1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə24/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Hazm kanalining xarakatlari.
Odam ovqatlangandan 15 minutdan so’ng ichak muskullari
qisqarib , ichak harakatlari boshlaydi. U uch xil 1) peristaltik , 2)
segmentli, 3) mayatniksimon xarakatlanadi. Ichak xarakatlanganda ovqat
massasi qorishadi, to’g’ri ichak tomonga xarakatlanadi . Ichakning
reflektor yo’lidan qisqarishi ichak devorini ximik va mexanik
ta’sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat bo’tqasi bolalarda ingichka
ichakda jami 12-30 soat atrofida o’tadi.
So’rilish. Ovqat moddalari ximik , mexanik ta’sirlar natijasida parchalanib,
suvda erigan xolga kelgandan so’ng ichak devorlaridan qon tomirlari va
limfaga so’riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba’zi oziqa moddalari,
qisman uglevodlar so’rida boshlaydi. Yangi tugilgan bolalarda oshqozon
ko’proq ovqat moddalari so’riladi. Yosh ortishi bilan so’rilish
kamayadi. Ichkning shillik qavatida juda ko’p mikdorda surg’ichlar
bo’ladi (Xar bir mm2 22-40 ta). Ichak so’rgichlarining qkisqarishini
piyoz, chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. So’rg’ichlar qon
tomirlariga juda boy. Oqsillar ichak devoridan aminokislotalari xolida,
uglevodlar suvda erigan monosaxarislar, yog’lar esa yog’ kislotasi va
glisirin xolida qon va limfaga so’riladi. Bolalarda ichakdan juda oz mikdorda oqsillar so’riladi.
Ovqat hazm kanalida hazm bo’lganidan so’ng chikindi
moddalar najas bo’lib, yo’g’on ichikka yig’iladi. Defikasiyaning nerv
markazi orqa miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashki sfinter
ixtiyoriy.
Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 shgacha – 40% ,
5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda - 15-20% tashkil etadi.
Noto’g’ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit
og’rik bolalarda ovqat xazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib
keladi. Bolalar ovqat xazm qilish sistemasining xarakterli belgisi:
shilliq qavati nozik, qon va limfa nomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa
oshqozon- ichak traktining tez yallig’lanishiga va kasallikning ogir
kechishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori
o’tkazuvchanlik xususiyagiga ega. Bu esa mikroblarning ichak
devorlaridan bemalol o’tishini ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida
kislotalik kam bo’ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega.
Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va zaxarli moddalarning
hosil bo’lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham
bolalarda oshqozon – ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin