1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

Ammonifikatsiya protsessi. O’simliklar va hayvonlar qoldig’ida juda ko’p miqdorda organik 
moddalar bo’ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi o’simliklarning azot bilan oziqlanishi 
uchun muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishi protsessida NN
3
hosil bo’lgani uchun 
ammonifikatsiya protsessi deyiladi. CHirish protsessi aerob va anaerob sharoitda boraveradi
lekin aerob sharoitda tezlashadi. CHirituvchi mikroorganizmlar gruppasiga xilma-xil 
bakteriyalar misol bo’ladi. 
 
15-mavzu. Mikroorganizmlarning xalq xo’jaligi va tibbiyotdagi ahamiyati
Mikroorganizmlarning ozuqa va yem maxsulotlari, kimyoviy moddalar va dorivor 
preparatlar olish maqsadida ishlatilishi. Qishloq xo’jaligi va qazilma moddalarga ishlov berish, 
iflos suvlarni tozalash .
Javob: Mikroorganizmlarning ozuqa va yem mahsulotlari, kimyoviy moddalar va dorivor 
preparatlar olish maqsadida ishlatiladi.Bugungi kunga kelib mikroorganizmlar asosida ishlab 
chiqarishning turli sohalarida foydalanib kelinmoqda. Jumladan, qishloq xo’jaligida 
o’siliklarning hosildorligini oshirishda bakterial o’g’itlar foydalanish va ularni sanoat miqyosida 
ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
BAKTERIAL O’G’ITLAR 
Tuproqdagi mikrobiologik protsesslarga va mikroblarga bakteriologik o’g’itlar kuchli ta’sir 
ko’rsatadigan faktorlardan biri hisoblanadi. Bakterial o’g’itlar xilmaxil bo’ladi: nitragin, 
azotobakterin, fosfobakterin, AMB va boshqalar. Turli dukkakdosh o’simliklarning urug’iga 
ekishdan oldin nitragin bilan ishlov berilsa (1 ga yerga ekiladigan urug’ uchun 5—10 g nitragin 
kerak), ularning hosili o’rta hisobda 10—15% yuqori bo’ladi. 
Nitragin ta’sirini quyidagi. jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin Nitragin tarkibida aktiv 
tugunak bakteriyalari bo’ladi, ular ko’plab atmosfera azoti to’playdi va hosilni oshiradi. 
SHuningdek, hosilning sifati ham yaxshilanadi, ya’ni ko’p miqdorda oqsil, aminokislotalar va V 
gruppaga mansub vitaminlar sintezlanadi 
Nitragin turli shaklda: torfli aralashma, tuproqli aralashma, agarli aralashma va suyuq 
holda ishlab chiqariladi. SHulardan eng ko’p ishlatiladigani torfli aralashma b,o’lib, .bu 
aralashmadan AQSH, Avstraliya, YAngi Zelandiya, Kanadada, Hindistonda va boshqa Yevropa 
mamlakatlarida keng ravishda foydalaniladi. 
MDH da ko’proq nitraginning tuprokli aralashmasi ishlatiladi, uning 1 gramida (mayda 
urug’li o’simliklar uchun) 3 dan 6 milliardgacha, (yirik o’simliklar uchun) 1,5—3 milliardgacha 
bakteriya bo’ladi. 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin