Aerob nafas olish. Bijg’ish va uning turlari.Organik birikmalarni oksidlanishi va qaytarilishi.
Hayvonlar havodan kislorodni o’zlashtirib CO
2
ni ajratishini A.L.Lavuaz’e 1780 yilda
aniqlagan edi. Keyinchalik bu jarayon nafas olish deb nom oladi. Bu xususiyat o’simliklarga
ham xosdir. O’sha vaqtdan boshlab moddalarni kislorod bilan birikishiga oksidlanish,
moddadan kislorodni ajralishiga esa qaytarilish jarayoni deb ataldi.
Bijg’ish jarayonlari Insoniyat kundalik turmushida spirtli, sut kislotali bijg’ishdan keng foydalangan. Lekin
bu protsessda mikroorganizmlar ishtirok etishini Lui Paster 1860 yillarda aniqlagan. Bijg’ish
protsesslari turli-tuman bo’lib, ular hosil bo’lgan mahsulot yoki bijg’ish protsessida
sarflanadigan -moddaning nomi bilan ataladi.
Spirtli bijg’ish. Spirtli bijg’ish protsessini achitqi zamburug’lari vujudga keltiradi.
Bunda shakarlar anaerob sharoitda etil spirt, karbonat angidridga aylanadi va energiya ajraladi:
C
6
H
12
O
6
→ 2C
2
H
5
OH + 2CO
2
+ 235 10
4
J
Spirtli bijg’ish protsessida ishtirok etadigan achitqilar fakulьtativ anaeroblardir. Azot
manbai sifatida ular aminokislotalar, peptonlar va ammoniyli tuzlardan foydalanadi. Achitqilar
bir qator vitaminlar sintezlashi mumkin, fiziologik aktiv moddalar berilsa, ular yaxshi
rivojlanadi. Rivojlanishi uchun temperatura 4-35°S oralig’ida, pH esa bir oz kislotali bo’lgani
ma’qul hisoblanadi.
Achitqilar ostki va ustkilarga ajraladi. Ostki achitqilar 4-10° C da yaxshi bijg’itsa,
ustki achitqilar 18-30°S da yaxshi rivojlanadi.
Anaerob nafas olish. Gekzosaning mikroorganizmlar tomonidan parchalanishi. Moy kislotali, pektinli moddalar va sellulozaning bijg’ish jarayonlari
Moy kislotali bijg’ish. Moy kislotali bijrish protsessi tabdatda keng tarqalgan. Bu biologik
protsess ekanligini 1861 yilda Lui Paster isbotlab bergan. Protsesdni moy kislotalp Sijg’ituvchi
bakteriyalar olib boradi. Tipik anaeroblar spora hosil hiladigan, vegetativ hujayralari duksimon,
baraban tayoqchasiga o’xshash, 1—5 nm uzushshkda bo’ladi. Bular tabiatda ksng tarqalgan
bo’lib, sut, sir (pishloq), konservalarni buzadi, sabzavotlarni chiritadi va xalq xo’jaligiga katta
zarar yetkazadi. Lekin ba’zi vakillari molekular azotni o’zlashtirib, tuproqni azotga boyitadi.
Tuproqda uchraydigan bakteriyalarnnng 90% moy kislotaln bijg’ish protsessida ishtirok
etuvchilardir. Ular turli uglevodlar, spirtlar, kislotalar, kraxmal, glikogen dekstrinlarni ham
bijg’ita oladi. Hosil bo’lgan moy kislota boshqa organizmlar uchun oziq manbai hisoblanadi.
Moy kislota moylar parchalanganda va oksillar parchalanganda ham hosilbo’lishi mumkin, hatto
oz miqdorda moy kislota xosil bo’lsa ham oziq mahsulotlarining sifati buziladi. Moy kislotali
bijgish protsessi quyidagi reaktsiyaga muvofiq boradi.