1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja



Yüklə 321,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix26.10.2022
ölçüsü321,58 Kb.
#66275
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-мавзу. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.

Sotsiologik tadqiqotlar uslubi. Sotsiologik tadqiqotlar tashkilot personali ehtiyojlari va 
qiziqishlari, odamlar va guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteri, kadrlar tuzilishi 
natijasida shakllangan madaniyat turi va tashkilotning boshqa rivojlanish omillari to’g’risida 
axborotlarni to’plash va qayta ishlash yo’li bilan o’tkaziladi. Bunga intervyu, anketa o’tkazish, 
kuzatish, o’z-o’zini kuzatish, hujjatlarni o’rganish kabilar kiradi. Bularning hammasi shunday 
axborotni beradiki, uning asosida tashkilotdagi personalning u yoki bu qarorlarga bo’lgan 
reaktsiyasini prognozlash hamda odamlar va guruhlar xatti-xarakatlarini boshqarish mumkin. 
Yondashuvlar, uslublar va usullar konkret yoki maxsus uslublar deb nomlanadi. 
Konkret uslublar klassifikatsiyasi: 

funktsional kichik tizimlarni boshqarish uslublari; 

menejment funktsiyalarini bajarish uslublari; 

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uslublari. 
Birinchi yo’nalish tashkilot strukturasi bilan bog’liq (marketing, innovatsiya, ishlab chiqarish, 
moliya, personal, resurslar). 
Ikkinchi yo’nalish menejment funktsiyalari bilan bog’liq. 
Uchinchi yo’nalish boshqarish jarayonini muammolarni yechish jarayonlari to’plami sifatida 
tasavvur qilishga asoslanadi. SHunga mos ravishda hamma uslublar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 


muammolarni qo’yish uslublari, muammolarni yechish uslublari, qabul qilingan qarorlarning 
bajarilishini tashkil etish. 
Menejmentning ba’zi bir texnologiyalarini keltiramiz. 
Boshqaruv texnologiyasi – samarali boshqaruv ta’sirini o’tkazish san’ati, tadbirlar tizimi va 
uslublardir. Unga axborotlarni to’plash va qayta ishlash yo’llari, ishlovchilarga samarali ta’sir 
o’tkazish vositalari, boshqarish tamoyillarini aniqlash, nazorat tizimini ishlab chiqish va joriy qilish 
kiradi. 
Boshqaruv texnologiyalari ob’ekti bo’lib inson, tashkilot, jamiyat hisoblanadi. Tashkilotning 
xususiyatlaridan kelib chiqib maqsadlar bo’yicha, natijalar bo’yicha, ehtiyojlar va qiziqishlar 
asosida, tekshirishlar va farmoyishlar orqali, personal faoliyatini aktivlashtirish asosida boshqarish 
qo’llaniladi. 
Ularning har birinining qanday vaziyatlarda qo’llanilishini alohida ko’rib chiqamiz: 
1.Maqsadlar bo’yicha boshqarish bo’linmalarning hamma maqsadlari ham asoslanmagan 
holatda; maqsadlarni shakllantirish uslubi bo’lmaganda; maqsad va vazifalarni amalga oshirishning 
hujjatlashtirilgan tahlili bo’lmaganda; ishchi majlislar tayyorgarliksiz o’tkaziladiganda, maqsadlar 
va vazifalar bir necha bor almashtiriladigan holatlarda qo’llaniladi. Maqsadlar bo’yicha boshqarish 
texnologiyasi – yangi holatlarni bashoratlash bo’yicha boshqarishdir. Uning asosida ham tashkilot 
uchun, ham har bir xodim uchun tuziladigan biznes-reja turadi. 
2.Natijalar bo’yicha boshqarish: aksariyat ishlovchilar uchun ish ularning ish joylari bilan 
chegaralanadi; mehnat natijalariga qiziqish va rag’batlantirish yo’q, yomon sotuv bilan bog’liq 
siyosat. Natijalar bo’yicha boshqarish texnologiyasi oldingi qaror bo’yicha natija olingandan 
keyingina boshqarish qarorlarini qabul qilishga asoslanadi. Buning uchun maxsus tashkiliy va 
funktsional tayyorgarlik ko’riladi – yangi bo’linma tarkibida tahlil etuvchi guruh tuziladi. Uning 
tarkibiga psixologiya va sotsiologiya, marketing, iqtisod sohalari bo’yicha mutaxassislar kiritiladi, 
bu guruh uchun boshqarishning matritsali strukturasi tuziladi. 
3.Ehtiyojlar va manfaatlarni hisobga olish asosida boshqarish: ishlovchilarning yuqori 
qo’nimsizligi, katta travmatizm, qo’l ostidagilar tomonidan qarshi xarakatlar.
4.Maxsus vaziyatlardagi boshqarish: yuqori malakali ishlovchilarning ketishi, boshqarish 
apparatining haddan tashqari kengligi, zamonaviy jihoz va orgtexnika. 
5.Faoliyatni aktivlashtirish asosidagi boshqarish: ishlovchilar tashabbussiz, moddiy 
rag’batlantirishga katta e’tibor, ishlab chiqarishdagi nizolar, tashkilotda yoshlarning kamligi. 
6.Sistematik tekshiruvlar va farmoyishlar asosidagi boshqarish: ishlovchilar va bo’linmalar 
faoliyatini muvofiqlashtirishning yetarli bo’lmaganligi, bo’yruqlarni bajarishda tezkorlikning 
yo’qligi, operativ nazoratning yo’qligi. Doimiy tekshirishlar va farmoyishlar orqali boshqarish 
texnologiyasi qo’l ostidagilar ishini qattiq rejalashtirishga asoslanadi. Katta bo’lmagan tashkilotlar 
uchun ko’proq samarali. 

Yüklə 321,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin