1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif


Javob; Toza kulturalar va ularning olinishi. Mikroorganizmlar preparatlarini



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

Javob; Toza kulturalar va ularning olinishi. Mikroorganizmlar preparatlarini 
tayyorlash texnikasi. Oddiy va differentsial bo’yash.
Sof va elektiv kulturalar. Bakteriyalarning bir turi bo’lgan kultura Sof kultura deyiladi. 
Sof holdagi kulturani ajratib olish ancha mashakkatli ish, lekin shunga qaramasdan bunday 
kulturaning ahamiyati katta. Chunki Sof holda ajratib olingan kulturada bakteriyalarning 
morfologiyasi, fiziologiyasini, biologik xususiyatlari va rivojlanishini aniq tekshirish imkoniyati 
yaratiladi. Sof kulturadan tashkari, elektiv kulturalar ham ma’lumdir. Elektiv kultura deb ko’p 
turli mikroorganizmlar orasidan ayrim bir turning rivojlanishi uchun sharoit yaratishga aytiladi. 
Masalan, Vas. ziipz ning elektiv kulturasini shunday qo’yish mumkin. Quruq pichandan 5—10 g 
olib, ustiga 200 ml suv quyiladi va ozgina oq bo’rdan qo’shib 15—30 minut qaynatiladi. So’ngra 
filtrlab, kichik kolbalarga oz-ozdan solinadi va og’zini paxta probka bilan berkitib, 25—30° li 
termostatda o’stiriladi. 


Tuproqdagi ko’p turli mikroorganizmlardan ayrim turlarni ajratib olish mumkin. Elektiv 
kulturalar usulini birinchi marta Vinogradskiy ishlab chiqqan va nitrifikatorlarni boshqalardan 
ajratib olishga erishgan. 
Mikroorganizmlarning oqib turuvchi kulturasi. Bu usul laboratoriyada yoki ishlab 
chiqarish korxonalarida muhim ahamiyatga ega. Kulturali idishlarga doim yangi oziq eritmasi 
oqizib qo’yiladi. Ikkinchi tomondan ishlanib bo’lgan kultura chiqib turadi, ikkala tomonning 
oqim tezligi barobar bo’ladi. Masalan, kultivatorlar tutashtirilgan 3 ta idishdan iborat bo’lsa, 1 
idishda yosh bakteriyalar, 2 idishda yetilgan bakteriyalar va uchinchi idishda ko’payishdan 
to’xtagan bakteriyalar kulturasi bo’ladi. Bu usulda istagan vaqtda ishni to’xtatib, ma’lum 
yoshdagi bakteriyalar kulturasini olib, ularning xususiyatini o’rganish mumkin. 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin