1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

 
 
4-mavzu. Mikroorganizmlar morfologik turlariga tavsif. 
Mikroorganizmlar morfologiyasi va hujayra o’lchami . Mikroorganizmlar hujayra 
tuzilishi. Eukariot va prokariat mikroorganizmlar. Bakteriya hujayrasining shakllari. 
Mikroorganizmlar turli guruhlarining tafsifi. 
Javob ; Bir hujayrali va ko’p hujayrali organizmlar orasida o’xshashlik mavjud, chunki 
bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Bakteriyalar yer 
yuzida yashaydigan organizmlar ichida eng maydasi bo’lsa, mikoplazmalar, rikketsiyalar, 
viruslar va bakteriofaglar bulardan ham maydadir. Ko’pchilik mayda sharsimon bakteriyalar 
hujayrasining diametri 0,1mkm, tayoqchasimon bakteriyalarniki 0,5 mkm, uzunligi esa 2 - 3 
mkm (ba’zan 30 mkm), gigantlariningeni 5 -10 mkm, bo’yi 30 – 100 mkm bo’ladi. 
 
Eukariotlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko’pchiligi bir hujayralidir. 
Bakteriya hujayrasi tashqi muxitdan hujayra po’sti, ba’zan esa faqat tsitoplazmatik membrana 
bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab
organizmlar ikki tipga - eukariot va prokariot hujayrali organizmlarga bo’linadi (2-jadval). 
Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo’lsa, unday hujayralarga eukariot hujayrali 
organizmlar (grekcha eu chin, kario - yadro demakdir).
Bakteriyalarning shakllari. Tashqi ko’rinishiga qarab ular uch guruhga bo’linadi: 
sharsimonlar - kokklar, tayoqchasimonlar - bakteriyalar va batsillalar, spiralsimonlar - vibrionlar
spirillalar va spiroxetalar. SHarsimon bakteriyalar kokklar (kokkus - lotincha don) deyiladi. Ular 
sferasimon, ellipssimon, no’xotsimon va boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. 
Aktinomitsetlar yoki nursimon (nurli) zamburug’lar tuzilishi jihatidan bakteriyalar va 
tuban zamburug’larga o’xshaydi .Ular mog’or zamburug’lar bilan bakteriyalar orasidagi 
guruhhga mansub, ma’lum shakldagi yadrosi bo’lmaydi. 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin