazariyani to‘laqonli o‘rganish tavsiya qilinadi, chunki, nazariyani mustahkam bilmay turib, murakkabroq masalalar u yoqda tursin, sodda masalalarni ham yechish va tahlil qilish tog‘risida gap bo‘lishi mumkin emas.
Hisoblash tavsifiga ega bo‘lgan ko‘pgina masalalarni yechish matematik tenglamalar tuzishga keltiriladi, bu tenglamalar qaralayotgan hodisa asosida yotgan fizik qonunlarning ifodalari bo‘lib hisoblanadi. Natijada bitta yoki bir nechta tenglama hosil bo‘lib, ulardagi noma’lumlardan bittasi izalanayotgan kattalik bo‘ladi. So‘ngra masalani yechish, sof matematik amallarni bajarishga keltiriladi. Qaralayotgan fizik jarayonni to‘la ifodalovchi tenglamalar sistemasini tuzish, deyarli barcha fizik masalalarni yechishda uchraydigan asosiy qiyinchilik hisoblanadi.
Masalani tahlil qilish va biror hodisani ifodalovchi tenglamalar sistemasini tuzishda asosiy e’tiborni tez-tez uchrab turadigan fizik kattaliklarning qanday ekanligiga qaratish kerak. Jumladan, agar kattalik vektor xarakterda bo‘lsa, ularning faqatgina son qiymatlarinigina emas, balki yo‘nalishlarini ham hiosbga olish zarur. Shuni esda tutish lozimki, vektor kattalikning son qiymati va yo‘nalishi, ularning ajralmas tavsifidir. Vektor kattalikning doimiyligi yoki o‘zgarishi ustida gap ketganda, uning son qiymati bilan birgalikda yo‘nalishini ham nazarda tutish zarur.
Shunday qilib, fizikadan masalar yechish fanni nazariy asoslarini o‘rganishda va amaliy bilimlarga ega bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Mustaqil bajarish

1. Bola qaysi hollarda baland sakradi. Sakrashning qaysi bosqichida (yerdan itarilganda, yuqoriga ko’tarilganda va pastga tushayotganda, yerga tushib to’xtaganda) uning kostyumi cho’ntagidagi narsalar to’la vaznsizlik holatida bo’ladi?






Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin