ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik modellash uslubining samaradorligini
tasdiqlaydi.
Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o`tkazish haqiqiy ob`ektni tajribada
tadqiq etish mumkin bo`lmagan yoki iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan
hollarda
o`tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy ob`ekt ustida olib boriladigan
tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak.
Lekin shunday misollarni
keltirish mumkinki, kompyuterda o`tkazilgan hisoblash tajribasi o`rganilayotgan
jarayon yoki
hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo`lib xizmat qiladi. Masalan, faqat
matematik modellashtirish va kompyuterda hisoblash tajribasini o`tkazish yo`li
bilan yadroviy
urushning iqlimga ta`siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli
urushda mutlaq g`olib bo`lmasligini ko`rsatadi. Kompyuterli tajriba
yer yuzida bunday urush
oqibatida ekologik o`zgarishlar, ya`ni haroratning keskin o`zgarishi, atmosferaning changlanishi,
qutblardagi muzliklarning erishi ro`y berishi, xatto yer o`z o`qidan chiqib ketishi mumkinligini
ko`rsatadi.
Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellashtiriladi.
Matematik model tashqi dunyoning matematik belgilar bilan ifodalangan
qandaydir hodisalari
sinfining taqribiy tavsifidir. Matematik model tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib
berish va boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi.
Matematik modelni tahlil qilish o`rganilayotgan hodisaning mohiyatiga singish imkoniyatini
beradi. Hodisalarni matematik model yordamida o`rganish to`rt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich - modelning asosiy ob`ektlarini bog`lovchi qonunlarni ifodalash.
Ikkinchi bosqich - modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
Uchinchi bosqich - modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini qanoatlantirishini
aniqlash. Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar bilan olingan ob`ektni kuzatish
natijalari mos kelishi masalasini aniqdash.
To`rtinchi bosqich - o`rganilayotgan hodisa haqidagi ma`lumotlarni
jamlash orqali
modelning navbatdagi tahlilini o`tkazish va uni rivojlantirish, aniqdashtirish.
Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini ob`ektni dastlabki o`rganish asosida
modelni tajriba orqali va (yoki) nazariy tahlil qilish, natijalarni ob`ekt haqidagi ma`lumotlar bilan
taqqoslash, modelni tuzatish (takomillashtirish) va shu kabilar tashkil etadi.
Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala mazmuniga mos
holda zarur belgilar kiritiladi. So`ngra kattaliklar orasida formula yoki algoritm ko`rinishida
yozilgan funksional bog`lanish hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: