1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif


-mavzu. Mikroorganizmlar genetikasi



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

 


10-mavzu. Mikroorganizmlar genetikasi 
Mikroorganizmlar genetikasi haqida umumiy tushuncha. Mikroorganizmlarda irsiyat va 
o’zgaruvchanlik tushunchasi. Mikroorganizmlar genotipi va fenotipi, irsiy o’zgaruvchanlik. 
Mikroorganizmlar olamida mutatsiyalar. Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiya. 
Javob: Mikroorganizmlarda ham, xuddi boshqa tirik jonivorlardagi kabi, muayyan 
turga xos belgilar nasldannaslga o’tadi. Lekin tashqi muhit ta’siri ostida bir turdagi morfologik, 
fiziologik xossalar o’zgarishi mumkin. Masalan, Lui Paster kuydirgi qo’zg’atuvchisida sun’iy 
yo’l bilan qaytmas o’zgarishlar hosil tsildi va shu kasalliklardan saqlaydigan vaktsinalar ishlab 
chiqdi. N. F. Gamaleya oziq muhitiga litiy xlorid qo’shilganida vabo vibrionining morfologiyasi 
o’zgarishini kuzatdi. Bu misollar yashash sharoitiga qarab mikroorganizmlar o’z xossalarini 
o’zgartira olishini ko’rsatadi. 
Irsiyat bilan o’zgaruvchanlik bir-biri bilan chambarchas bog’liq ikki protsess bo’lib, 
tiriklikning asosini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning irsiy xususiyatlari va 
o’zgaruvchanligi boshqa organizmlarnikiga qaraganda yaxshi o’rganilgan. 
1925 yilda G. A. Nadson va G. S. Filippov achitqi zamburug’lariga rentgen nurlarini ta’sir 
ettirib, yangi mutatsiyalar olishga muvaffaq bo’lganlar. Ulardan keyin 1928—1932 yillarda M. 
N. Meysel achitqilarga xloroform va kuchsiz tsian tuzlari ta’sir ettirib, yangi mutatsiyalar olgan. 
Mikroorganizmlarda genetika qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega, chunki 
bakteriyalarning tez bo’linishi va naslining nihoyatda ko’p, mayda bo’lishi va kam joyni 
egallashi ularni nihoyatda qulay ob’ekt qilib qo’yadi. Masalan, ichak tayoqchasi ko’payar ekan, 
har 15 minutda bo’linib turadi, bitta hujayra naslining soni 18—24 soatdan keyin 1 mm3 da 24 
milliardga yetadi. 
Mikroorganizmlarda fenotipik (nasldan-naslga o’tmaydigan) va genotipik (nasldan-naslga 
o’tadigan) o’zgaruvchanlik farq qilinadi. Bular hujayraning ikki asosiy xususiyati: genotipi bilan 
fenotipiga bog’liqdir.
Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi (yig’indisi) dir. U organizmning butun bir 
gruppa xossalarini, tashqi muhitning har xil sharoitida turlicha namoyon bo’ladigan xossalarini 
belgilab beradi. Biroq, genotip har qanday sharoitda nisbiy doimiyligini saqlab qoladiki, bu hol 
mikroorganizmlar turlarini bir-biridan farq qilib, ajratib olishga imkon beradi. 
Fenotip har bir individuumdagi morfologik va fiziologik xossalarning umumiy 
kompleksidir. Fenotip go’yo ma’lum bir konkret yashash sharoitida genotip xarakterining tashqi 
ko’rinishi ifodasidir, 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin