1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif


sharoitda toza kulturalar populyatsiyasining o’sish qonuniyatlari. o’sish egri chizig’i



Yüklə 294,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix16.06.2022
ölçüsü294,82 Kb.
#61628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Mikrobiologiya va virusologiya Oraliq nazorat bilet jaboblari

sharoitda toza kulturalar populyatsiyasining o’sish qonuniyatlari. o’sish egri chizig’i, 
ayrim fazalarining tavsifi.
 
Agar bakteriyalar yangi tayyorlangan oziq muhtiga ekilsa, birinchi davrda ular 
ko’paymaydi, bu davr lag-faza davri deyiladi, lag-faza davrida bakteriyalar oziq muhitga 
moslashadi. Oziq muhitning rN i yoki uning tarkibi organizm uchun qulay bo’lmasa, unda lag-
faza uzoq davom etadi. Bulardan tashqari, bakteriyalar hujayrasi bo’linishga tayyor bo’lmasligi 
yoki zaxira oziq moddalar yetarli bo’lmasligi, energiya yetishmasligi natijasida ham lag-faza 
davri cho’zilib ketadi. Qulay sharoitda lag-faza juda tez o’tadi: 
1. Lag-faza davrida hujayralarda nuklein kislotalar miqdori ko’payadi, bu esa ko’plab 
oqsil sintezlanishiga olib keladi. Hujayralar suvga to’yinadi, fermentlarnipg aktivligi ortadi
buni I. L. Rabotnova va boshqalar (1959) aniklaganlar. 
2. Lag-fazadan so’ng eksponentsial faza boshlanadi, bu fazada hali moddalar 
almashinuvida zaharli moddalar hosil bo’lmagan bo’lib, bakteriyalar tezlik bilan ko’payadi. 
3. O’sishni sekinlashtiruvchi faza. Bu fazada endi oziq moddalar kamayadi va moddadar 
almashinuvi natijasida zaharli moddalar to’planadi, bu esa hujayralarning ko’payishiga 
to’sqinlik qila boshlaydi va hatto hujayralar nobud bo’ladi. 
4. Statsionar faza. Bu fazada yangi hosil bo’layotgan va nobud bo’layotgan hujayralar 
soni teng bo’ladi. 
5. Hujayralarning nobud bo’lish fazasi. Bu fazada fermentlar nobud bo’lgan hujayralarni 
eritib yuboradi. 
Mikroorganizmlarining uzluksiz ko’paytirilgandagi o’sishi.


Mikrobiologiyaning rivojlanishi keyingi vaqtda bu fazalarning yanada aniqlashtirdi 
(Mishustin, 1987) va quyidagi rivojlanish fazalariga bo’lib o’rganila boshlandi (25-rasm). 
1. Boshlang’ich (statsionar) faza – mikroorganizmning oziq muhitga tushgandan 
boshlab, 1-2 soat davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi. 
2. Lag faza – ko’payishning tutilishi (tormozlanishi). Bu fazada bakteriyalar intensiv 
o’sadi, ammo ularning bo’linishi juda kam bo’ladi. Bu ikki fazani bakteriya populyatsiyasi 
rivojlanishining muhitga moslashuv fazasi desa bo’ladi.
3. Logarifmik faza – eksponentsial ko’payish fazasi. Ko’payish katta tezlikda ketadi, 
hujayralar soni geometrik progressiya bo’yicha ortadi. 
4. Manfiy tezlanish fazasi – hujayralar kamroq faol bo’ladi, generatsiya vaqti cho’ziladi, 
chunki oziqa kamayadi, zaharli moddalar hosil bo’ladi, natijada ko’payish susayadi, ba’zi 
hujayralar o’ladi ham. 
5. Statsionar faza – hosil bo’ladigan hujayralar soni o’ladiganlari soni bilan tenglashadi. 
SHuning uchun tirik hujayralar soni ma’lum vaqt davomida bir xil darajada turadi. Tirik va 
o’lgan hujayralar soni sekin - asta ko’payadi. Bu faza yana boshqacha "maksimal statsionar" 
faza deb ham ataladi, chunki hujayralar soni maksimumga yetadi. 
6 - fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi, 
7 - faza - hujayralarning logarifmik o’lim fazasi deb nomlanib, o’lish doimiy tezlikda 
davom etadi. 
6 – 8- o’lim fazasi. Bu fazalarda o’luvchi hujayralar soni ko’payuvchi hujayralar sonidan 
ko’p bo’ladi. 6-fazada o’lgan hujayralar soni oshadi. 7 - faza hujayralarning logarifmik o’lishi 
bo’lib, bunda hujayralar doimiy tezlikda o’lib turadi. 
8 - fazada hujayralarning o’lishi asta-sekin kamayadi. Bakteriya populyatsiyasining 
oxirgi uch fazasida (6-8 fazalar) o’lishi oziqa muhitining fizik-kimyoviy xususiyatlarini va 
boshqa sabablarni bakteriya hujayrasi uchun noqulay tomonga o’zgarishi bilan bog’liq. 
Bakteriya uchun noqulay sharoit yuzaga keladi. Hujayralar shunday tezlikda o’ladiki oxiri 
hammasi qirilib ketadi. 

Yüklə 294,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin