1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

AZOTOBAKTERIN 
Azotobakterin tarkibida azotobakter bo’ladi, uni tayyorlash uchun azotobakter agarli 
muhitda o’stiriladi. 1 gramida 40 mln azotobakter bo’ladi, 1 ga yerga ekiladi urug’lar uchun 
10—15 g yetarli. 


Azotobakterin MDH da 1930 yillardan boshlab ishlatib kelinmoqda, u kul rang va qora 
tuproqli yerlarda o’sadigan o’simliklar hosilini 6—10% ga oshiradi. Ko’proq sabzavot 
o’simliklarida yaxshi natija beradi (19jadval). 
AMB PREPARATI 
Bu preparat tarkibida xar xil bakteriyalar: ammonifikatorlar, azotfiksatorlar, sellulozani 
parchalovchilar uchraydi. Bu bakteriyalar tabniy unumdor tuproklarning asosiy mikroflorasini 
tashkil etadi. SHuning uchun avtoxton mikroflora deb ataladi. Odatda, kech kuzda va qish 
oylarida kislotali tuproqlarda nam ko’p bo’lishi va tuprok temperaturasining pasanib ketishi 
natijasida mikroorganizmlarning aktivligi pasayib ketadi. TTTuning uchun xar gektar yerga 250 
kg dan AMB preparati solinsa, yaxshi natija beradn. Tubandagi jadvalda AMB preparatini 
qo’llanish natijasida xosildorlikning ortishi ko’rsatilgan (20jadval). 
Hozirgi vaqtda AMB preparati ko’prok parniklarda yetishtiriladi. Buning uchun 
parnikdagn go’ng ustiga 30—40 sm qalinlnkda AMB preparati sochiladi va uch xafta shu holda 
saklanadi. Kepin bu yerda ko’chat yetishtiriladi. Ko’chatlar olingandan keyin go’ng 
sabzavotlarni o’g’itlash uchun nshlatiladi. 
 
 
FOSFOROBAKTERIN 
1935 yiln A. A. Menkina tuproqdan organik birikmalardagi fosforni parchalaydigan 
bakteriyalarni ajratib oladi. Bu bakteriyalar organik moddalardagi fosforni o’zlashtiradi va fosfat 
kislota hosil kiladi. Fosfat kislotani o’simliklar o’zlashtira oladi. Ko’pchilik tuproqlarda organnk 
holdagi fosfor 28— 85% gacha bo’ladi, lekin undan yuksak o’simliklar foydalana olmaydi. 
Organik holdagi fosforni parchalovchi bakteriyalar 2 xil: spora hosil kiluvchi va spora 
xosil qilmaydigan bo’ladi. 
Megaterium yirik, 5—6'nm uzunlikdagi, eni 1,8—2 nm, sporasining uzunligi 1,2 nm, eni 
0,7 nm bo’lgan bakteriyadir. 
Seratsiya 1,8—2 nm uzunlikdagi tayokchasimon, eni 0,5 nm bo’lgan fakultativ anaerob 
bakteriya. 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin