1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif


Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi va printsiplari. Prokariotlar — mikrobiologiyani



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

 
Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi va printsiplari. Prokariotlar — mikrobiologiyani
asosiy ob'ektidir.
Prokariotlar olamining to’rt bo’limi vakillariga qisqacha tavsif. Gram musbat va 
gram manfiy bakteriyalar, mikoplazma va arxebakteriyalar. 
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo’qligi, tarkibi va ularning turiga 
qarab bo’limlarga, undan boshqa taksonomik kategoriyalarga (sinf, tartib, oila, avlod,tur) 
mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologo - biokimyoviy belgilari yig’indisiga qarab 
bo’lingan. 
Demak, Bergi Procariotae dunyosini to’rt bo’limga ajratadi. 
1 bo’lim – Gracilacutes
Bu bo’limga hujayra devori grammanfiy tuzilishga ega bo’lgan kokklar, tayoqchasimon 
yoki ipsimon prokariotlar kiradi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo’lishlari mumkin, 
endosoralar hosil qilmaydi. Miksobakteriyalar meva tanalari va miksosporalar hosil qiladi. 
Ko’payishi binar bo’linib va kurtaklanib amalga oshadi. Bu bo’limga fototroflar va nofototroflar 


(litotroflar va xemotroflar), aeroblar, anaeroblar va fakulьtativ anaeroblar kiradi. Obligat parazit 
turlari bor. 
1 bo’lim – Gracilacutes bo’limi (gracilus so’zi lotincha so’z bo’lib yupqa degan,
cutes esa po’st, teri degan ma’noni bildiradi). 
Bo’limga 3 sinf kiradi. 
1 sinf - Scotobacteria
Bu sinf eng katta sinf bo’lib, 10 guruhni o’z ichiga oladi. 
1 guruh - spiroxetalar. Bu guruhga Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kiradi.
Spiroxetalar oson egiluvchan, spiralsimon buralgan, bir hujayrali bakteriyalar bo’lib, o’ta uzun 
(3 – 500 mkm) va ingichka (0,3 – 1,5 mkm), bir yoki birnecha spiral bo’lib buralgan 
hujayralardir. Spiroxeta hujayrasida protoplazmatik tsilindr mavjud bo’lib, u bir yoki 
birqancha o’q fibrillar bilan o’ralgan. O’q fibrillarni o’zi esa tsilindr oxirida joylashgan 
biriktiruvchi diskdan boshlanadi. Protoplazmatik tsilindr va o’q fibrillar tashqi po’st bilan
qoplangan. Hujayra nukleoid, mezosomalar va boshqa qurilmalardan iborat. Spiroxetalar 
ko’ndalangiga bo’linib ko’payadi, harakatchan. Spora hosil qilmaydi. Aerob, fakulьtativ 
anaaerob yoki anaerob. Xemoorganogeterotroflar. 
Yirik spiroxetalar (30 – 500 mkm) Spirochaeta va Cristispira avlodlariga mansub
maydalari (3 - 20 mkm) esa Treponema, Borrelis va Leptospira avlodlariga kiradi. Yuqoridagi 
ikki avlod vakillari saprofit, keyingi uch avlod vakillari esa odam va hayvonlarda yuqumli 
kasalliklar qo’zg’atadi. 
2 guruh – aerob spiral va vibrionsimon grammanfiy bakteriyalar. Ular Spirillaceae 
oilasini tashkil qiladi. Hujayralari qattiq spiralsimon buralgan, tayoqcha shakliga ega. 
Harakatchan, hujayrani bir yoki ikkala uchida polyar joylashgan bir yoki bir to’p xivchinlari
mavjud. Aeroblar, ba’zilari mikroaerofillar. Xemoorganotroflar. Saprofit yoki parazitlar. 
Spirillaceae oilasiga Aquaspirillum, Spirillum, Azospirillum, Campylobacter, Bdelvibrio
avlodlari kiradi. Azospirillum avlodi azotofiksatorlarga kiradi. Bdelvibrio avlodi vakillari 
bakteriyalarda parazitlik qiluvchi mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir. Spiral va qayrilgan 
bakteriyalar chuchuk, dengiz suvlarida va tuproqda uchraydi. 
3 guruh - aerob grammanfiy tayoqcha va kokkilar. Bu guruhga yetti oila kirib shundan 
uchtasi tuproq hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga egadir. 
Rseudomonaceae oilasiga Rseudomonas avlodi kirib, sporasiz to’g’ri va ozgina 
qayrilgan polyar joylashgan xivchinli bakteriyalarni o’z ichiga oladi. Psevdomonadalar tabiatda
juda keng tarqalgan (har xil tuproqlarda, suvda, oqava suvlarda va havoda). Xemoorganotroflar, 
ular har xil organik moddalarni ishlatadi (oqsillar, yog’lar, uglevodlar va gumus moddalari). 
Ba’zi vakillari nitratlarni erkin azotgacha qaytarishi mumkin (denitrifikatsiya). 
Xanthomonas avlodi vakillari o’simliklarda kasallik qo’zg’atadi. 
Azotobacteriaceae oilasi vakillari yirik tayoqchasimon, oval, sharsimon hujayralarga ega. 
Harakatchan. Spora hosil qilmaydi. Geterotrof. Bu oilaning xarakterli xususiyati erkin azotni 
o’zlashtirishidir. Tabiatda juda keng tarqalgan. Oila to’rt avlodni o’z ichiga oladi. Azotobacter 
va Azomonas avlodlari eng ahamiyatga moliklaridan bo’lib, tuproqda juda keng tarqalgan.
Rhizobiaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, harakatchan, spora hosil qilmaydigan 
bakteriyalardir. Xemoorganotroflar. Rhizobium avlodi vakillari dukkakli o’simliklar ildizlarida 
tuganaklar hosil qiladi, ular o’simliklar bilan simbioz holda yashab erkin azotni o’zlashtiradi. 
Agrobacterium avlodi har xil o’simlik ildizlarida va poyalarida shish hosil qiluvchi 
fitopatogen bakteriyalarga kiradi, shishlar o’sib «gall»lar ga aylanadi. 
Methylcoccaceae oilasi ikki avloddan – Methylococcus Methylomonas ni o’z ichiga 
oladi. Vakillari harakatchan va harakatsiz, shakli tayoqcha va sharsimon ko’rinishda bo’ladi. 
Xemoorganogeterotroflar. Ularni birdan-bir uglerod va energiya manbai – metan va metanoldir. 
Acetobacteriaceae oilasi Acetobacter va Gluconobacter avlodlaridan tashkil topgan
bo’lib, bu avlodlar bakteriyalari etil spirtini sirka kislotagacha oksidlaydi. Ular gullarda, 
mevalarda, sabzavotlarda, pivo va vinolarda uchraydi. 
Neisseriaceae oilasi to’rt avlodni o’z ichiga oladi va ular kasallik tug’diruvchilardir. 


4 guruh - fakulьtativ-anaerob grammanfiy tayoqchalar. Bu gurux bakteriyalari 
Enterobacteriaceae va Vibrionaceae oilalaridan tashkil topgan bo’lib, ko’pgina vakillari odam 
va hayvonlarda yuqumli kasalliklar qo’zg’atadi. Enterobacteriaceae oilasi odam va hayvon 
ichaklarida uchrab, kasallik qo’zg’atadigan mikroorganizmlarni o’z ichiga oladi. Bular 
Esherihia, Salmonella, Shigella, Ervinia, Vibrio, Protobacterium va boshqa avlodlarni o’z ichiga 
olib, ba’zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atsa, ba’zilari tuproqda, suvda yoki 
epifit (Ervinia herbicola) mikroflora shaklida uchraydi.

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin