Qishloq xo’jaligi va qazilma moddalarga ishlov berish, iflos suvlarni tozalash.
Suv mikroflorasi. Suvda juda ko’p
mikroorganizmlar uchraydi, chunki suv tabiiy muh+it
h+isoblanadi. Suvga mikroorganizmlar tuproqdan o’tadi. Agar suvda oziq moddalar yetarli
bo’lsa
mikroorganizmlar soni juda ko’payib ketadi. Ayniqsa chiqindi
oqava suvda bakteriyalar
ko’p bo’ladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari esa toza h+isoblanadi, ularda bakteriyalar
deyarli uchramaydi. Ariq va h+ovuz suvlarida, ayniqsa ariq suvining 10sm gacha bo’lgan chuqur
qismida, qirg’oqqa yaqin joylarda mikroblar soni ko’p bo’ladi. Qirg’oqdan uzoqlashgan sari va
chuqurlashgan sari mikroblar soni kamaya boradi. 1 ml toza suvda 100—200
dona mikrob
uchrasa, iflos suvda 100000 dan 300000 gacha va undan ko’p bo’ladi.
Ayniqsa ah+oli yashaydigan joylardan oqib o’tgan suvda bakteriyalar ko’p bo’ladi. Masalan, A.
S. Razumov ma’lumotiga ko’ra, Ural daryosining suvida ah+oli yashaydigan punktdan yuqorida
1 ml da 19700 bakteriya bo’lsa, ah+oli yashaydigan punktdan pa stda 400000 dona bakteriya
topilgan.