1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

1 bo’lim – Gracilacutes
II bo’lim - Firmicutes 
III. Tenericutes bo’limi 
IV. Mendosicutes bo’limi 
7-mavzu. Mikroorganizmlarni o’sishi va ko’payishi  
Prokariotlarning ko’payish usullari. Mikroorganizmlarning 
o’sishi. 
Bakteriya 
hujayrasining generatsiya muddatlari. Statsionar sharoitda toza kul’turalar populyatsiyasining 
o’sish qonuniyatlari. o’sish egri chizig’i, ayrim fazalarining tavsifi. Mikroorganizmlarining 
uzluksiz ko’paytirilgandagi o’sishi. Uzluksiz ko’paytirishning mikroorganizmlar 
xususiyatlarini tadqiq qilishdagi axamiyati va amaliyotda ishlatilishi. 
Javob: Prokariotlarning ko’payish usullari. Mikroorganizmlarning o’sishi. 

Mikroorganizmlar ham boshqa tirik organizmlar kabi o’sadi va ko’payadi. O’sish 


deganda hujayradagi butun kimyoviy moddalarning ( oqsil, RNK, DNK va boshqalar ) bir - 
biriga mutanosib tarzda ko’payishi tushiniladi. O’sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi 
oshadi. Hujayraning kattaligi ma’lum darajaga yetkandan so’ng, u ko’paya boshlaydi. 
Ko’payish deb mikroorganizm hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko’payish 
ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, cho’zilish (peretyajka) yo’li bilan, kurtaklanib yoki spora 
hosil qilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko’payishi jinssiz binar bo’linib 
ko’payishdir. Ko’payish jarayoni hujayraning uzayishidan, nukleoidning ikkiga bo’linishidan 
boshlanadi. Nukleoid superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham 
deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning replikatsiyasi, DNK-polimeraza va boshqa 
fermentlar orqali amalga oshadi. DNK ning replikatsiyasi, bir vaqtning o’zida, qarama - qarshi 
yunalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga o’tadi. Qiz hujayrada ham DNK ketma - ketligi 
ona hujayranikidek bo’ladi. Replikatsiya bakteriya hujayrasining ko’payishiga ketadigan 
vaqtning 80% ni egallaydi. 
DNK replikatsiyasidan so’ng, hujayralararo to’siq hosil bo’ladi. Bu murakkab jarayondir. 
Avvalo hujayraning ikki tomonidan tsitoplazmatik membrananing ikki qavati o’sadi, so’ngra, 
ular orasida peptidoglikan (murein) sintezlanadi va nihoyat to’siq hosil bo’ladi (24-rasm). 
To’siq ikki qavat tsitoplazmatik membrana va peptidoglikandan iborat. DNK 
replikatsiyasi davomida va bo’luvchi to’siq hosil bo’lishi vaqtida hujayra uzluksiz o’sadi. Bu 
vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, tsitoplazmatik membranasi, yangi ribosomalar va 
boshqa organellalar, birikmalar, xullas, tsitoplazmadagi birikmalar hosil bo’ladi. Bo’linishning 
oxirgi stadiyasida qiz hujayralar bir-biridan ajraladi. Ba’zan esa bo’linish jarayoni oxirigacha 
bormay, bakteriya hujayralarining zanjiri hosil bo’ladi. 
Tayoqchasimon bakteriyalar bo’linishidan oldin bo’yiga o’sadi va ikkiga bo’lina 
boshlaydi. Tayoqcha o’rtadan sal torayadi va ikkiga bo’linadi. Agar hujayra ikki bir xil 
bo’laklarga bo’linsa, bunga izomorf bo’linish (izo - teng) deyiladi. Ko’pincha geteromorf 
bo’linish kuzatiladi. 
Agar hivchinli hujayra bo’linsa, qiz hujayrada ko’pincha hivchinlar bo’lmaydi ular ona 
hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan hivchin o’sadi. Demak, ona hujayra birlamchi 


hujayra devori, fimbriylar, hivchinlarga ega bo’ladi. Spiroxetalar, rikketsiylar, ba’zi achitqilar
zambrug’lar, sodda hayvonlar (protistlar) ko’ndalangiga bo’linib ko’payadi. Miksobakteriyalar 
―cho’zilib‖ yoki ―tortilib‖ («peretyajka» hosil qilib) ko’payadi. Avval hujayra bo’linadigan 
joyidan torayadi, so’ngra hujayra devori ikki tomonidan hujayraning ichki tomoniga qarab 
bo’rtadi va oxirida, ikkiga bo’linadi. Qiz hujayra o’zi tsitoplazmatik membranasi bo’lgani xolda, 
hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi. Sellibera avlodiga mansub bakteriyalar kurtaklanish 
yo’li bilan ko’payishi kuzatilgan. Azotobakterning ko’payishida hujayra avval sakkizga 
o’xshash bo’ladi, undan ikkita hujayra hosil bo’ladi. Hosil bo’lshini K. I. Rudakov sut kislota 
hosil qiluvchi bakteriyalarda kuzatgan. Bunda bakteriya hujayrasi go’yo sporangiyga o’xshab 
qoladi va uning ichida yetilgan gonidiyalar tashqariga chiqadi. 
Ba’zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham kuzatilib, unga kon’yugatsiya deyiladi. Bu xil 
ko’payish haqida «Bakteriyalar genetikasi» mavzusida ma’lumot beriladi. 
SHunday qilib, o’sishi va ko’payishi natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil 
bo’ladi. Ularning ko’payishi juda katta tezlikda amalga oshadi. Generatsiya vaqti mikroorganizm 
turi, yoshi, tashqi muhit (oziq muhit tarkibiga, temperaturaga, rN) ga bog’liq. Generatsiya 
vaqtining eng optimal muddati 20-30 minut bo’lsa, 2 soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. 
Odamning shuncha avlodini olish uchun esa 120 yil vaqt lozim bo’ladi. Ammo bakteriyalar uzoq 
vaqt 20 minutlik generatsiya hosil qilish yo’li bilan ko’paya olmaydi. Agar ular bir xil jadallikda 
ko’payganda edi, bir dona ichak tayoqchasi Ye. soli 24 soatdan so’ng 2
72
yoki 10
22
avlod 
qoldirgan bo’lar edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil qiladi. Bakteriyaning o’sishi shu tarzda 
davom etsa, 24 soatdan so’ng to’plangan massa yer shari massasidan bir necha marta og’ir bo’lib 
chiqar edi. Ammo, amalda bunday bo’lmaydi, chunki oziqa moddalarning yetishmasligi va hosil 
bo’lgan mahsulotlar bakteriyaning ko’payishini cheklaydi. Oziqa muhiti oqib turganda 
bakteriyalar har 15 - 18 minutda bo’linib turadi. Suyuq oziq muhitda bakteriyalar o’sish 
tezligining vaqtga qarab o’zgarishini kuzatish mumkin. Oziq muhitga tushgan mikroorganizmlar 
avvalo unga moslashadi, so’ng tezlik bilan ko’payadi va maksimumga chiqadi. Oziq 
moddalarning kamayishi va hosil bo’lgan mahsulotlarning ko’payishiga qarab, o’sish 
sekinlashadi va to’xtaydi. Bakteriya xujayrasining generatsiya muddatlari. Statsionar 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin