1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə1/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org


1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar

1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar:
  1. Moliya” iborasi qanday ma’nolarni anglatadi?


“Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir. Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining frantsuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari qachon va qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q.




  1. Moliyaning vujudga kelish shart-sharoitlarini tushun-tirib bering.

Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib etilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:


1) O’z taraqqiyoti davrida kapitalistik tuzumni bosib o’tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning mutloq egasi bo’lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi
kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal bo’lmaganligini tabiiy hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi.
2) Amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag’-lardan foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.
3) Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar va aholining mehnat majburiyat-laridan iborat bo’lgan edi. Endilikda pul ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi boshlandi.

Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin