1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja



Yüklə 485,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix27.09.2023
ölçüsü485,12 Kb.
#149546
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja



1-MAVZU: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi 
Reja: 
1.
Defektologiya fani umumiy pedagogikaning tarmog‗i sifatida 
2.
Defektologiya fanining kategorial apparati: (tayanch tushunchalari). 
3.
Defektologiya fanining ilmiy - nazariy asoslari. 
4.
Defektologiya fanining metodologik asoslari.
Xulosa.
Adabiyotlar. 
Tayanch sо‘zlar: 
Milliy defektologiya, metodologik asoslari, Bola xuquqlari 
kafolatlari, konvensiya, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, 
logopediya, ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, harakat – tayanch a‘zolari 
jaroxatlangan bolalar, murakkab nuqsonli bolalar, nutq nuqsonlari, innovatsiya, 
pedagogik texnologiyal, didaktik, о‗quv faoliyati, integratsiya,
 
funksional 
integratsiya, ijtimoiy integratsiya,
 
jamiyatga integratsiya qilish, inklyuziv ta‘lim. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI 
1.Mо‗minova L.R. va boshqalar. Maxsus psixologiya. -T.: ―Noshir‖, 2013 y. 
2. Pо‗latova P. va boshqalar. Maxsus pedagogika. -T.: ―Fan va texnologiya‖ 
nashriyoti, 2014 y. 3. Nazarova N.M. Sravnitelnaya spetsialnaya pedagogika. -M.: 
«Akademiya», 2012g.
4. Yо‗ldoshev J.G‗., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – 
Toshkent: О‗qituvchi, 2004. 
5. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Mutaxassislik fanlarni 
о‗qitish metodikasi. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013y.
6. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Innovatsionniye podxodi 
v podgotovke kadrov- defektologov (monografiya). -T.: ―Navruz‖, 2014
7.Nishonaliyev U. Ta‘lim standarti va pedagogik innovatsiyalar. – «Xalq 
ta‘limi», 1999-yil
8.Azizxо‗jayev N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Reklama - 
rejalar). – Toshkent, 2002-yil
9.Ayupova M. Y. ―Logopediya‖ Toshkent – 2007. 
10.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‘limda innovatsion 
texnologiyalar. T:, 2008-yil
 
Metodologiya - har bir fan asosidagi qonuniyatlar yig‗indisidir. Boshqa 
fanlar kabi maxsus pedagogika fanining buyuk sharq va g‗arb mutafakkirlari va 
olimlarining ta‘lim-tarbiya, komil , inson tarbiyasiga, fan tnbbiyot bilan bevosita 
bog‗liq bо‗lgani uchun, tibbiyotga, ruhiyatga va insonning aqliy rivojlanishiga oid 
qarashlari faniing metodologik asoslarini tashkil etadi. Sharq mutafakkirlarining 
ta‘lim-tarbiyaga oid qarashlaridan misol qilib keltirsak: 


Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bо‗lgan davrdan beri 
mavjud. 
Abulays 
Samarqandiy 
«Bо‗stonul orifin» asarida tarbiya va 
tarbiyalashning
manosini 
ta‘riflab: 
«Ey 
о‗g‗il 
farzandlaringni 
tarbiyalashdan oldin, о‗zingni tarbiyala, tarbiya kо‗rgan oilada baodob, yaxshi 
fazilatli, 
bili
mli odam voyaga yetadi», - degan edi. 
Ibn 
Sino bolani maktabda 
о‗qitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir — ul manozil» 
asarining maxsus bо‗limini ana shu masalaga qaratgan. Uning ta‘kidlashicha 
maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma birga о‗qitilishi va 
tarbiyalanishi lozim. 
Alisher Navoiy ham pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qо‗shgan 
mutafakkirlardan hisoblanadi. Navoiy asarlarida о‗z davridagi maktablarning 
ta‘lim-tarbiya ishlarini yaqqol ifodalagan «Bolalar uchun maktab bо‗lmasa kattalar 
ham о‗z yо‗llaridan adashadilar», - degan edi. 
Yusuf Xos Xojib atoqli mutafakkir va olim pedagogikaning rivojlanishiga 
katta hissa kо‗shgan allomaning 73-bobdan iborat «Qutadg‗u bilim» asarida 
sо‗lashish odobi, ilm о‗rganishning foydasi, olimlarning jamiyatdagi о‗rni hallolik, 
poklik, rostguylik, me‘r - oqibat, sadoqat, dо‗stlik, g‗a‘m - shavqat, adolat, imkon, 
e‘tiqod va qanoat, shuningdeq -bolaning aqliy
va jismoniy tarbiyasi‘ tо‗g‗risidagi 
qimmatli fikr mulohazalar berilgan. 
Chexoslovlkiyalik mashg‗ur donishmand insonparvar pedagog Yan Amos 
Komenskiy -ta‘lim tarbiya xususida uzining bir qancha kimmatli fikrlarini kitob 
xolida yozib qoldirgan. 
Uning fikricha: «Barcha narsalar bolalarningyosh xususiyatlariga" 
mos bо‗lishi lozim. Shuni nazarda tutish kerakki bola tabiati kuvnoklik 
xazilkashlik 
shuxlikka 
moyil 
buladi. 
Jiddiylik 
va 
raxmsizlikni 
xush kо‗rmaydilar. Demak, turmushda kachondir zarur buladigan jiddiy 
narsalarni о‗rganish uchun foydali narsalarni qizikarli shaklda bayon etishi. Shu 
yо‗l bplai bola aklini biz istagan tomonga qaratish lozim.»
Shveysariyalik mashhur pedagog Iogan Genrix Pestalotssi ham о‗zining 
pedagogik qarashlarida tarbiyaga katta ahamiyat bergan.
Pestalotsskiy jismoniy tarbiyaga, bolaning barcha jismoniy kuchlarini 
rivojlantirish uchun uni turli harakatlarga yо‗naltirishga alohida e‘tibor bergan. 
Jismoniy tarbiyani aqliy, axloqiy va me‘nat tarbiyasi bilan chambarchas bog‗lab 
olib borish zarurligini uqtirgan. Shuning uchun u: - «Tо‗g‗ri tashkil qiliigan 
jismoniy mehnat bolalarning aqliy va ahloqiy kuchlarini о‗stiradi», - deb yozgan. 
Mamlakatimiz hayotida sodir bо‗layotgan ijtimoiy - iktisodiy va siyosiy 
о‗zgarishlar о‗zining salohiyati xamda ahamiyati bilan aloxida ahamiyat 
kasb etadi. 


Milliy 
istiqlol 
g‗oyalari 
va 
tamoyillariga 
asoslangan 
holda 
jamiyatimizning 
mustakillik 
yillarida 
ortirilgan 
tarakkiyot 
tajribasi 
taxlil 
qilinganida, 
ijtimoiy 
hayotning 
muhim 
tarkibiy 
kismi 
sifatida 
barcha sohalarida ta‘lim - tarbiya va uning mazmuni tubdan о‗zgaradi. 
О‗zgarishning genezisi ta‘lim sohasida davlat siyosatining huquqiy 
va metodologik asoslarini yaratib berish boshlanadi. "Ta‘lim tо‗g‗risidagi 
qonun" 
va 
«Kadrlar tayyyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi 
ta‘lim 
sohasida 
amalga 
oshirilishi 
zarurat 
hisbolangan 
vazifalarni 
ochib 
beradi. 
Maxsus 
pedagogikaning 
metodologik 
asoslariga 
hamdо‗stlik mamalakatlari, Respublikamiz olimlarining ushbu yо‗nalishdagi 
tadqiqot ishlari, dissertatsiyalari ham kiradi. 
О‗zbekistonda defektolog mutaxassislar tayyorlash jarayoni qariyb 35 yyl 
muqaddam yо‗lga qо‗yilgan. Mazkur davr mobaynida qiyin, lekin qiziqarli, 
samarali va faxrli yо‗l bosib о‗tildi. 
Maxsus pedagogikaning tarmog‗i, ya‘ni oligofrenopedagogikani rivojiga 
о‗z hissasini kо‗shgan birinchi fan nomzodi S.SH.Aytmetovadir. u sobiq 
ittifoqning DITI qoshidagi aspiranturani muvaffakichtli tamomlagan. Ilmiy 
darajaga 66-yordamchi maktab о‗kuvchisi edi. 
О‗zbekistonda maxsus pedagogikaning rivojiga munosib xissa kushgan rus 
defektologlari prof.Neyman. L.V.Pevzner. Petrova V. Zamskiy X.S. lardir.
Ilmiy muammolar va masalarni ta‘lim amaliyotiga chiqarish yechimlarini 
topish jarayonida defektologiya magistrlari uchun ilmiy asoslangan dasturlar 
bunyod etildi. Ularning kо‗pchiligi original bо‗lib, Respublikada birinchi marta 
nashr etila boshlandi. 
Milliy maxsus pedagogikani yaratishda birinchilardan bо‗lib ilmiy -
tadqiqot va ilmiy-pedagogik, metodik faoliyat kо‗rsatgan О‗zbekiston olimlari: 
S.SH.Aytmetova, D.A.Gordiyenko, I.G.Radisheva, A.I.Sagatov, S.G.Kim, 
R.Shomaxmudova, V.S.Rahmanova, I.V.Sosedova, G.A.Sodiqova, P.M.Pulatova, 
D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova, N.S. Musayevalar maktab va makta^gacha 
oligofrenopedagogika faning nazariyasi va amaliyotiga, G.B.Shoumarov, 
K.X.Mamedov, G.Berdiyev maxsus psixologiya faniga, L.R.Mо‗minova, 
X.M.Pulatova, M.Y.Ayupova, N.Raxmanqulova, Z Axmedova, Y.A. Chicherina, 
SH.D. Aripova, N. Abidova nazariy va amaliy 
logopediya faniga, 
N.SH.Bekmuratov, 
X.M.Gaynutdinov, 
U.Fayziyeva, 
N.Dadaxoojayeva, 
F.Alimjanova, D.A. Nazarova, F. Kodirova surdopedagogika faniga о‗zlarinnng 
munosib hissalarini qо‗shdilar va qо‗shib kelmoqdalar. 
Hozirgi kunda defektologiya: bо‗yicha kadrlar tayyorlash uchun maxsus 
pedagogika fani sohalari yuzasidan ikkita qо‗llanma mavjud:Bular K.Q.Mamedov, 
A.I.Sagatov va P.Pо‗latovalar tomonidan tuzilgan va О‗zbekiston Respublikasi 


Xalq ta‘lim vazirligi tomonidan pedagogika institutlarining defektologiya 
fakultetlari uchun о‗quv qо‗llanma sifaatida tavsiya etilgan «Oligofrenopedagogika 
asoslari», hamda maxsus pedagogikaning yana bir muhi.m yо‗nalishiga 
bag‗ishlangan L.R.Mо‗mpnova va M.Y.Ayupovalar tomonidan tayyorlanagn 
«Logopediya» qо‗llanmalaridir. 
Ikkinchi о‗quv qо‗llanmada logopediya nazariyasi va amaliyotining 
hozirgi ahvoli о‗z aksini topgan. Unda har xil nutq buzilishlariga ta‘rif beriladi, 
nutq buzilishdagi kamchilik turlari, xatolari taxlil qilinadi, maktabgacha yoshdagi 
va kichik maktab yoshidagi о‗kuvchnlarning nutq kamchiliklariga ega bо‗lgan 
kontingentlar bilan olib boriladigan logopedik-tuzilish ishlarining metodlari, 
vositalari yoritiladi. 
Kо‗llanmaning yaratilishida«Prosvesheniye» nashriyotida chop 
etilgap 
«Logopediya» (1989) va Osnovoo logopediya»-(1989) 
kо‗llaimalarining ayrim ilmiy-nazariy asoslaridan foydalanildi. - 
Shuning bilan birga kо‗llanmada birichi marta о‗zbek tiling leksik-
grammatik xususiyatlari va о‗zbek bolalarining talaffuzi, lugat boyligi 
tilining 
grammatik 
tuzilinii 
hisobga 
olingan. 
Nazariy-amaliy 
materiallarining birkismi esa о‗zbek tilida birinchi bor yaratilgan va chop 
ettirilgan. 
Kо‗llanma mualliflari har bir bobda nutk kamchiliklarignpsh 
ta‘rifini keltirib, buzilishdagi xolatlarnnng etnopatogenezlarini tahlil etadilar. 
Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi nutq kamchiliklariga 
ega bо‗lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik tuzatish ishlarining 
metodlarini ochib beradilar. Mualliflar, shuningdek, nutq kamchiligiga ega bо‗lgan 
о‗g‗il- qizlar uchun tashkil etilgan maxsus о‗kuv tarbiyaviy muassasalarda, maxsus 
guruhlarda olib boriladigan logopedik-korreksion ishlar, ularning xalq ta‘limi 
tizimida о‗rni, bogcha va maktab sharoitida ular bilan yakka tartibda olib 
boriladigan logopedik ishlarining uslub va shakllarini bayon etadilar. 
Unda maktabgacha va maktab yoshidagi nutk kamchiliklari mavjud 
bolalar nutkini har tomonlama tekshirish ha.mda nutk kamchiliklariga ega 
bо‗lgan kontingentlarni maxsus - muassasalarga yuborishda saralash ishlarini olib 
borishdagi tibbiy-pedagogik komissiyaning maqsad va vazifalari, tarkibi va 
faoliyati qanday tuzilishga ega bо‗lish kerakligi haqida ma‘lumot va amaliy 
tavsiyalar berilgan. 
Bundan tashqari nuqsonli, rivojlanishda orqada qolgan kontingentlarni 
nuqsonlarini aniqlash tо‗g‗rilash va ularni bartaraf etishning nazariy va amaliy 
masalalariga: bag‗ishlangan S.A.Aytmetova, D.A.Gordiyenko, R.Sho.mahmudova, 
V.S.Rahmanova, A.I.Sagatov, L.R.Mо‗minova, M.Y.Ayupova, P.M.Pulatova, 


K.K.Mamedov, I.G.Veretennikova va boshqalar. Tomonidan yaratilgan kо‗plab 
qо‗llanmalar, dasturlar, ma‘ruza matnlari uslubiy tavsiyalar va qator maqolalar 
mavjuddir. 
Ayniqsa, 
maxsus 
pedagogikaning 
muhim 
yо‗nalishlari bо‗yicha 
pedagogika- fanlari doktori L.R.Mо‗minova respublikamizda о‗z maktabini 
yaratishga muvaffaq bо‗lganligini alohida e‘tirof etish lozim. Uning rahbarligida 
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan mutaxassis-defektologlar 
(M.Y.Ayupova, P.M.Platova, X.M.Pulatova, . N.R.Rahmanqulova, 
U.Y.Fayziyeva, N.X.Dadaxodjayova, D.M.Nurkeldiyeva, M.P Hamidova - 
va boshqalar) bugungi kunda maxsus pedagogikaning logopediya, 
surdopedagogika, oligofrenopedagogika soxalarining rivojiga о‗z
hissalarini kо‗shib kelmokdalar. 
Biroq buzishlar xali yetarli emas, chunki sohada о‗z yechimini
kutayotgan muammolar xali juda kо‗p. Masalan, surdapedagogika va 
tiflopedagogika fanlari bо‗yicha о‗zbek tilida birorta darslik yoki
qо‗llanma yaratilgan emas. 
Zamonaviy defektolog umumnazariy va maxsus ixtisosli 
bilimlartizimini egallagan bulishi kerak. Bu bilimlarning mazmun va 
kulami kengligi unda nuksonli rivojlangan bolaga maxsus 
ta‘lim-tarbiya, rivojlantiruvchi tamoyillarni qо‗llash, amaliyotga moslashtirish 
va har tomonlama jamiyatga kerkli, foydali insonlar qilib tarbiyalashdir. 
Nuqsonli bolalarni о‗qitish, tarbiyalash va ularning rivojlanishi kechikishi, 
ruhiy - pedagogik xususiyatlarini chuqur о‗rganish va‘ ularni tuzatish, bartaraf 
etishda defektolog shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy 
sifatlarni о‗zida namoyon etadi: nogiron bolalarni sevish, gamxо‗rlik qilish, 
kasbiga qiziknsh; samimiylik, insonparvarlik, ka.mtarlik, madaniyatlilik, sо‗zda va 
amalda qatoiyatlilik va izchillik, vatanparvarlik, milliy mafkuraga ega bо‗lishlnk 
kabilar. 
О‗qituvchining eng muhim vazifasi - magistrlarda ana shu insonny 
va mafkuraviy munosabatlarnn, kо‗nikmalarnn tarbiyalashdan iboratdir. 
G‗alabalar tomonidan atrof-muxitini, tushunishda va jamiyatda о‗z 
о‗rnini egallashda maxsus pedagogika fani soxalarini о‗qitish va tarbiyaviy 
ta‘sir о‗tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. 
О‗quv jarayonida magistrlarga о‗qituvchilar - tayyor bilim bermasligi, 
xulosalar chiqarmasligi, balki ularning fikrini о‗rganiladigan obyektga jalb qilish, 
undan, muammo yechimini topish yoki imkoni bо‗lsa о‗quvchilarning о‗zlarini 
mustakil fikrlashga о‗rgatish, muammoli vaziyatni yaratish, ularning diqqatini 
rivojlantirish, tafakkurini faollashtirish, ta‘limdagi loqaydlpgini bartaraf etish; 


umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga yordam berish, ularni kuzatishga, 
tasavvur qilishga, eslab qolishga, olgan bilimlari bilan hayotiy faktlarni hodisalarni 
taqqoslashga hamda turmushga moslashtirishga tayyorlash - faqat ana shundagina 
maxsus ta‘lim jarayoniga zamonaviy mazmun va shakl kiritilgan bо‗ladi. Maxsus 
pedagogika 
predmeti 
-maxsus 
ta‘lim-tarbiya sharoitida defektolog - 
о‗qituvchining rahbarligida amalga oshadigan о‗quv-tarbiyaviy jarayondir. 
Maxsus pedagogika - ana shu jarayonning qonunlarini tadqiq qiladi, har xil turdagi 
ta‘lim-tarbiya muassasalarda beriladigan ta‘limmazmunini belgilshning ilmiy-
nazariy asoslarini yaratadi. О‗kitish metodlarini tashkiliy shakllarini 
ishlab chikadi. 
Sog‗lom avlod tarbiyasi juda oson ish emas, xuddi shu bois xar bir inson, xar 
bir oila, jamiyatdan jiddiy e‘tibor va uzluksiz mexnat qilishga talab kiladi. 
Prezidentimiz uz fikrini davom ettirar ekan: ―Xech shubxa yuk, soglom avlod 
orzusi bizga о‗tib kelayotgan, kon konimizga singib ketgan mukaddas intilishdir. 
Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-
nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog‗ligiga juda katta e‘tibor karatadi. 
О‗zbekistonning davlat mustaqilligini qо‗lga kiritishi, о‗zining iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish yо‗lini belgilashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini kayta 
kurib chikish. bu borada qator choralar kо‗rish zaruratini keltirib chiqardi. Shu 
munosabat bilan, en g avvalo, ta‘kidlash lozimki, ikkita juda muhim xujjat qabul 
qilindi: ta‘lim soxasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ni, respublikada 
ta‘lim tizimi va turlarini belgilab bergan «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonun va ta‘lim 
tizimini tubdan isloh qilishga doyr «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul 
qilindi. Bugungi kunda Dasturning uchinchi boskichi (2005 va keyingi yillar) 
amalga oshirilmokdaki, u kuyidagilarni kuzda tutadi: - ta‘lim muassasalarining 
resurs, kadrlar va axborot bazasini yanada mustaxkamlash, о‗quv-tarbiya 
jarayonini eng yangi о‗quv-metodik komplekslar, ilgor pedagogik va axborot 
texnologiyalari bilan tulik ta‘minlash; - milliy (yelita) ta‘lim muassasalarining 
tiklanishi va rivojlanishi, ularning mustaqilligi va о‗z-о‗zini boshkarishini 
ta‘minlash; - ta‘lim jarayonini axborotlashtirishni ta‘minlash, uzluksiz ta‘lim 
tizimini dunyo axborot tarmoklariga chikish imkoni bulgan kompyuter axborot 
tizimlari bilan tulik kamrab olish. 
2008 yilda «Bola xuquqlari kafolatlari» tо‗g‗risidagi qonunning qabul 
qilinishi bolalarni ijtimoiy ximoyalash tizimini yanada takomillashtirish uchun 
zamin xozirladi. Qonunda ijtimoiy zaif gurux bolalarining, jumladan, jismoniy va 
psixik rivojlanishida nuksoni bulgan nogiron bolalarning sifatli ta‘lim olish 
xuquqlarining kushimcha kafolatlari uz aksini topgan. Mazkur koidalarning amalga 
oshirilishi bolalarning shu toifasi bilan ishlaydigan pedagoglarning kasbiy 
tayyorgarlik darajasiga xam bevosita boglikdir. 


