Mikroorganizmlarlarning haroratga bog’liq o’sishi. Mikroorganizmlarning past haroratda hayot faoliyatini saqlash. Mikroorganizmlarga gidrostatik bosim ta'siri. Mikroorganizmlarga temperaturaning ta’siri. Mikroorganizmlar
yuksak
o’simliklarga
qaraganda temperaturaga ancha chidamli bo’ladi. Masalan, Vas. subtilis temperatura 5°C dan to
57°C gacha bo’lganda ham rivojlanaveradi. Ko’pchilik saprofit bakteriyalar 20°C dan 35°C
gacha temperaturada rivojlana oladi, patogen mikroorganizmlar esa 36-37°C da rivojlanadi.
Bundan yuqori temperaturada ular nobud bo’ladi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun
temperatura 3 nuqtada bo’lishi mumkin: minimum, optimum va maksimum nuqtalari. Optimum
nuqtasi eng qulay bo’lib, bunday temperaturada mikroorganizmlar tez ko’payadi va yaxshi
rivojlanadi, minimum va maksimum nuqtalari esa ancha chegaralidir.
12-mavzu. Mikroorganizmlarning o’zaro va boshqa organizmlar bilan munosabati Mikroorganizmlarning simbiotik assotsiatsiyalari. Metabioz. Antogonizm va uning
sabablari.
Antibiotik
moddalar
va
ularning
ishlatilishi.
Mikroorganizmlar
bilan
mikroorganizmlar, mikroorganizmlar bilan o’simliklar, hayvonlar va odamlar o’rtasidagi
munosabatlar. Patogen mikroorganizmlar.
Javob: Mikroorganizmlarning simbiotik assotsiatsiyalari. Metabioz. Antogonizm va uning
sabablari.
Mikroorganizmlar bir-biri bilan yoki boshqa organizmlar birgalikda yoki bog’liq holda
rivojlanadi. Bunday holatga biosenoz deyiladi. Uni qo’yidagi gruppalarga bo’lib o’rganiladi.
Simbioz, Metabioz, Sinrgizm, Antogonizm, Parazitizm
Simbioz – bir xil muhitda ikki xil mikrob yoki ikki xil organizm birgalikda hamkorlikda
yashaydi. Masalan: lishayniklar – bu yerda zamburug’lar bilan suv o’simliklari birgalikda hayot
kechiradi. Yoki dukkaklilar oilasiga kiruvchi o’simliklar bilan Rhizobium avlodigadagi tuganak
bakteriyalarning birgalikda yashashi.
Metabioz – ikkita organizm birga yonma-yon yashab yashash davrida biri ishlab chiqqan
mahsulotidan ikkitasi bahramand bo’ladi, ya’ni sharoit yaratib beradi. Masalan: saprofit
mikroblar oqsillarni parchalab leptonga va aminokislotalarga ajralib undan
nitrafikasiyalovchi mikroorganizmlar nitrat kislota va uning olib boradi. Ammonifikasiyada
Н
3
S chiqib u fototrof mikroorganizmlar o’zlashtirishadi.
Sinergizm 2 va ko’plab organizmlar birgalikda yashab foyda ko’radi. Masalan:
ammonifikatorlar bilan nitrofikatorlar fototrof bakteriyalarning birgalikda yashashi.
Antogonizm – bir turdagi mikrob rivojlangan joyda ikkinchi turdagi mikrob rivojlana olmasa,
ya’ni u ishlab chiqqan mahsuloti ta’sir kilib halokatga olib keladi. Bunday hodisani
zamburug’lar bilan bakteriyalar o’rtasida ko’rish mumkin.