1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif.
Fanning predmeti, o’rganish ob’ektlari, mikroorganizmlarni o’rganishning ahamiyati,
fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, bo’limlari hamda vazifalariga tavsif.
Javob: Fanning predmeti, o’rganish ob’ektlari, mikroorganizmlarni o’rganishning ahamiyati,
fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, bo’limlari hamda vazifalariga tavsif.
Mikrobiologiya sohasida shunday katta kashfiyotlarning ochilishi mikroskopik texnikaning rivoj
topishi bilan chambarchas bog’liqdir. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar
sistemasini takomillashtirgan, 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ulьtramikroskopni, 1908 yilda
A. Kyoller va Zidentopf birinchi lyuminestsent mikroskopni kashf etgan bo’lsalar, nihoyat 1928-
1931 yillarga kelib birinchi elektron mikroskop yaratildi. 1934 yili
F. TSernike fazo-konstrast printsipini takomillashtirdi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 7 A
gacha va undan ham mayda buyumlarni ko’rish mumkin bo’ldi.
Bu kashfiyotlar
mikrobiologiyaning yana bir qirrasini, mikroorganizmlarning ulьtrastrukturalarini o’rganishga
turtki bo’ldi. Oddiy yorug’lik mikroskoplarida faqatgina tayoqcha bo’lib ko’ringan
bakteriyalarni nanometrlar bilan o’lchanadigan xivchinlari, fimbriylari, piliylari, hujayra devori
va uni birnecha qavatdan iboratligi, tsitoplazmatik membrana va uning nozik strukturalari,
tsitoplazma uning
tarkibidagi yadro moddalari, ribosomalar va zaxira moddalarini borligi
aniqlandi.
2-mavzu. Mikrobiologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Antoni van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi. Mikrobiologiyaning
shakllanishida L.Paster, R.Kox, M.Beyerink, S.N.
Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, N.A.
Krasilnikov, A.Flemming va boshqalar ishlarining ahamiyati.
Javob: Mikroorganizmlarni o’rganishning ikkinchi davri - «fiziologiya davri»
- buyuk
frantsuz olimi Lui Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. U ko’pgina bijg’ish jarayonlarining,
ya’ni spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg’ish hamda boshqa tur bijg’ishlarning biologik
mohiyatini aniqladi Har bir bijg’ish jarayonining o’z mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan
isbotladi.
Parijda 1888 - yili Paster instituti ochildi. Unda, keyinchalik ko’zga ko’ringan
mikrobiologlar ta’lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gamaleya, Xavkin, Sklifasovskiy va
boshqalar shular jumlasidandir.
Tuproqda uchraydigan azot to’plovchi mikroorganizmlarni o’rganish atmosfera azotidan
foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Akademik V. L.
Omelyanskiy bir
necha yillar muqaddam mikroblarga shunday ta’rif bergan: «Ular (mikroblar) hamma joyda bor.
Ko’zga ko’rinmasdan ular odamning hayot yo’lida hamroh bo’ladilar».
Lekin ba’zi bir mikroorganizmlar oziq- ovqat mahsulotlarni (go’sht, baliq, don, kartoshka
va rezavor mevalarni) buzilishiga yoki turli - tuman yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab
bo’ladi. Bu to’g’rida V.L. Omelyanskiy shunday degan: «Mana shu mikroskopik, lekin
shafqatsiz dushman tufayli birqancha viloyatlar xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat
ichida yuzlab, minglab odamlarning yostig’ini quritadigan xavfli epidemiyalar paydo bo’lgan».
Masalan, vabo, sil, gonoreya, difteriya, kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklar shular
jumlasiga
kiradi .
V.L. Omelyanskiy o’zining 1909 yilda yozgan «Mikrobiologiya asoslari» kitobida shunday
yozadi: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman ta’sirida butun oblastlar qirilib,
yuzminglab kishilarning yostig’ini quritdi. Shuning uchun ham bularga qarshi kurash va ularning
kelib chiqish o’chog’i aniqlanib mikrobiologiyada yangi davr ochildi».
R.Kox (1843-1910), mikroblarni tekshirish usulini rivojlantirdi.
Dastlabki
vaqtlarda mikroblarni bo’yamasdan o’z holicha mikroskopda tekshirdi.. Bu usul mikroblarning
tuzilishini to’liq aniqlash imkoniyatini bermas edi. Kox mikroblarni anilin buyoqlari bilan
bo’yab tekshirish usulini ishlab chiqib mikroorganizmlarni to’liqroq aniqlash usulini topdi.
Hozirgi
zamon
mikrobiologiyasi
rivojlanishining
ustivor
yo’nalishlari.
Mikrobiologiyaning O’zbekiston Respublikasida rivojlanishi.