1-mavzu: Masalalar yechish o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vositasidir. Masalalarning klassifikatsiyasi



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə2/5
tarix15.10.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#155872
1   2   3   4   5
FMEM 1-amaliy mashg\'ulot

Yechish usullariga ko‘ra masalalarni og‘zaki, eksperimental, hisoblash va grafik masalalarga bo‘linadi. Birgina masalani yechishda bir necha usullardan foydalanilgani uchun masalalarning bunday bo‘linishi shartlidir. Masalan, eksperimental masalani yechishda og‘zaki mulohazalar, shuningdek, ko‘p hollarda hiosblash ishlari va grafiklardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Fizikadan masalalar ishlash - o‘quv ishining zaruriy elementlaridan. Masala ishlash o‘quvchilarda fizik hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni, qonunlarni chuqur o‘zlashtirishga, ularning mantiqiy fikrlashini va izlanuvchanlik qobiliyatini yanada rivojlantirishga, maqsadga erishish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Olgan nazariy bilimlardan turli vaziyatlarda foydalanishga va nazariya bilan amaliyot orasida bog‘lanish o‘rnatishga o‘rgatadi. Masala ishlash usullarini quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:
1. Masalalarning turlari va ishlash yo‘llari, ularning mazmuni va didaktik maqsadi bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Ularni quyidagi belgilari bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin:
- masalada ma’lumotlar berilishi bo‘yicha;
-masalani ishlash yo‘li bo‘yicha;
-masalaning mazmuni bo‘yishi va boshqalar.
Fizika masalalari berilish shartiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi:
Matn turidagi masalalar, eksperimental masalalar, grafik turdagi masalalar va tadqiqot masalalar. Bularning har biri o‘z navbatida sonli va sifat masalalarga bo‘linadi. Masalalar murakkabligiga ko‘ra yengil yoki og‘ir, ko‘nikmaga bag‘ishlangan yoki ijodkorlikni talab qiladigan masalalarga bo‘linadi. Maslalarning sharti matn turida berilsa, ularga matnli masalalar deyiladi. Ularning ichida kerakli barcha ma’lumotlar, fizik kattaliklarning son qiymatlari beriladi va hisoblash yo‘li bilan yechiladi.
Sifat masalalar – yechilishi hisoblashni talab qilmasdan, u yoki bu hodisani tushuntirishni, hodisaning borish shartlarini tanlashni, turli qarashlarni sifat tasniflarini ochishni talab qiladigan masalalardir. Bularda sonli ifodalar to‘g‘ridan – to‘g‘ri berilmaydi.
Hisoblashga doir masalalar – berilgan savolning javobi hisoblashlar orqali topiladigan masalalardir. Bunday masalalarni yechish uchun, dastlab ular sifat jihatdan tahlil qilinadi. Natijada hisoblash yo‘llari va yechishda qo‘llash mumkin bo‘lgan variantlar aniqlanadi hamda hisoblash uchun arifmetik, algebraik, geometrik va grafik usullar qo‘llaniladi.
Masalani arifmetik yo‘l bilan yechishda asosan arifmetik amallardan foydalanilsa, algebraik usuldan foydalanganda esa, formulalar va tenglamalar ishlatiladi. Masalani geometrik yo‘l bilan yechishda geometriyaning teoremalaridan foydalanilsa, grafik usulda esa grafik chizish yoki berilgan grafikni tahlil qilish usullari qo‘llaniladi. Grafik usuldagi masalalar ham ikki turga bo‘linadi. Birinchi turida masala grafik ko‘rinishda beriladi. Uni tahlil qilish va kerakli amallarni bajarish orqali javob topiladi. Ikkinchi turida, odatdagidek, sharti berilgan masala chiqariladi, javob esa ikki kattalikning bog‘lanishini ifodalovchi funksional grafik tuzish orqali topiladi.
Matnli masalalarning ham bir necha turini ko‘rsatish mumkin: abstrakt masalalar, ishlab chiqarish va texnik mazmundagi masalalar. Abstrakt masalalarda hayotiy dalillar, haqiqiy real modellar va ideal obyektlar orqali beriladi. Bular o‘quvchilarning nazariy va obrazli fikr yuritishini rivojlantirishga xizmat qiladi. Egallagan bilimlarni turli notanish vaziyatlarda qo‘llashga imkon yaratadi.
Texnik mamundagi masala kitoblarda berilgan bo‘lib, o‘qituvchi ularni kundalik matbuotdan, radio va teleko‘rsatuvlardan olingan ma’lumotlar asosida qayta tuzib, o‘quvchilarga taklif qilishi mumkin.
Masalalarni yechishda eksperiment quyidagi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi, berilgan masalalarning javobini topish uchun albatta ekperiment o‘tkazish kerak. Ikkinchisi, masalada berilgan bog‘lanishlarni aniqlash uchun yoki berilgan kattalikning son qiymatini topish uchun eksperiment o‘tkaziladi. Kerakli natijani olish uchun esa, zarur matematik hisoblash qo‘llaniladi.
Ayrim hollarda, masalaning shartida son qiymatlar yetarlicha berilmay qolgan bo‘ladi. Bularga berilishi to‘la bo‘lmagan masalalalar deyiladi. Yetishmagan son qiymatlarni jadvallardan, qo‘llanmalardan yoki boshqa manbalardan olinadi. Bunday masalalarga o‘quvchilar hayotda juda ko‘p duch kelishadi. Shuning uchun bunday masalalarni ishlash, ular uchun juda foydalidir. Shunday qilib, umumiy holda masalalar kalssifikatsiyasi quyidagicha tavsiflanadi(1-rasm).


Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin