Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari
Javob: Mikrobiologiyaning O'zbekiston Respublikasida rivojlanishi. Mikrobiologiya juda mayda oddiy ko’z bilan ko’rinmaydigan faqat optik asboblar yordamida
yoki elektron mikroskoplar vositasida ko’rinadigan mikroorganizmlarning morfologiyasi,
tsitologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi va boshqa xususiyatlarini o’rganadigan fandir.
Yorug’lik mikroskopining kattalashtirishi 3000 martagacha bo’ladi. U 0,1 - 0,2 mkm
bo’lgan zarralarni ko’rish imkoniyatini beradi (1mkm(mikrometr) q 10
-3
mm).
Zamonaviy elektron mikroskoplarning ko’rsatish qobiliyati 0,15 nm (1nm (nanometr) =
10
-3
mkm = 10
-6
mm) gacha bo’lib, bunday elektron mikroskoplar ko’rilayotgan namunalar
(bakteriyalar, viruslar) va ularning tashkil qiluvchi nozik qismlarini ham ko’rish imkoniyatini
beradi. Bunday mikroskoplar o’rganiladigan ob’ektni 750000 martagacha kattalashtiradi.
Odatda mikroorganizmlarni optik mikroskopda 1000 - 1500, elektron mikroskopda esa 30000 -
100000 marta kattalashtirib ko’riladi (Mishustin, Yemtsev, 1987). Elektron mikroskop
yordamida bakteriya hujayrasining nozik strukturalari – xivchinlar, fimbriylar, pililar, hujayra
devori, tsitoplazmatik membrana, tsitoplazmada joylashgan ribosoma, nukleoid, har xil
zahira moddalarning shakllari haqida to’liq axborot olishga erishiladi.
3-mavzu. Mikrobiologiya tadqiqotlarining asosiy usullari.
Toza kulturalar va ularning olinishi. Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash
texnikasi. Oddiy va differentsial bo’yash. Gram usulida bo’yash va uning mikroorganizmlar
klassifikatsiyasidagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o’rganish metodlari.
Zamonaviy mikroskoplar: yorug’ va qorong’i maydonli, faza — kontrast, lyuministsent va
elektron mikroskoplar. Biologik mikroskoplar imkoniyatlarining kimyoviy tavsifi. Fiksirlangan,
bo’yalgan va tirik preparatlar tayyorlash. Boyitilgan va toza kul’turalar haqida ma’lumotlar,
ularni mikroorganizmlarni sistematikasi va fiziologo-biokimeviy xususiyatlarini o’rganishdagi
ahamiyati.