Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
Ulgurmovchi о‗quvchilar orasida ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar kam
uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati-intellekti mantiqiy tafakkur, idroki, xotirasi,
ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi о‗rinda markaziy
nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruxiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday
bolalarda xissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa
ikkilamchi xodisa bо‗lib xisoblanadi.
T.A. Vlasova, M.S. Pevzner, V.I. Lubovskiy, T.V. Yegorova, K.S.
Lebedinskaya, N.A. Nikashina, K.K. Mamedov, B.V. Shoumarov, N.A. Spina,
R.D. Triger va boshqa olimlarning malumotlariga kо‗ra boshlang‗ich sinf
о‗quvchilarining 5,8 foizini ana shunday bolalar tashkil etadi. Ruxiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki Guruhga bо‗linadi: 1.
Yengil nuqsoni bor bolalar –bular maxsus sharoitda 1-3 yil talim – tarbiya
olganlaridan keyin о‗qishni ommaviy maktabning tegishli sinfda davom ettirishi
mumkin. 2. Ruxiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bular
maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda о‗qitilishi kerak. Bunday bolalar
maktab dasturini sog‗lom tengdoshlari qatorida о‗zlashtira olmaydi. Ruxiy
rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori о‗qishi talim
jarayoniga ham salbiy tasir kо‗rsatadi, yani о‗rtacha о‗quvchining saviyasini
orqaga tortadi, yaxshi va alo о‗zlashtiruvchi о‗quvchilarni yetarli darajada
о‗stirishga tо‗sqinlik qiladi. Dastur materiallarini yaxshi о‗zlashtira olmaganligi
tufayli ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga
uchrayveradi, bu narsa ularning xulq - atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar
yuzaga kegishiga sabab bо‗ladi.
Olimlardan K.S. Lebedinskaya, G.P. Berton, YE.M. Dunayeva, va boshqalar
ruxan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatidan quyidagi xillarga bо‗lishni
tafsiya etadilar: 1) konsitusional shakli; 2) somatogen shakli; 3) psixogen shakli; 4)
serebral shakli.
Ruxan rivojlanish kamchiliklarining ba‘zi bir shakllarida, bolalarni vaqti vaqti
bilan maxsus psixonevrologik sanatoriyalarda davolash foydalidir. Sanatoriyada
bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari
paydo bо‗lganda, u о‗quv mashxulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga
soddaroq vazifalar beriladi. Sanatoriyadan davolanib qaytganlaridan sо‗ng, bola
о‗qishni о‗z maktabida davom ettiradi.
RRS bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya
muassasalari, maktab – internatlar, maktablarda kuni uzaytirilgan sinflar joriy
etilgan. Ushbu muassasalarda ta‘lim umum о‗rta ta‘lim maktablari va
bog‗chalarining dasturlari asosida olib borilib, ximoyalaydigan muloyim
davolovchi maxsus tartib tashkil etadi. Ta‘lim – tarbiyaviy ishlar bolalarning
fkirlash qobiliyati diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bо‗lib, bunday bolalarga bilim berishda
о‗qituvchi uning о‗ziga xos individual xsusiyatlarini etiborga olgan xolda maxsus
sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi.
О‗z vaqtida va tо‗g‗ri tashkil etilgan yordam tufayli ushbu toifadagi aloxida
yordamga muxtoj bolalar keyinchalik yaxshi rivojlanib ketib, maktabni bitirgach
oliy о‗quv yurtlarida ham muvaffaqiyatli ta‘lim oladilar.
|