devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi, sitoplazmatik membrana, uning ba’zi xususiyatlari
va kimyoviy tarkibi. Sitoplazmatik membrana funksiyasining xilma-xilligi. Mezosomalar.
Sitoplazma. Bakteriya hujayrasining qo’shilmalari, kimyoviy tarkibi va axamiyati.
Bakteriya endosporalari, spora hosil bo’lish jarayoni va sporaning vegetativ hujayradan
asosiy farqlari. Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari. Bakteriyalarning
harakati, xivchinlari. Joylanishi, tashkil topishi, kimyoviy tarkibi. Fimbriy va pililar va ularning
funktsiyalari.
Bakteriyalarning sporalari va ularning hosil bo’lishi. Ba’zi bir mikroorganizmlar
noqulay sharoitda vaqtincha tinim davriga o’tadi, ya’ni spora hosil qiladi. Spora endogen usulda
hosil bo’lsa, u vegetativ hujayra ichida yetiladi.
Kiritmalar. TSitoplazmada har xil shaklga ega granulalar uchraydi.
Ularning xosil
bo’lishi mikroorganizmlar o’sadigan muhitning fizik - kimyoviy xususiyatlarga bog’liq bo’lib,
kiritmalar mikroorganizmlarning doimiy belgilari emas.
Ko’pincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bo’lib xizmat
qiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi oziqa muhitida o’sgandagina hosil bo’ladi va yomon
muhitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar qatoriga glikogen (hayvon kraxmali), granulyoza, β
-
oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin.
Kiritmalarning hosil bo’lishi, ko’pincha oziqa muxitini tarkibiga bog’liq bo’ladi. Masalan,
tajribalar yordamida glitserin va uglevodlarga boy oziqa muhitida o’sgan bakteriyalarda valyutin,
vodorod sulьfidga boy muxitda esa oltingugurt to’planishi aniqlangan. Ba’zi oltingugurt
bakteriyalarida amorf holdagi SaSO
3
uchraydi. Ulardan tashqari, bakteriya hujayrasida oqsillar,
fermentlar,
uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar, pigmentlar bor.
Hujayradagi
molekulyar birikmalar hujayraning osmotik bosimini saqlab turadi.
Dostları ilə paylaş: