1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

va 
ahamiyati. 
Mikroorganizmlarning 
 
biogeokimyoviy 
faoliyati. 
Mikroorganizmlarning tabiatda moddalar almashinishidagi roli.
Mikroorganizmlar tabiatda juda keng tarqalgan organizm bo’lib, ular asosan tuproqda, suvda, 
havoda va barcha tirik organizmlarda keng tarqalib, ular uchramaydigan joy yo’q. Sababi bular 
aerob va anaerob bo’lib juda kichik bo’lib turli hil vositalar yordamida tarqala oladi. Tuproq, 
suv, havo, odam, hayvon va o’simliklarda uchraydigan mikroorganizmlarning biologik 
jarayonlarda ishtiroki katta. Ana shu mikroorganizmlarning tarqalishida hasharotlarning roli 
kattadir. Uy pashshasining tashqi tomondan 6 million dona bakteriya topilgan, ichagida 28 ming 
bakteriya topilgan. Umuman mikroorganizmlarning tashqi muhitga tarqalishi va yashash joyiga
ekosistema deb yuritiladi. Ana shu ekosistemada mikroorganizmlarning tarqalishini 1925 yilda 
Vinogradskiy 2 ta kategoriyaga bo’ldi: 
1. Avtoxtonli 
2. Allaxtonli ekosistema 
1. Avtoxtonli faqat ma’lum bir mikm bir joyda istiqomat qiladi yashaydi. 
2. Allaxtonli ekosistema bu holdagi mikroorganizmlar yashash joyida noqo’laylik bo’lganda 
vaqtinchalik muhitini o’zgartiradi yoki tinim davriga sporaga o’tadi. Umuman
mikroorganizmlarni biz ko’proq suvda, tuproqda va havoda uchrashini ko’rib chiqamiz. 
1. Suv ekosistemasi – yoki suv makroflorasi. Tipik suv ekosistemasiga asosan, okean suvi
dengiz, ko’l, to’g’onlar va oqar suvlar kiradi. Suv mikroorganizmlarning yashashi uchun qulay 
joy hisoblanadi. Suvda organik moddalar qanchalik ko’p bo’lsa, mikrob uchun sharoit shuncha 
qulay bo’ladi. Suvning mikroflorasi o’zgaruvchan bo’lib, yilning fasliga, tuproqdan suvning oqib 
turishiga qarab o’zgarib turadi. Yomg’ir yoqqanda, qor yoqqandan keyin turli hil tashlandiqlar 
atrof muhitdan tushadi. Ayniqsa aholi yashaydigan joylardan oqib o’tadigan suvda bakteriyalar 
ko’p bo’ladi. Mikroblar ko’pincha tashlandiq narsalar bilan birga tushadi. Sanoat korxonalaridan 
chiqadigan suvlarga turli hil tashlandiq narsalar suvga aralashib mikrobni ko’payishiga sabab 
bo’ladi. Yana bir misol Vagner va Reys (1953) sil kasalxonasidan chiquvchi tashlandiq suvni 
tekshirib 1 ml suvda sil kasalligini qo’zg’ovchi 100 ming mikrob topilgan. Toza suvda. Ya’ni 1 


ml 100-200 dona mikrob uchrasa iflos suvda 100 mingdan 300 minggacha undan ko’p bo’ladi. 
Suvning eng yuqori qatlamida bakteriyalar kamroq, o’rta qatlamida ko’p, pastida yana kam 
bo’ladi. Qirg’oqdan 300 m narida 1 ml suvda 38 dona bakteriya, 5 m chuqurlikda 79 dona, 20 m 
chuqurlikda 7 dona bakteriya topilgan. Suvga atrofdan turli mikroblar aralashib tursa ham tabiat 
sharoitida bir qator sabablarga ko’ra suvda mikroblar kamayib. Suv tozalanib turadi. Suvdagi 
mikroblar quyosh nuri ta’sirida va suv oqimi harakatida o’lib turadi va suv ostiga cho’kadi. 
Suvning mikroorganizmlardan tozalanishida suv ichi bir qator biologik faktorlarning ham 
ahamiyati bor. Shu jumladan, bakteriofaglarning ta’siri ko’p. Bundan tashqari suvdagi 
Pzotozoalar ham oziqlanadi. Suvda ko’plab saprofit va parazit mikroblarni uchratish mumkin. 
Patogen mikroorganizmlardan ba’zan kuydirgi basillasini qorin tifi, paratif, brusellyoz, qoqshol, 
vabo vibrioni, ichburug’ va boshqa mikroorganizmlar uchraydi. Patogen mikroblar suvda bir 
qancha vaqtgacha tirik yashaydi. 
Yer osti va buloq suvlari toza suv hisoblanadi.
Suvni tozalash. Tozalash uchun suv avval maxsus tindirgichlarda tindiriladi, bunda 
mikroblarning 75 % cho’kadi. Cho’kish jarayoni tez borishi uchun suvga ohak qo’shilib so’ngra 
mayda shag’al va kum orqali filtrlanadi. Shundan keyin xlorlanadi yoki azonlanadi. Xlorlash 
natijasida 1.0 mg aktiv xlor 1 l suvda 6 ming bakteriya 4 soatda o’ldiradi. 1 mg azon esa 1 l 
suvda 6 ming 5 sekundda o’ldiradi. 
Tuproq mikroflorasi. 
1 g tuprokda millionlab va milliardlab bakteriyalar bo’ladi. Ba’zi olimlarning hisoblashiga ko’ra 
1 ga haydaladigan yerning 25 sm chuqurlikka bo’lgan qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriyalar 
uchrar ekan. Tuproqdagi mikroorganizmlarni hisoblash uchun Vinogradskiy 1924 yili metod 
ishlab chiqdi, ya’ni ma’lum hajmdagi tuproqdagi suspenziyasidan olib mazok tayyorlanadi. 
So’ngra u karbol kislota eritilgan eritrodin bilan bo’yaladi va mikroskopda qarab 
mikroorganizmlar soni hisoblanadi. 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin