Tuproqdagi ko’p turli mikroorganizmlardan ayrim turlarni ajratib olish mumkin.
Elektiv
kulturalar usulini birinchi marta Vinogradskiy ishlab chiqqan va nitrifikatorlarni boshqalardan
ajratib olishga erishgan.
Mikroorganizmlarning oqib turuvchi kulturasi. Bu usul
laboratoriyada yoki ishlab
chiqarish korxonalarida muhim ahamiyatga ega. Kulturali idishlarga doim yangi oziq eritmasi
oqizib qo’yiladi. Ikkinchi tomondan ishlanib bo’lgan
kultura chiqib turadi, ikkala tomonning
oqim tezligi barobar bo’ladi. Masalan, kultivatorlar tutashtirilgan 3 ta idishdan iborat bo’lsa, 1
idishda
yosh bakteriyalar, 2 idishda yetilgan bakteriyalar va uchinchi idishda ko’payishdan
to’xtagan bakteriyalar kulturasi bo’ladi. Bu usulda istagan vaqtda ishni to’xtatib, ma’lum
yoshdagi bakteriyalar kulturasini olib, ularning xususiyatini o’rganish mumkin.
Dostları ilə paylaş: