Tizimli yondashuv menejmentda boshqaruv muammolarini tartibga solish uslubi sifatida
qo’llaniladi. Uning vositasida muammolarni turkumlash amalga oshiriladi, yechimlar maqsadi
aniqlanadi, variantlar tanlanadi, muammolar elementlari o’zaro bog’liqligi, hamda ularning
yechimiga ta’sir etuvchi omillar va sharoitlar belgilanadi.
Kompleks yondashuv tizimlilikni konkretlashtirishning spetsifik shakli hisoblanadi, chunki
uning asosini boshqaruv muammolarini ular bilan aloqada va o’zaro bog’liqlikda, ushbu
muammolarni o’rganayotgan ko’pgina fanlarni o’rganish uslublarini qo’llash bilan ko’rib chiqish
tashkil etadi.
Modellashtirish– tizimning ko’rinish shakli, xususiyatlarini, o’zaro aloqalarini, funktsional
va strukturaviy parametrlarini aks ettiruvchi modellarni qo’llashga asoslanadi.
Boshqaruv muammolarini yechishda uyinlar nazariyasi, navbatlar nazariyasi, zaxiralarni
boshqarish, chiziqli programmalashtirish, imitatsion va iqtisodiy tahlil modellari keng
qo’o’llaniladi. Ular menejmentning yana bir muhim dastagi bo’lmish iktisodiy-matematik uslublarni qo’llagan holda boshqarishning ko’p sonli masalalarini yechish imkonini beradi.
Tajriba o’tkazish uslubida tajriba asosida tashkilotning maqsadlari va vazifalarini yechish
uchun foydalanish zarur bo’lgan ilmiy asoslangan yangiliklarni aniqlash amalga oshiriladi.
Eksperiment– bu u yoki bu gipotezalarni, yangiliklarni va korxona boshqaruv tizimidagi
o’zgarishlarni tekshirish yordamida tayyorlangan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan
metodika asosida o’tkaziladigan ilmiy tajriba hisoblanadi.
Tajriba o’tkazish tamoyillari:
maqsadga yo’naltirilganlik;
tajribaning «tozaligi»;
aniqlik;
tajriba zonalarini belgilash;
yo’nalishning ilmiy asoslanganligi.
Tajribani boshqarishning uch mumkin bo’lgan natijalarini ajratishadi: 1. Tekshirilayotgan
yangilikning qabul qilinishi yoki salbiy baholanishi to’g’risidagi ma’muriy qaror. 2. Boshqarishning
yangi nazariy va uslubiy tomonlarini izohlash, ilmiy va amaliy asoslab berish. 3. Ilmiy menejment
uslublari tizimini rivojlantirish, ularning ilmiy asoslanganligini oshirish.