matritsaning rangini hisoblang.
Yechish. matritsaning rangini hisoblash uchun elementar almashtirishlardan foydalanamiz. Birinchi satr elementlarini ikkinchi satr elementlariga, birinchi satr elementlarini (–2) ga ko’paytirib, uchinchi satr elementlariga, hamda uchinchi satr elementlarini to’rtinchi satr elementlariga qo’shib quyidagi matritsani hosil qilamiz:
Keyingi matritsada 2-satrini (–1) ga ko’paytirib to’rtinchi satriga qo’shsak quyidagi matritsa hosil bo’ladi.
bo’lib, to’rtinchi tartibli minorlar 0 ga teng. SHunday qilib, berilgan matritsaning rangi 3 ga teng.
Mustahkamlash uchun savollar 1. Matritsalar yig’indisi nima?
2. Matritsani songa ko’paytirish qanday bo’ladi?
3. Qanday matritsalarni ko’paytirish mumkin?
4. Matritsalar qanday ko’paytiriladi?
5. Matritsaning rangi nima?
6. Elementar almashtirishlar deb qanday amallarga aytiladi?