Defektologik ta‘lim, oliy pedagogik ta‘lim soxasi, psixikjismoniy 
rivojlanishida nuksoni bulgan bolalar bilan о‗quv tarbiyaviy ishlarni olib borish 
uchun kadrlar tayyorlash tizimi asosan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika universitetida amalga oshiriladi. Ta‘lim muassasasi bakalavriatida 
defektolog, magistraturada esa - oligofrenopedagog va logoped ixtisosliklari 
beriladi. Respublikamizda yagona bulgan defektologiya fakul‘tetida, «Korreksion 
pedagogika» va «Maxsus ta‘lim metodikasi» kafedralarida maxsus ta‘lim soxasida 
respublikamizning butun ilmiy saloxiyati jamlangan deyish mumkin. Bu yerda 2 
nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi. Fakul‘tet 
mamlakatimizdagi 86 ta maxsus maktab va maktab-internat, shuningdek, 500 dan 
ortik maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun kadrlar tayyorlaydi. Aytish joizki, 
rivojlanishida nuksoni bulgan bolalarni о‗qitish tizimining sifati. bu toifa 
bolalarning keyingi ijtimoiylashuvi mazkur fakul‘tet bntiruvchilari: bakalavr va 
magistrlarning kompetensiyasiga, ularning kasb maxoratiga bevosita boglikdir. 
Pedagogika fanlari nomzodlari tomonidan tashkil qilingan surov natijalari 
shuni kursatdiki, - bugungi kunda faoliyat yuritayotgan fakul‘tetning 178 nafar 
bitiruvchisi defektolog kasbini juda kizikarli va mexnat bozorida talab qilinadigan 
kasb, deb e‘tirof etgan. Surovda katnashgan defektolog magistrlarning 84% i bu 
kasb ularga ma‘kul kelgani, tanlovda adashmaganliklarini ta‘kidlagan. Ta‘limning 
mazkur yunalishi bо‗yicha tayyorgarlik darajasini magistrlarning 60%i «yaxshi», 
10 %i «a‘lo» va 30% i «qoniqarli» baholagan. 
Shunga karamay, ish beruvchi (maxsus ta‘lim muassasalari rahbarlari)larning 
35% i bitiruvchilar‘ OTMda olgan bilim, malaka va kunikmalarini 
takomillashtirish bо‗yicha kushimcha mustaqil ishlashi lozim; 44% i esa olingan 
bilimlar xajmini yetarli emas, deb biladi, 51 % i maxsus ta‘lim metodikasi va 
korreksion-rivojlantiruvchi ishlar bо‗yicha olingan bilimlarni amalda kullash 
kompetensiyasi yetishmasligini tilga oladi. Yukoridagi misollar defektolog kadrlar 
(bakalavr va magistrlar) tayyorlashning yangi, ilmiy asoslangan metodlarini joriy 
etish samaradorligini oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Ayni paytda mamlakatimizda kechayotgan demokratlashtirish jarayonlari 
oshkoralikning ortib borishi va xalkaro tajribani keng urganish uchun imkoniyatlar 
yaratilgani xorijiy oliy ta‘lim tizimining kuplab yutuklari Uzbekistan sharoitida 
xali sinovdan utkazilmaganini, bu borada qilinishi lozim bulgan ishlar kupligini 
kursatadi. Anik nazariy va amaliy muammolar yechimiga karatilgan gurux yoki 
yakka tartibdagi loyixalarning magistrlar tomonidan ishlab chiqilishi va 
implementatsiya metodikasi amaliyotga tatbik qilinmagan. Xolbuki, ta‘limga bu 
kabi yondashuvda magistr (yoki magistrlar guruhi) muammoni aniklash va xal 
qilish yullarini topish, keyin yetakchi mutaxassislar oldida uz «loyixasini ximoya 
qilish» bо‗yicha tavdimot utkazish topshirigini oladi. Bu kabi loyixalar keyinrok 


bitiruv-malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi sifatida rasmiylashtirilishi 
mumkin. Ta‘lim jarayonining umumiy tizimida magistrlarning mustaqil bilish 
faoliyati shu kadar axamiyatliki, usiz mutaxassisning kasbiy kompetentligini 
amalda shakllantirib bulmaydi. 
Magistrga о‗qituvchini, uzi tanlagan ixtisoslik yunalishi bо‗yicha yetakchi 
ekspertni, jumladan, boshka OTM yoki ITI xodimini mustaqil tanlash imkoniyatini 
takdim etish amaliyoti xam yо‗q. Xolbuki, xorijda mazkur faoliyat bо‗yicha 
shugullanadigan maxsus maslaxat markazlari mavjud. Respublikada oliy ta‘lim 
muassasalariaro xamkorlikni kengaytirish, mutaxassislar ma‘lumotlar bazalarini 
shakllantirish urinli bulardi. Bu esa magistrlarning uzlarini kizikgirgan yunalish va 
mavzular bо‗yicha boshka OTM о‗qituvchilari ma‘ruzalarida bulishlariga imkon 
yaratadi. О‗quv fanlarini uzaro boyitish yо‗lidan rivojlantirish sharoitida bu yanada 
katta axdmiyat kasb etadi. Zamonaviy universitet bitiruvchisi turdosh 
mutaxassisliklar bо‗yicha ishlarni bajarish, yangi texnologiyalarga erkin 
moslashish, zaruratga kura, malakasini oshirish, ixtisosligini uzgartirishga tayyor 
bulishi lozim. 
1993-yil 1-dekabrda 153 mamlakat bola xuquqlari hakidagi konvensiyani 
ratifikatsiya qilish yо‗li bilan о‗zlarining bolalar kelajagini muhofaza qilishga 
tayyor ekanligini namoyish etdilar. Bola hukuqlari haqidagi Konvensiya bu butun 
jahon bolalariga xos bо‗lgan bolalar hukuklari hakidagi Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya bola huquklari haqidagi universal 
rasmiy Kodeksdir. 
Konvensiyada bolalar xukuqlari tо‗rt toifaga ajratib berilgan bо‗lib, 54 
moddani о‗z ichiga qamrab olgan. 
Yashay olish hukuki: bola talablarini kondirish va hayotiy hukuqsarni о‗zida 
mujassam etish kabi asosiy shartlarni xamda tibbiy xizmatdan foydalanish, 
ovkatlanish, boshpanaga ega bо‗lish kabi adolatli, hayotiy meyorlarni о‗z ichiga 
oladi 
Bolalar zо‗ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan ximoyalantan bо‗lishlari 
shart. Bu borada kuyidagi muammolarga, ya‘ni: qochoq bolalar muammosi, adliya 
tizimidagi zо‗ravonliklar, bolalarni kurolli nizolarga jalb etish muammolari, 
bolalar mexnati, balog‗at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va 
о‗smirlarning giyohvand moddalarni iste‘mol qilish 
Rivojlana 
olish 
hukuqi: 
bolalarning 
о‗z qobiliyatlarini kengroq 
rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Bunga misol qilib, bilim olish, о‗yin, 
hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi 
xuquqdarni olish mumkin. 
Ishtirok etish xuquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok 
etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bо‗lgan muammolar 
bо‗yicha jahonshumul yig‗ilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va о‗z 
fikrmulohazalarini aytishda erkin bо‗lish kabi hukuqlarni belgilaydi. 


Defektologiyaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, 
turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini 
о‗rganish, shular asosida inklyuziv yoki differensial ta‘limni tashkil etish, ularning 
ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanishdir. 
Defektologiya fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsion, inklyuziv, 
differensial ta‘limni tashkil etish uchun zarur shartsharoitlarni о‗rganish, ulardagi 
psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki 
bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish 
yо‗llarini tarbiyachi hamda о‗qituvchilarga kо‗rsatib berishdan iborat 
Surdopedagogika- (lotincha surdus — kar, gung sо‗zidan olingan) — eshitish 
qobiliyati zaif bolalarning Surdopedagogika ta‘limtarbiyasi bilan shugullanadigan 
fan; 
Tiflopedagogika- (yunoncha tiflos kо‗r, sо‗qir sо‗zidan olingan) — kо‗rish 
qobiliyati zaif bolalarning ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan; 
Oligofrenopedagogika- (yunoncha oligos — kam, fren — aql sо‗zlaridan 
olingan) — aqliy tomondan zaif bolalarning ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanadigan 
fan; 
Logopediya- (yunoncha logos — sо‗z, padeo — tarbiya sо‗zlaridan olingan) 
— og‗ir nutq nuqsonlarini о‗rganish, oldini olish, bartaraf etish yо‗llari, usullarini 
о‗rganadigan fan. 
Oligofrenopedagogika - aqli zaif bolalarni tarbiyalash va о‗qitish xaqidagi fan 
bо‗lib, defektologiyaning bir qismini tashkil etadi. Bosh miyaning organik 
buzilishi natijasida bilish faoliyati turg‗un pasayishi kelib chiqadi. Natijada aqli 
zaiflik kelib chiqadi. Oligofrenopedagogika ham о‗ziga xos rivojlanish, shakllanish 
tarixiga ega. Aqli zaif bolalar ta‘lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‗ullanish ishlari 
tarixi qariyib 200 yildan oshiqdir. Oligofrenopedagogika fanining dastlabki 
boshlang‗ich davri aqli zaiflikni о‗rganish, asosan 1926 yillarga tо‗g‗ri keladi. 
Oligofrenopedagogikaga L.S.Vigotskiy asos solgan. U aqliy nuqsonga ega bо‗lgan 
bolalarga ta‘lim-tarbiya berishni nazariy va amaliy asoslab bergan. Aqli zaiflikni 
keltirib 
chiqaradigan 
sabab-oqibatlar 
xususiyatlari 
endogen, 
ekzogen 
xususiyatlariga ega. Bu kasallik sabab-oqibati natijasida bolaning bilish faoliyatlari 
keng ma‘noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi. 
Oligofreniya bola tug‗ilganidan keyin ham paydo bо‗lishi mumkin. Masalan: 
miya va uning pо‗stlog‗ining shamollashi(miningit), markaziy nerv sistemasining 
shikastlanishi. Nasl orqali ham о‗tadi. F.Platter ruxiy kasalliklardan aqli zaiflikni 
ajratdi. J.Eskirol birinchi marta «Aqli zaiflik» anatomiyasini fanga kiritdi. Aqli zaif 
bolalarni о‗kitish va tarbiyalash nazariyasini yuzaga kelishida E.Segenning (1812-
1880) pedagogik faoliyati katta ahamiyatga ega. 1846 yilda yozgan «Aqliy normal 
bо‗lmagan bolalarning tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi» asari 
oligofrenopedagogika fanida katta yutuq bо‗ldi.Aqli zaif bolalarni о‗rganish 
masalasi aloxida о‗rganishni talab etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik 
deganda me‘riy ruxiy rivojlanishdan chetlanib, xaqiqiy, real aqliy nuqsonlikka olib 
keluvchi holat tushuniladi. Bunday bolalar yordamchi maktablarda ta‘lim-tarbiya 
oladilar. Ta‘lim jarayonida aqli zaif bolaning tafakkuri, nutqi, qiziqishlari va bilish 


qobiliyatlari rivojlanishi bilan birga axloqi ham rivojlanib boradi. Ularda jamoada 
о‗zini tutish, mexnatga tо‗g‗ri munosabatda bо‗lish kabi fazilatlar vujudga keladi.

Yüklə 485,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin