2.
Matematik modellar tirik
organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, vazifasiga oid
qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib,
tajriba
ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba yo`li bilan tekshirib ko`riladi.
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish tekshirilayotgan
biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta`kidlash
kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish va o`tkazish ba`zan
juda qiyin
kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi,
takomillashishi va ulardan
foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi.
3.
Biologik model turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, organizm va
shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda qo`llaniladi. Biologiyada,
asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, fizik va matematik modellardir.
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki kasallikni
laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib
chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil
usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular
faoliyati mahsuli bo`lgan garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda
genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.
4.
Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy
vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
5.
Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi.
F.Kenening "Iqtisodiy
jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqdrish jarayonining shakllanishini
ko`rsatishga harakat qilingan.
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo`nalishlarini o`rganish
uchun har xil modellardan
foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo`jaligi modellari
yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko`rsatkichlar,
jumladan, milliy daromad,
ish bilan
bandlik, iste`mol, jamg`armalar, investitsiya ko`rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil
qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo`llaniladi. Aniq xo`jalik
vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda,
asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
1
Dostları ilə paylaş: