kerak. Suvda erigan oziqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar yordamida kiradi.
Hujayraga ularning o’tishida hujayra devori barьerlik vazifasini bajarsa, tsitoplazmatik
membrana aktiv tanlovchi rolini o’ynaydi. Moddalar hujayraga passiv diffuziya orqali,
kontsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar bo’lsa) yoki elektr potentsiallari farqi bo’yicha
(tsitoplazmatik membrananing ikki tomonida elektr potentsiallari farqi) mavjud bo’lsa o’tadi.
Moddalar transporti
osonlashgan diffuziya orqali, kontsentratsiya farqi mavjud sharoitda
energiya sarflanmay ham yuz berishi mumkin. Yana boshqa tipi aktiv transport, moddalar
hujayra ichiga kontsentratsiya gradientiga qarshi yo’nalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi.
Bu mexanizm moddalarning muhitdagi kontsentratsiyasi kam bo’lganda ham ishlatiladi.
Bakteriya hujayrasida permeaza molekulalari bo’lib, ular
hujayraga moddalarni olib
kirishda xizmat qiladi. Birgina E.coli hujayrasida laktozani o’tkazadigan 8000 tacha permeaza
molekulasi mavjud.
Qand moddalarning hujayraga o’tishida, avvalo ular hujayra tashqarisida ferment
yordamida fosforlanadi, so’ngra tsitoplazmaga o’tadi.
Demak, mikroorganizmlarning oziqa moddalariga bo’lgan ehtiyoji hujayra ichidagi
fermentlar tarkibidan tashqari biror birikmani o’zlashtirish uchun uning maxsus transport
mexanizmi ham muhim rolь o’ynaydi.
Har xil moddalarning ximiyaviy tuzilishi bilan ularning mikrob
hujayrasiga kira olishi
o’rtasida mustahkam bog’liqlik bor. Ionlarga ajralmaydigan uglevodorodlar va boshqa
birikmalar, odatda, hujayraga juda tez o’tadi, agar organik birikmaning molekulasida
aminogruppa, oksigruppa yoki karboksil gruppa bo’lsa,
bunda moddalarning hujayra ichiga
kirish xususiyati keskin o’zgaradi.
Bunday gruppalar qancha ko’p bo’lsa, organik moddalarning
hujayra ichiga kirishi
sekinlashadi. Hujayra ichiga kiradigan moddalar nafas olishda hosil bo’ladigan N
h
va NSO
-
ionlariga almashinib o’tadi.
Dostları ilə paylaş: